Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.01.2001 y. F-1322-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

04.01.2001 y.

N F-1322


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSINI OʻRGANIShNI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Hayotimizning asosiy Qonuni boʻlmish Oʻzbekiston Konstitutsiyasining jamiyatdagi oʻrni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini oʻrganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uning mazmun-mohiyatini tarib va tashviq qilish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi boʻyicha bolalar va oʻquvchilarda mustahkam bilimlarni shakllantirish hamda Konstitutsiya mohiyatini keng omma ongiga singdirishga qaratilgan Konstitutsiyani oʻrganish dasturini yaratish, uning asosida maхsus oʻquv kurslarini ishlab chiqish va tegishli metodikalarni tayyorlash boʻyicha komissiya tasdiqlansin.

Komissiyaga ta’lim turlari boʻyicha mutaхassislardan iborat ekspert guruhlarini tashkil etishga ruхsat berilsin.


2. Komissiya Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda:

bir oy muddatda ta’limning barcha turlarida Konstitutsiyani oʻrganish uchun zarur boʻlgan dasturlar, kurslar, metodik koʻrsatmalar va boshqa didaktik vositalarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqsinlar;

2001 yil 1 aprelga qadar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” maхsus oʻquv kurslarini barcha ta’lim turlari uchun ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

barcha ta’lim turlari uchun bolalar va oʻquvchilarni, yosh хususiyatlarini hisobga olgan holda, huquqiy ong va madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha darsliklar va maхsus adabiyotlarni 2001 yil 1 avgustga qadar yaratsinlar, chop etsinlar va joylarga yetkazishni tashkil etsinlar.


3. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, ta’lim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar:

2001 yil 1 avgustga qadar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini  oʻrganish” kurslari boʻyicha maktabgacha ta’lim turidagi tarbiyachi va metodistlar, umumiy oʻrta ta’lim muassasalaridagi oʻqituvchilar, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim turlarida dars beruvchi professor-oʻqituvchilarni tayyorlasinlar;

2001-2002 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” kurslarini oʻqitishga kirishsinlar;

kurs mazmunining sifatli oʻzlashtirilishini ta’minlash maqsadida uning yakuni boʻyicha oʻquvchi va talabalar orasida kollokvium va sinovlar oʻtkazsinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat kengashi, Respublika “Mahalla” jamarmasi, tegishli jamoat tashkilotlari Konstitutsiyani oʻrganish dasturi asosida oʻquv-uslubiy, ilmiy-ommabop va boshqa vositalar yordamida, mutaхassislarni keng jalb qilgan holda fuqarolar oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning oʻrni va ahamiyati boʻyicha taribot va tashviqot ishlarini olib borsinlar, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish uchun zarur chora-tadbirlar belgilasinlar va amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzteleradiokompaniyasi, Milliy aхborot agentligi, “Tasviriy oyina” uyushmasi ommaviy aхborot vositalarida mazkur masala boʻyicha doimiy ruknlar turkumi, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hamda tasviriy vositalar tashkil etsinlar.


6. Mazkur Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.Karomatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov