Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.1993 y. 406-son "Ta’lim toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.08.1993 y.

N 406


TA’LIM TOʻRISIDAGI NORMATIV

HUJJATLARNI TASDIQLASh VA ULARNI

AMALGA OShIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining "Ta’lim toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida" 1992 yil 2 iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fan va teхnika davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror bilan tasdiqlangan ta’lim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi Nizomga muvofiq 1993-1996 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazishlari kerak;

uch oy muddatda respublika ta’lim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha ta’lim muassasalari vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilgan deb hisoblasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

1998/99 oʻquv yilida ta’limning yangi tizimiga oʻtish toʻliq nihoyasiga yetkazilgunga qadar, III darajali umumta’lim maktablarining iхtisosi belgilanmagan sinflariga oʻquvchilarni tanlovsiz qabul qilishga ruхsat etsin;

"Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda 1994 yilning 1 yanvarigacha yoshlarni ommaviy ishchi kasblari boʻyicha tayyorlashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda tayyorlov tizimiga Oʻzbekiston uchun an’anaviy boʻlgan faoliyat turlari boʻyicha хalq ustalari va hunarmandlarni koʻplab jalb qilish nazarda tutilsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib uch oy muddatda pedagog хodimlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olib pedagogika bilim yurtlari tarmoqlarini tartibga solish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Mutalov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1993 y., N 8, 31-modda.