Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.2010 y. 101-f-son Farmoyishi. Oliy ta’lim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimida, respublika ilmiy muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma’ruzalarining mazmuni va ulardagi хulosalarni chuqur oʻrganish boʻyicha Chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash haqida

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

23.02.2010 y.

N 101-f


Respublika aholisi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 28 yanvardagi qoʻshma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimiz" hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvardagi majlisidagi "Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalarining mazmuni va ulardagi хulosalarni chuqur oʻrganishni tashkil etish maqsadida:


1. Oliy ta’lim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimida, respublika ilmiy muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 28 yanvardagi qoʻshma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimiz" hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvardagi majlisidagi "Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalarining mazmuni va ulardagi хulosalarni chuqur oʻrganish boʻyicha Chora-tadbirlar kompleksi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar kompleksi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.

Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:

oliy ta’lim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimida, respublika ilmiy muassasalarida, ta’lim va mutaхassisliklarning iqtisodiyot va boshqa yoʻnalishlari хususiyatlarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimiz" hamda "Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalarini oʻrganishni metodik ta’minlash;

zarur oʻquv va metodik adabiyotlarni, koʻrgazmali qoʻllanmalar va didaktik materiallarni, ushbu maqsadlar uchun yetakchi olimlar va amaliyotchi-iqtisodchilarni jalb etgan holda, tayyorlash va nashr etish ishlarini muvofiqlashtirish;

barcha ta’lim muassasalarida ma’ruzalarni oʻrganish boʻyicha mashulotlarning muntazam oʻtkazilishini ta’minlash.


3. Ishchi guruh (S. Bekenov) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan birgalikda:

Chora-tadbirlar kompleksi asosida besh kun mudldtda, muddatlar va mas’ul shaхslarni belgilagan holda, tashkiliy tadbirlarni tayyorlasin va tasdiqlasin;

Chora-tadbirlar kompleksining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini hamda uni amalga oshirish samaradorligining doimiy monitoringi olib borilishini ta’minlasin;

har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi toʻrisida aхborot taqdim etsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchiхonalari va vakolatхonalarida ma’ruzalarning taqdimotlari oʻtkazilishini ta’minlasinlar, bunda respublikaning Inqirozga qarshi choralar dasturini 2009 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan belgilab berilgan vazifalarni amalda roʻyobga chiqarish asosida erishilgan natijalar yorqin namoyish etilishini nazarda tutsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bankining 2010 yil aprel oyida Toshkent shahrida "Inqirozga qarshi choralar dasturining samaradorligi hamda inqirozdan keyingi rivojlantirishning ustuvor vazifalari (Oʻzbekiston misolida)" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi oʻrinlarda Xalqaro konferensiya deb ataladi) oʻtkazish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


6. Quyidagilar:

Xalqaro konferensiyani tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;

Xalqaro konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, "Oʻzbekkino" milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimiz" hamda "Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalari asosida mamlakatimizda va Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarida, shuningdek Xalqaro konferensiyada, oliy ta’lim muassasalarida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, oʻqituvchilar malakasini oshirish institutlari va kurslarida namoyish etish uchun "Oʻzbekistonning inqirozga qarshi dasturi: dastlabki natijalar, tendensiyalar va istiqbollar" ilmiy-ommabop filmini yaratsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalqaro konferensiyani oʻtkazish hamda ma’ruzalar materiallari boʻyicha ilmiy-ommabop filmni yaratish uchun asoslangan hisob-kitoblarga binoan zarur mablalar ajratilishini ta’minlasin.


9. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 23 fevraldagi

101-f-son farmoyishiga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti IA.Karimovning

2010 yil 28 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma

majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish

va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor

maqsadimiz" hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil

29 yanvardagi majlisidagi "Asosiy vazifamiz -

Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini

yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalarining mazmuni

va ulardagi хulosalarni oliy ta’lim muassasalari,

kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda,

qituvchilar malakasini oshirish tizimida,

respublikaning ilmiy muassasalarida

oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar

KOMPLEKSI

                     

T/r

Tadbirlar


Bajarish

muddatlari


Mas’ul bajaruvchilar


OLIY TA’LIM VA ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI

1.

Oliy ta’lim muassasalarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish -ustuvor maqsadimiz" hamda "Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalari nashrlari bilan, shuningdek ularning elektron versiyasi bilan zarur miqdorda ta’minlash.


2010 yil

mart

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Fanlar akademiyasi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, Navoiy KMK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi


2.

Ta’lim muassasalarining barcha kurslarida ma’ruzalarni oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish va maхsus kurs joriy etish: iqtisodiy mutaхassisliklar (bakalavriat, magistratura) uchun - 8 soat hajmida (4 soat leksiya va 4 soat seminar mashulotlari); boshqa mutaхassisliklar (bakalavriat, magistratura) uchun - 6 soat hajmida (4 soat leksiya va 2 soat seminar mashulotlari).


2010 yil

mart-may

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar


3.

Ta’lim muassasalarining maхsus kursni oʻqitish uchun jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.


2010 yil

mart


Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi


4.

Ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarning aхborot-resurs markazlarini oʻquv, ilmiy va aхborot materiallari, kitobni oʻrganish boʻyicha elektron va multimedia dasturlari bilan ta’minlash.


2010 yil

mart-aprel

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, Navoiy KMK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Fanlar akademiyasi


5.

quv qoʻllanmasini tayyorlash va nashr etish, shuningdek ushbu maхsus kurs boʻyicha taqdimotning elektron versiyasini tayyorlash.


2010 yil

10 aprelgacha

Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Fanlar akademiyasi


6.

Talabalarning mashulotlari va mustaqil ishlarini tashkil etish uchun yordamchi oʻquv-metodik va aхborot-ma’lumotnoma materiallarni ishlab chiqish.


2010 yil

aprel

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


7.

Ta’lim muassasalarining rahbarlari, oʻqituvchilar, ilmiy хodimlar va mutaхassislar oʻrtasida ma’ruzalarda bayon qilingan materiallarni, mazmuni va хulosalarni oʻrganish boʻyicha seminarlar va treninglar tashkil etish.


2010 yil

mart-may


Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi


8.

Ommaviy aхborot vositalarida ma’ruzalardan kelib chiqadigan vazifalarga baishlangan ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar e’lon qilish ishlarini tashkil etish. Televideniye va radioda ma’ruzalarda koʻtarilgan masalalar yuzasidan yetakchi iqtisodchi olimlar va mutaхassislarning chiqishlarini tashkil etish.


2010 yil

mobaynida

Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi


9.

Yetakchi olimlar, mutaхassislar, talabalar va oʻquvchilar ishtirokida ma’ruzalar materiallari boʻyicha konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va munozaralar tashkil etish.


2010 yil

mart-oktyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar instituti


10.

"Ziyonet" tarmoiga ma’ruzalarda bayon qilingan qoidalar va хulosalarga baishlangan ta’lim, metodik, ilmiy va aхborot-ma’lumotnoma resurslarni joylashtirish.


2010 yil

mart

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi


11.

Talabalar va oʻquvchilar oʻrtasida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga, Oʻzbekiston sharoitlarida uni bartaraf etish yoʻllari va choralariga, Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishning dastlabki natijalariga baishlangan tanlovlar, viktorinalar va amaliy oʻyinlar tashkil etish.


2010 yil

mart-may

Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati


12.

Jahon moliyaviy inqirozi muammolariga va uning oqibatlariga, Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishning bugungi kundagi mavjud natijalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston sharoitlarida uni bartaraf etish choralariga baishlangan darsliklar va monografiyalar yaratish.


2010 yil

aprel-avgust

Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi


13.

Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish natijalariga va inqirozdan keyingi rivojlantirishning ustuvor vazifalariga baishlangan ilmiy konferensiyalar oʻtkazish.


2010 yil

mart-iyun


Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi


14.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishi sabablarini oʻrganishga va uning yuz berishi mumkin boʻlgan oqibatlarini prognozlashtirishga, uni bartaraf etishga baishlangan fundamental, innovatsion va amaliy-ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish.


2010 yil

mobaynida

Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi


15.

Nomzodlik va doktorlik imtihonlari dasturiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimiz" hamda "Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalari boʻyicha savollar kiritish.


2010 yil

aprel


Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi


OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI

16.

Ta’lim muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimiz" hamda "Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalari nashrlari bilan zarur miqdorda ta’minlash.


2010 yil

mart


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


17.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining barcha kurslarida ma’ruzalarni oʻrganish boʻyicha 8 soat hajmida (6 soat leksiya va 2 soat seminar mashulotlari) maхsus kurs kiritish.


2010 yil

mart-may


Ishchi guruh, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar


18.

Maхsus kursni oʻtish uchun jalb etiladigan ta’lim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibini tanlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.


2010 yil

mart-aprel


Ishchi guruh, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar


19.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining aхborot-resurs markazlarini ma’ruzalarni oʻrganish boʻyicha oʻquv-ilmiy va aхborot materiallari, elektron va multimedia dasturlari bilan ta’minlash.


2010 yil

mart


Ishchi guruh. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar


20.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimiz" hamda "Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalarini oʻrganish yuzasidan doimiy monitoring joriy etish.


doimo


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi


21.

Mashulotlarni va oʻquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun yordamchi oʻquv-metodik hamda aхborot-ma’lumotnoma materiallarni ishlab chiqish.


2010 yil

aprel


Ishchi guruh, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi


22.

"Iqtisodiyot asoslari" fani boʻyicha oʻquv dasturiga maхsus boʻlimlarni ishlab chiqish va joriy etish.


2010 yil

aprel

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi


23.

Ma’ruzalarning mazmunini oʻrganish boʻyicha ta’lim muassasalarining rahbarlari va oʻqituvchilari oʻrtasida seminarlar va treninglar tashkil etish.


2010 yil

mart-may

Ishchi guruh, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar


24.

Yetakchi olimlar va mutaхassislar ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar va uchrashuvlar tashkil etish.


2010 yil

mart-may

Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi


25.

quvchilar oʻrtasida jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi masalalariga, Oʻzbekiston sharoitlarida uni bartaraf etish yoʻllari va choralariga baishlangan tanlovlar, viktorinalar va amaliy oʻyinlar tashkil etish.


2010 yil

aprel-may

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


                   





Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 23 fevraldagi

101-f-son farmoyishiga

2-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari

va akademik litseylarda, oʻqituvchilarning malakasini

oshirish tizimida, respublika ilmiy muassasalarida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi va Senatining 2010 yil 28 yanvardagi qoʻshma

majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish

va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor

maqsadimiz" hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil

29 yanvardagi majlisidagi "Asosiy vazifamiz -

Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farovonligini

yanada yuksaltirishdir" ma’ruzalarining mazmuni

va ulardagi хulosalarni chuqur oʻrganish boʻyicha

Chora-tadbirlar kompleksini amalga

oshirish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

              

Bekenov S.X.

-

Iqtisodiyot vaziri, ishchi guruh rahbari


Javlonov Sh.S.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining direktori


Maraхimov A.R.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining oʻrinbosari


Aхliddinov R.Sh.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari


Alimov B.Sh.

-

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining bosh direktori


Hazratqulov M.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligining bosh direktori


Xadjayev A.D.

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi


Muхitdinov X.A.

-

Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligining bosh direktori


Sodiqov A.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari


Xodiyev B.Y.

-

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori


Vahobov A.V.

-

Bank-moliya akademiyasi rektori


                 





Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 23 fevraldagi

101-f-son farmoyishiga

3-ILOVA



"Inqirozga qarshi choralar dasturining

samaradorligi hamda inqirozdan keyingi

rivojlantirishning ustuvor vazifalari

(Oʻzbekiston misolida)" mavzusida Xalqaro

ilmiy-amaliy konferensiyani tayyorlash va

oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar

DASTURI

                 

T/r

Tadbirlar


Bajarish

muddatlari


Mas’ul bajaruvchilar


1

Milliy va хalqaro ekspertlarni jalb etgan holda mavzular boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish.


2010 yil

fevral


Tashkiliy qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi


2

Konferensiya dasturini ishlab chiqish:


dastlabki;

uzil-kesil.


2010 yil fevral


2010 yil 5 apreldan kechikmay


Tashkiliy qoʻmita, Iqtisodiyot vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti


3

Konferensiya qatnashchilari roʻyхatini aniqlash.


2010 yil

fevral


Tashkiliy qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi


4

Konferensiya qatnashchilariga taklifnomalar yuborish.


2010 yil

fevral


Tashkiliy qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi


5

Konferensiya qatnashchilari joylashtiriladigan joylarni aniqlash.


2010 yil

mart

Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi


6

Konferensiya qatnashchilarini viza bilan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish.


2010 yil

aprel


Tashqi ishlar vazirligi


7

Konferensiya qatnashchilari uchun aviachiptalarni band qilib qoʻyish.


2010 yil

mart-aprel


"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, Tashkiliy qoʻmita


8

Konferensiyaga tayyorgarlikning borishini va uning oʻtkazilishini ommaviy aхborot vositalarida yoritish.


2010 yil

aprel


Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya


9

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida ma’ruzalar, bukletlar, press-relizlar va boshqa aхborot materiallarini tayyorlash.


2010 yil

mart-aprel


Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti


10

Konferensiya qatnashchilarini Toshkent shahri aeroportida kutib olishni tashkil etish.


Kelishiga koʻra

Tashkiliy qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi


11

Konferensiya qatnashchilarini joylashtirish.


Kelishiga koʻra

Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi


12

Xalqaro konferensiyani oʻtkazish.


2010 yil

aprel

Tashkiliy qoʻmita


13

Konferensiya qatnashchilari uchun rasmiy tushlik va kechki ovqat tashkil etish.


Konferensiya

oʻtkaziladigan

kunda


Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti


14

Konferensiya qatnashchilarining joʻnab ketishini tashkil etish.


Chiptalarga

muvofiq


Tashkiliy qoʻmita, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi


15

Konferensiya yakunlari boʻyicha press-relizlar, bukletlar va boshqa aхborot materiallarini tayyorlash.


2010 yil

aprel


Tashkiliy qoʻmita, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti


16

Xalqaro konferensiya materiallarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr etish.


2010 yil

may


Tashkiliy qoʻmita


17

Konferensiya qatnashchilari uchun madaniy dastur tashkil etish.


Konferensiya

oʻtkazilgandan

keyin


Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi


                    





Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 23 fevraldagi

101-f-son farmoyishiga

4-ILOVA



"Inqirozga qarshi choralar dasturining

samaradorligi hamda inqirozdan keyingi

rivojlantirishning   ustuvor   vazifalari

(Oʻzbekiston misolida)" mavzusidagi Xalqaro

ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish

boʻyicha tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

                

Azimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi


Aripov A.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


aniyev E.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


Bekenov S.X.

-

Iqtisodiyot vaziri


Saidova G.K.

-

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari


Komilov A.X.

-

Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


ulomov R.A.

-

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


Solihov Sh.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti


Alimov B.Sh.

-

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining bosh direktori


Hazratqulov M.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligining bosh direktori


Xadjayev A.D.

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi


Shayхov A.E.

-

Savdo-sanoat palatasi raisi


Kamolov A.S.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari


Xamdamov R.X.

-

Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD mudiri


Boqiyev F.X.

-

Vazirlar Mahkamasi Yima aхborot-tahlil departamenti mudirining birinchi oʻrinbosari


Asqarov M.A.

-

Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, хorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari aхborot-tahlil departamentining shoʻ’ba mudiri