Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.2014 y. 336-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.12.2014 y.

N 336



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI

TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fransiya Respublikasi Hukumati ishtirokida "Navoiy viloyatidagi "Navoiy" va "Uchqora" nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirishga doir kelgusidagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2013 yil 23 avgustdagi PQ-2029-son qaroriga muvofiq "Navoiy viloyatidagi "Navoiy" va "Uchqora" nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish" loyihasining oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi "Loyihalarni amalga oshirish markazi" davlat muassasasining moliyalashtirilishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 5 dekabrdagi

336-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv

хoʻjaligi vazirligi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 25-bandning ikkinchi хatboshidagi "va vazirlikning hududiy boʻlinmalarini" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligini, Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligini, qishloq va suv хoʻjaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar boʻlimlarini, vazirlik huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish markazini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 26-bandning birinchi хatboshidagi "va uning hududiy boʻlinmalarini" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligini, Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligini, qishloq va suv хoʻjaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar boʻlimlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 15 dekabr, 50-son, 595-modda