Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.06.2009 y. 167-son "Vazirlar Mahkamasining "Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon хoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida" 2005 yil 2 martdagi 76-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.06.2009 y.

N 167



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING

OʻRMON XOʻJALIGI BOSh BOShQARMASI HUZURIDA

MANZARALI BODORChILIK VA OʻRMON XOʻJALIGI

RESPUBLIKA ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA" 2005 YIL 2 MARTDAGI

76-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA


Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Manzarali bodorchilik va oʻrmon хoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bodorchilik va oʻrmon хoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻrisida" 2005 yil 2 martdagi 76-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Manzarali bodorchilik va oʻrmon хoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyati хoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, oʻrmon хoʻjaligi tadbirlariga byudjetdan ajratilgan mablalar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 25-son, 287-modda.