Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.2001 y. 160-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi, Suv хoʻjaligi departamenti, Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.03.2001 y.

N 160



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI,

OʻRMON XOʻJALIGI BOSh BOShQARMASI, SUV

XOʻJALIGI DEPARTAMENTI, OʻZBEKISTON QIShLOQ

XOʻJALIGI  ILMIY-IShLAB  ChIQARISh  MARKAZI,

ShARTNOMA  MAJBURIYaTLARI  BAJARILIShINI

NAZORAT  QILISh  BOSh  DAVLAT  INSPEKSIYaSI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 17 yanvardagi 32-son va 2001 yil 1 fevraldagi 63-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq хoʻjaligi maqsulotlari yetishtiruvchilarning хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1995 yil 16 avgustdagi 322-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995y., 8-son, 28-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1996 yil 26 noyabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996y., 11-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi хat boshi;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari" toʻrisida 1997 yil 12 martdagi 136-son qaroriga 3-ilova;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 1999 yil 30 apreldagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999y., 4-son, 22-modda)ga 1-ilovaning 14-bandi;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 2000 yil 20 martdagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 3-son, 13-modda)ga 2-ilova;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2001 yil 17 yanvardagi 32-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 yil, 1-son, 2-modda)ga 2-ilova 2-boʻlimining 8-bandi.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami", 2001 y., 6-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., N 3, 20-modda.