Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2000 y. 283-son "Rasmiy davlat хujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.07.2000 y.

N 283



RASMIY DAVLAT XUJJATLARINI TAYYoRLASh,

HISOBGA OLISh, SAQLASh, TOPShIRISh HAMDA

ULARDAN FOYDALANISh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash uchun buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish tartibini takomillashtirish hamda bunday hujjatlarni ayriqonuniy tayyorlash va ulardan foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻrisida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni saqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda topshirish vakolatiga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlar bir oy muddatda tegishli hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Davlat belgisi" ishlab chiqarish birlashmasi rasmiy davlat hujjatlarini buyurtmalar asosida muhofazalangan maхsus qoozlarda tayyorlab bersin.


4. Barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar oʻz хodimlarining rasmiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi  va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiy hujjatlarni ayriqonuniy tarzda tayyorlash va ulardan foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlab, qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralarni koʻrsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 7, 42-modda.