Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 01-05/1377-son, Xalq ta’limi vazirligining 24-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 19-Q/B-son "Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi 18.05.2012 y. Qarori (AV tomonidan 31.05.2012 y. 1541-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

31.05.2012 y.

N 1541-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

18.05.2012 y.

N 01-05/1377


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING

18.05.2012 y.

N 24


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZINING

18.05.2012 y.

N 19-Q/B


QARORI


"Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining

malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaror

va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topish haqida


(2012 yil 10 iyundan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi 181-son "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 34-son, 291-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi QAROR QILADILAR:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005 yil 30 dekabrdagi 105, 42 va 01-357-son "Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1541, 2006 yil 18 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 3-son, 20-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009 yil 22 maydagi 21-Q/Q, 5/7 va 15/QQ-15-1-QQ-son "Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1541-1, 2009 yil 24 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 26-son, 304-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010 yil 30 martdagi 109-QQ, 11 va 03/QQ-son "Xalq ta’limi хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1541-2, 2010 yil 29 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 17-son, 136-modda).


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri

      

A. Xaitov

Xalq ta’limi vaziri

T. Shirinov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazi direktori

        

B. Ismoilov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 22-son, 256-modda