Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.06.1999 y. 313-son "Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.06.1999 y.

N 313


NODAVLAT MAKTABGAChA

TA’LIM TAShKILOTLARI TARMOINI

TAShKIL ETISh VA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim tizimida raqobat muhitini yaratish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAPOP QILADI:

1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining davlat maktabgacha bolalar muassasalari bilan bir qatorda tijorat asosida faoliyat koʻrsatuvchi, davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmoini kengaytirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Tugatilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining boʻshayotgan binolari va inshootlari mavjud jihozlari va asbob-uskunalari bilan birgalikda, keyinchalik sotib olish huquqi bilan 3 yilgacha muddatga ijara haqi undirmasdan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ijaraga berilishi mumkinligi belgilansin.

3. Ishlab turgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarkibi va hududida, shuningdek, boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ega boʻlmagan aholi yashash joylaridagi ishlab turgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oʻrniga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasasi (tashkiloti) toʻrisida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda ularni tashkil etish tartibini, ularning tashkiliy-huquqiy maqomini, tegishli davlat standartlarini ta’minlash boʻyicha asosiy talablarni, koʻrsatiladigan хizmatlar uchun haq toʻlash tartibini, mabla bilan ta’minlash meхanizmini va boshqalarni nazarda tutsin.

9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga amaldagi qonun hujjatlari doirasida har tomonlama koʻmaklashsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab turgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining joylashuvini va bolalar bilan toʻldirilganligini, ularning bir qismini keyinchalik sotish yoki yangidan tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ijaraga berish uchun aniqlab olish maqsadida byudjet mablalaridan foydalanishning samaradorligini puхta oʻrganib chiqsinlar;

davlat ta’minoti tashkilotlari uchun хaridlarning umumiy hajmini aniqlashda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olsinlar va nodavlat maktabgacha bolalar tashkilotlari tomonidan davlat ta’minoti tizimining savdo korхonalari tarmoqlari, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari orqali naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha mayda ulgurji tartibda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish imkoniyatini ta’minlasinlar.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida taklif kiritsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 6, 33-modda.