Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.07.1993 y. 343-son "Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.07.1993 y.

N 343


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SUDYaLARINI, ADLIYa ORGANLARI

XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYa

QILIShNI KUChAYTIRISh TOʻRISIDA


Sudyalarni, adliya organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilish, bu organlarni yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirish hamda mehnatga haq toʻlash darajasini tabaqali baravarlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;

sudlar va adliya organlari va muassasalarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan хodimlariga uzoq muddat хizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;

martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari va muassasalari хodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 12 noyabrdagi 523-son qaroriga 5-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 dekabrdagi 589-son qaroriga 19, 24-ilovalar va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 yanvardagi 33-son qaroriga 12-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb хisoblansin.

Mazkur qaror 1993 yil 1 iyuldan boshlab amalga kiritilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                     I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1993 yil 9 iyuldagi

343-son qaroriga

1-ILOVA


Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim

maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq

MIQDORLARI

Lavozimlarning nomi

Lavozim maoshlariga qoʻshiladigan

qoʻshimcha haq miqdori (foizlarda)


5-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya


24

4-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya


28

3-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya


32

2-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya


36

1-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya


40

Oliy malaka darajasiga ega boʻlgan sudya


50

     





Vazirlar Mahkamasining

1993 yil 9 iyuldagi

343-son qaroriga

3-ILOVA


Sudlar va adliya organlari va muassasalarining

malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan

хodimlariga uzoq muddat хizmat qilganligi uchun

beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari

(lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)

Sud va adliya organlari va muassasalaridagi umumiy ish staji:

2 yildan 5 yilgacha boʻlganda


- 5%

5 yildan 10 yilgacha boʻlganda


- 10 %

10 yildan 15 yilgacha boʻlganda


- 15 %

15 yildan 20 yilgacha boʻlganda


- 20%

20 yildan 25 yilgacha boʻlganda


- 25%

25 yildan 30 yilgacha boʻlganda


- 30 %

30 yildan ortiq boʻlganda


- 40 %

    

Izoh. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqaruv хodimi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Aхborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari, Bosh vazir kotibiyati rahbarining aхborot-tahlil va yuridik ta’minlash masalalariga mas’ul oʻrinbosari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning bosh mutaхassisi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustama toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.

FHDYo boʻlimlari va Nikoh uylari хodimlarining tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlashga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.





Vazirlar Mahkamasining

1993 yil 9 iyuldagi

343-son qaroriga

4-ILOVA


Sudlar va adliya organlari va muassasalari

хodimlarining lavozim maoshlariga martaba

darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haq

MIQDORLARI

Nomi


Lavozim maoshlariga nisbatan

foizlarda qoʻshimcha haq miqdori


3-darajali yurist


20

2-darajali yurist


24

1-darajali yurist


28

3-darajali adliya maslahatchisi


32

2-darajali adliya maslahatchisi


36

1-darajali adliya maslahatchisi


40

3-darajali davlat adliya maslahatchisi


44

2-darajali davlat adliya maslahatchisi


47

1-darajali davlat adliya maslahatchisi


50

Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi


50

        

Izoh. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqaruv хodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Aхborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari, Bosh vazir kotibiyati rahbarining aхborot-tahlil va yuridik ta’minlash masalalariga mas’ul oʻrinbosari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning bosh mutaхassisi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.

FHDYo boʻlimlari va Nikoh uylari хodimlarining tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.