Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 20.01.2015 y. 56-n-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalarining (OʻzR AQ-160) 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 21.01.2015 y. 1734-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.01.2015 y.

N 1734-6




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI BOShLIINING

20.01.2015 y.

N 56-n


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental

aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalarining

(OʻzR AQ-160) 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 dekabrdagi 346-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining хavfsizligini ta’minlash davlat dasturini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2007 yil 10 sentyabrdagi 138-son buyrui (roʻyхat raqami 1734, 2007 yil 29 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 44-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalarining (OʻzR AQ-160) 1-bandining oʻn ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aerodrom sertifikati - belgilangan qoidalar asosida vakolatli organ tomonidan aerodromni ekspluatatsiya qilish uchun beriladigan sertifikat;".


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                                                     T. Oʻljayev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 26 yanvar, 3-son, 37-modda