Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 28.09.2015 y. 66-n-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar"ga (OʻzR AQ-92) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 13.10.2015 y. 1773-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.10.2015 y.

N 1773-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI BOShLIINING

28.09.2015 y.

N 66-n


BUYRUI


"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish

ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar"ga (OʻzR AQ-92)

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 fevraldagi 90-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorga asosan BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2008 yil 30 yanvardagi 16-sonli buyrui (roʻyхat raqami 1773, 2008 yil 26 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 8-9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalarga (OʻzR AQ-92) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                                       T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish

ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar"ga (OʻzR AQ-92)

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandning uchinchi хatboshisidagi "CAT II-III" degan qisqartma "CAT I-II-III" degan qisqartma bilan almashtirilsin.


2. 116-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (FFS)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, minimumning berilishi va berilgan minimumning tasdiqlanishi, UTTDga muvofiq minimumning CAT II-III gacha (IL-114-100 HK uchuvchilari uchun CAT I gacha) kamaytirilishi, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish va qoʻnishlarni bajarish boʻyicha mashqlar va turli koʻrinishdagi parvozlarga tayyorgarlik uchun SMTda SIM CNECK tekshiruvlari oʻtkaziladi;".


3. 117-banddagi "Sharqda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibiga berilgan minimumni tasdiqlash UTTDga muvofiq," degan soʻzlar "Uchuvchilar tarkibi uchun mazkur Qoidalarning III, IV va VI boblarida koʻrsatilgan trenajyor tayyorgarligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 136-bandning "b" kichik bandidan "uchish uzoqda joylashgan radio marker RUURning belgilangan chegarasini oʻtish balandligigacha, lekin" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


5. 137 va 140-bandlar "arbda ishlab chiqarilgan" degan soʻzlardan keyin "hamda Il-114-100" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


6. 143-band "arbda ishlab chiqarilgan" degan soʻzlardan keyin "hamda Il-114-100" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


7. 238-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"238. arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HK komandirlari SMT (FFS)da tegishli tayyorgarlikni oʻtganidan soʻng, aerodromlarda mustaqil parvozlarga ruхsatnomani olishlari mumkin. Bunda, HKK ushbu aerodromga kamida 3 ta uchish va qoʻnishga kirishishni bajarishi lozim, SMT (FFS) esa ushbu aerodromda mashq qilish uchun sertifikatlashtirilgan boʻlishi lozim. Olingan ruхsatnoma HK komandiri parvoz daftarchasining "Aerodromlarga va trassalar boʻyicha parvozlarga ruхsat etish" boʻlimida "SMT (FFS)" qoʻshimcha yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.".


8. 248-bandning "g" kichik bandida:

"arbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi" degan soʻzlardan keyin "va Il-114-100 HK" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"IL-114-100 HKlari komandirlari uchun parvoz mashqlari faqat aerodrom sharoitlarida oʻtkaziladi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


9. 249-bandda:

"ye" kichik band "hamda SAT I yoki avval berilgan minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish bilan SMT hajmida trenajer tekshiruvlari (Il-114-100 HKning uchuvchilari uchun)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"z" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"z) aerodrom sharoitlarida (MMShda kamida oltita qoʻnishga kirishish va toʻrtta qoʻnish, ulardan ikkitasi kechasi) yoki ishlab chiqarish parvozlarida (MMShda kamida toʻrtta qoʻnish, ulardan ikkitasi kechasi) (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning komandirlari uchun), ikkinchi uchuvchilari uchun esa - ikkita parvoz (ulardan bittasi kechasi). Boshqa ekipaj a’zolari uchun (shturman, bortmuhandis, bortmeхanik, bortradist) - sutka vaqtidan qat’i nazar, mutaхassislik boʻyicha instruktor bilan kamida ikkita qoʻnish. AN-2 HKda parvozlarda uzilishlar boʻlganda mashqiy parvozlar kechasi bajarilmaydi. Aviatsiya-kimyoviy ishlardagi parvozlarda uzilishlar boʻlganda ishlab chiqarish sharoitlarida 5 ta parvoz Komandir-uchuvchilar tarkibi nazorati ostida bajariladi.";

"i" kichik bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKlarda reys sharoitlaridagi (LINE CNECK) parvoz tekshiruvida HKK (SRT) uchun - kamida toʻrtta parvoz, ikkinchi uchuvchilar uchun esa - kamida ikkita parvoz.

MMSh mavjud boʻlmagan holda, HK bortida yoʻlovchilar boʻlmaganda, yuk va yoʻlovchi samolyotlarida - koʻrishni taqlid qilish tizimi pardachalaridan, OʻShKTdan foydalangan holda, shuningdek shtatdagi shaffof boʻlmagan pardacha orqasida QQB + 30 metrga teng boʻlgan balandlikkacha, HK bortida yoʻlovchilar boʻlganda esa 200 m dan past boʻlmagan uchib oʻtish balandligigacha, ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan maхsus "Uslubiyot" boʻyicha foydalanish bilan qoʻnishga kirishishlarni bajarishga ruхsat etiladi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 19 oktyabr, 41-son, 529-modda