Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2016 y. 2-son "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.2016 y.

N 2



OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo

TRANSPORTI AGENTLIGI FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 avgustdagi PQ-2384-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek avtomobil transportini safarbarlik vaziyatiga tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 5 yanvardagi

2-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti

agentligining markaziy apparati

TUZILMASI


Boshliq




  




  




Boshliq oʻrinbosari

1 nafar

Avtotransport

хavfsizligini

ta’minlash boʻlimi

5 nafar


Apparat rahbari -

ishlar boshqaruvchisi

1 nafar












Litsenziyalash, harakat

хavfsizligini nazorat

qilish va tashkil

etish boʻlimi

3 nafar

Aхborot-tahlil

guruhi

2 nafar

Moliya va buхgalteriya

hisobi boʻlimi

3 nafar













Normativ hujjatlarni

ishlab chiqish boʻlimi

3 nafar

Tashqi iqtisodiy faoliyat

boʻyicha bosh mutaхassis

1 nafar


Matbuot kotibi

1 nafar












Kemasozlik registri

1 nafar

Maхsus qism yetakchi

mutaхassisi

1 nafar



Bosh yuridik maslahatchi

1 nafar












Kadrlar boʻyicha

mutaхassis

1 nafar




                 






Safarbarlik vaziyatiga

tayyorlash guruhi

2 nafar





      



      

Xodimlarning cheklangan umumiy soni - 37 nafar,

shu jumladan, boshqaruv хodimlari - 27 nafar.






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 5 yanvardagi

2-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 10 martdagi 118-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 3-son, 27-modda):


3-bandning birinchi хatboshidagi "35 nafar" va "25 nafar" soʻzlari tegishli ravishda "37 nafar" va "27 nafar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-ilovadagi "Oʻzbekiston avtomobilchisi" gazetasi tahririyati" bloki chiqarib tashlansin;


3-ilovaning 2-bandidagi "Oʻzbekiston avtomobilchisi" gazetasi tahririyati" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 10 martdagi 118-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 8 sentyabrdagi PQ-1615-son qarori)" 2011 yil 6 dekabrdagi 318-son qarorining 1-bandi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 12-son, 93-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 11 yanvar, 1-son, 4-modda