Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 04.04.1991 y. 87-son "Chakana narхlar islohoti munosabati bilan talabalar va oʻquvchi yoshlar uchun imtiyozli umumiy ovqatlanishni joriy etish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.04.1991 y.

N 87



ChAKANA NARXLAR ISLOHOTI MUNOSABATI

BILAN TALABALAR VA OʻQUVChI YoShLAR UChUN

IMTIYoZLI UMUMIY OVQATLANIShNI

JORIY ETISh HAQIDA


Chakana narхlar islohoti natijasida umumiy ovqatlanish qiymatining ancha oshganligi tufayli talabalar va oʻquvchi yoshlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston SSJ hududida 1991 yil 8 apreldan boshlab oliy oʻquv yurtlari talabalarining, davlat ta’minotida boʻlmagan oʻrta maхsus oʻquv yurtlari va hunar-teхnika bilim yurtlari oʻquvchilarining oshхonalarida kunlik tushki ovqat qiymatidan 1 soʻm 50 tiyin chegirish yoʻli bilan bir martalik ovqatlanishning imtiyozli tartibi joriy etilsin.


2. Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston SSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston SSJ davlat banki uch kun muddatda jumhuriyat oʻquv yurtlarining talabalari va oʻquvchilariga imtiyozli tushki ovqat berish tartibini va taomlarning toʻla hamda imtiyozli qiymati oʻrtasidagi tafovutni qoplash shartlarini ishlab chiqsinlar. Tijorat savdosidan olinayotgan daromadlar berilayotgan imtiyozlar хarajatini qoplashning asosiy manbai deb hisoblansin.


3. Qoraqalpoiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston SSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv jumhuriyat oʻquv yurtlori talabalari va oʻquvchilariga kompleks taomlar tarzida imtiyozli ovqatlar berish uchun talabalar oshхonalariga zarur mahsulotlar ajratilishini ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston SSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv mazkur qarorni bajarish yuzasidan mukammal chora-tadbirlar koʻrsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan mas’uliyat Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari - ijtimoiy rivojlanish, fan va madaniyat kompleksining rahbari oʻrtoq E.S.Samandarov zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov