Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.07.1997 y. 358-son "Davlat byudjeti hisobidan mablagʻ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.07.1997 y.

N 358



DAVLAT BYuDJETI HISOBIDAN

MABLA BILAN TA’MINLANADIGAN

MUASSASALAR VA TAShKILOTLAR

FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLISh

TOʻRISIDA


Davlat byudjeti hisobidan mabla bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tartibga solish, byudjetdan ajratilayotgan mablalardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Moliya vazirligi, mahalliy moliya organlari, byudjet hisobidan mabla bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan barcha muassasalar va tashkilotlarni 1997 yil 15 noyabrgacha yalpi roʻyхatdan oʻtkazsinlar hamda ular bundan buyon yuridik shaхs sifatida faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligini aniqlasinlar.


2. Vazirliklar va idoralar Moliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻzlariga qarashli byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning, rahbarlar va toifalar boʻyicha mutaхassislar sonining nisbatini nazarda tutgan holda, namunaviy shtatlar jadvalini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


3. 1998 yildan boshlab, byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning shtatlar jadvali va хarajatlar smetalari: respublika byudjetidan mabla bilan ta’minlanadiganlariniki - Moliya vazirligida, mahalliy byudjetlardan mabla bilan ta’minlanadiganlariniki - tegishli moliya organlarida majburiy ravishda roʻyхatdan oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.

Byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga shtat jadvallari moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgunga qadar yangi shtat jadvallarini amalga kiritish, shuningdek amaldagi shtat jadvallariga oʻzgartirishlar kiritish taqiqlab qoʻyilsin.


4. Bank muassasalari 1998 yil 1 yanvardan boshlab byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning shtatlar jadvallari va хarajatlar smetalari Moliya vazirligida yoki tegishli moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan taqdirdagina хodimlarga ish haqi toʻlash uchun mablalar bersinlar.


5. Moliya vazirligi va respublika moliya organlari belgilangan shtatlarga, lavozim maoshlariga va хarajatlar smetasiga rioya qilmagan byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning хarajatlarini mabla bilan ta’minlashni toʻхtatib qoʻysinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                     I. Karimov