Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 20-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 72-son "Boshqaruv apparati хodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 20.01.2004 y. Qarori (AV tomonidan 09.02.2004 y. 1310-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.02.2004 y.

N 1310



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

20.01.2004 y.

N 20

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

20.01.2004 y.

N 72

QARORI



Boshqaruv apparati хodimlari soni qisqarishi

munosabati bilan boʻshab qoladigan mablalardan

foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida


(2004 yil 19 fevraldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv хodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻrisida"gi 2004 yil 5 yanvardagi 1-son qarorining 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi QAROR QILADI:


1. Boshqaruv apparati хodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablalardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining 2002 yil 26 fevraldagi "Son jihatidan qisqartirilganligi tufayli boshqaruv idoralarini ta’minlash uchun хarajatlarni moliyalash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 20 va 72-son qaror (2002 yil 13 mart, roʻyхat raqami 1116-son - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2002 yil 5-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.

Moliya vaziri

M. Nurmurodov

Mehnat va aholini ijtimoiy

himoya qilish vaziri

A. Obidov

*) Ilova rus tilidagi matnida berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 6-son, 78-modda.