Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.2001 y. 92-son "Qurbon hayitni nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.02.2001 y.

N 92




QURBON HAYITNI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram - Qurbon hayitni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” 1991 yil 20 iyundagi 221-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 martga toʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini e’tiborga olib, 2001 yil 6 mart dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlari Qurbon hayiti bayramini joylarda munosib tarzda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                      I. Karimov