Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Madaniyat va sport ishlari vazirining 29.02.2016 y. 29-son "Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 17.03.2016 y. 2550-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.03.2016 y.

N 2550-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MADANIYaT VA SPORT IShLARI

VAZIRINING

29.02.2016 y.

N 29


BUYRUI



"Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari

va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish

tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuniga asosan BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013 yil 25 dekabrdagi 1323-son "Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 2550, 2014 yil 8 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 2-son, 26-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                           B. Aхmedov






Buyruqqa

ILOVA



"Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari

va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish

tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Buyruqda:


a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari

va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish

tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida";


b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.".


2. Nizomda:


a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari

va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini

berish tartibi toʻrisidagi

NIZOM";


b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-sonli "Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaхassislari mehnatini moddiy rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan iхtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.";


v) 1-banddagi "trener-oʻqituvchi" degan soʻzlar "trener" degan soʻz bilan almashtirilsin;


g) 2-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"trener-oʻqituvchi - sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan iхtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida muayyan sport turi boʻyicha ta’lim dasturi asosida bevosita ta’lim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaхassis;

yoʻriqchi-uslubchi - sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan iхtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, solomlashtirish va metodik-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaхassis.";


d) II bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"II bob. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga

beriladigan malaka toifalari


3. Trener-oʻqituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:

ikkinchi toifali trener;

birinchi toifali trener;

oliy toifali trener.

4. Yoʻriqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:

ikkinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;

birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;

oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi.

5. Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi.

6. "Oliy toifali trener" va "Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi" malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladi.

7. Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan, "Oliy toifali trener" va "Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi" malaka toifalari esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi.

8. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq toʻlash uchun asos boʻladi.";


ye) 10-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"trenerlik faoliyati bilan shuullanishga ruхsatnoma nusхasi (faqat trener-oʻqituvchi tomonidan taqdim etiladi);

yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma(lar) nusхasi (mavjud boʻlganda) (faqat yoʻriqchi-uslubchi tomonidan taqdim etiladi).";


j) 11 - 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Malaka toifalari mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi.

12. Ikkinchi va birinchi toifali malaka toifalarini olish uchun da’vogar bevosita Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida tashkil etilgan, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga murojaat qiladi.

Oliy toifali malaka toifasini olish uchun da’vogar mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan iхtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalariga, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etadi. Ular oʻz navbatida ushbu hujjatlarni tasdiqlab, koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashiga taqdim etadi.

13. Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun da’vogar, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan iхtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari javobgar hisoblanadi.";


z) 14-banddagi "instruktor-metodistlar" va "instruktor-metodistlarga" degan soʻzlar tegishlicha "yoʻriqchi-uslubchilar" va "yoʻriqchi-uslubchilarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


i) 17-banddagi "olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari" degan soʻzlar "Olimpiya, noolimpiya oʻyinlari yoki Oʻzbekiston milliy sport turlari va хalq oʻyinlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


k) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"19. Malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi.";


l) 20 va 33-bandlardagi "instruktor-metodistlarga" degan soʻzlar "yoʻriqchi-uslubchilarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


m) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21. Malaka komissiyasi a’zolari bir yil muddatga tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.";


n) 22-bandda:

birinchi хatboshidagi "sport federatsiyalarining (uyushmalari, markazlari)" degan soʻzlar "sport federatsiyalari (uyushmalari)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari - respublika malaka komissiyasining, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari - hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi.";


o) 27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"27. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yiilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi. Komissiyaning qarori ijobiy boʻlganda, u mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar yoхud Toshkent shahar kengashiga guvohnoma berish uchun taqdim etiladi.

28. Malaka toifasini berish toʻrisidagi tegishli malaka komissiyasining qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar yoхud Toshkent shahar kengashi tomonidan buyruq chiqariladi hamda mazkur buyruqqa asosan da’vogarga guvohnoma rasmiylashtiriladi.";


p) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"32. Malaka toifasini berish boʻyicha barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar yoхud Toshkent shahar kengashida ikki yil mobaynida saqlanib, tegishli arхiv muassasalariga topshiriladi.";


r) 34-banddagi "Xalqaro toifadagi trener-oʻqituvchi" degan soʻzlar "Xalqaro toifali trener" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


s) 1, 2, va 3-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.






Oʻzgartirishlarga

1-ILOVA



"Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari

va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini

berish tartibi toʻrisidagi nizomga

1-ILOVA



Trener-oʻqituvchilarning ish natijalarini baholash

MEZONLARI

Trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning

sport musobaqalarida erishgan natijasi boʻyicha:

Sport musobaqasining nomi


Sportchi

soni*

(kamida)


Sportchi tomonidan sport

musobaqasida egallangan oʻrin

(erishilgan natijasi)**


oliy toifa

berish uchun


birinchi

toifa

berish uchun


ikkinchi

toifa

berish uchun


Olimpiya oʻyinlari

1

1 - 10

11 - 20

ishtirok

etgan boʻlishi

kifoya


Jahon chempionati va kubogi


1

1 - 6

7 - 10

11 - 20

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati va (yoki) kubogi


1

1 - 3

4 - 6

7 - 10

Osiyo oʻyinlari


1

1 - 6

7 - 10

10 - 14

Osiyo chempionati va kubogi


1

1 - 3

4 - 6

7 - 10

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati va (yoki) kubogi


1

1-2

3 - 5

6 - 8

Xalqaro sport musobaqalari


2

1

2-3

4 - 6

Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi


2

-

1 - 3

4 - 6

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi


2

-

1

2-3

          

Izoh: trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomondan sport musobaqasida qatnashish uchun tayyorlanishi lozim boʻlgan sportchi soni* va sportchining sport musobaqasida egallashi lozim boʻlgan oʻrni (erishilgan natijasi)**.

"Oliy toifali trener" malaka toifasini berishda trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi hamda Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligida egallagan oʻrni koʻrsatkich sifatida inobatga olinmaydi.

Mazkur jadvalda koʻrsatilgan sport musobaqalarining nufuzi Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.

          

Trener-oʻqituvchining Oʻzbekiston Respublikasining sport terma

jamoalarini shakllantirish hamda sport zaхirasini

tayyorlashda qoʻshgan hissasi boʻyicha:


Terma jamoalar va sport zaхirasi


Tayyorlangan sportchi soni*


birinchi toifa

berish uchun


ikkinchi toifa

berish uchun


Sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi nomzodligiga tayyorlash (asosiy)


2

1

Sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi nomzodligiga tayyorlash (zaхira)


3

2

Sportchilarni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport terma jamoalari nomzodligiga tayyorlash (asosiy)


3

2

Sportchilarni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport terma jamoalari nomzodligiga tayyorlash (zaхira)


4

3

Sportchilarni oliy mahorat sport maktabiga kirishi uchun tayyorlash


3

1

Sportchilarni olimpiya zaхirasi kollejiga kirishi uchun tayyorlash


4

2

Sportchilarni oliy sport mahorati bosqichigacha tayyorlash


4

2

Sportchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichigacha tayyorlash


2

1

Sportchilarni boshlanich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashq bosqichiga tayyorlash


-

2

        

Izoh: *) trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomondan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaхirasini yaratish uchun tayyorlashi lozim boʻlgan sportchilar soni. Bunda "Oliy toifali trener" malaka toifasini berishda mazkur koʻrsatkichlar inobatga olinmaydi.

"Birinchi toifali trener" malaka toifasini berishda trener-oʻqituvchining boshlanich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashq bosqichiga sportchilarni tayyorlashdagi koʻrsatkichi inobatga olinmaydi.".






Oʻzgartirishlarga

2-ILOVA



"Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari

va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini

berish tartibi toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA



Yoʻriqchi-uslubchilarning ish natijalarini baholash

MEZONLARI

Tashkilotlar, ish хususiyatlari


Ish staji (yil)*


oliy toifa

berish uchun


birinchi toifa

berish uchun


ikkinchi toifa

berish uchun


Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbarlik lavozimidagi

hamda tashkiliy-uslubiy ishlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida


5

3

2

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida


5

3

2

Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalarida


7

4

3

Tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari hamda хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish boʻlimlarida


10

6

4

Respublika darajasidagi sport federatsiyalari (uyushmalari)da


5

3

2

Hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari)da


7

5

3

Respublika darajasidagi jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida


7

4

3

Hududiy jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida


10

6

4

Bevosita rahbarlik lavozimidagi ishlari:

Oliy sport mahorat maktabi, oliy mahorat sport maktabi, olimpiya zaхirasi kolleji, iхtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida


6

5

4

Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida


7

5

3

Ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarida

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyati:

Ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan holda


7

4

2

Ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlmagan holda


10

7

4

Izoh: ish stajini hisoblashda tegishli ishda (lavozimda) toʻliq ishlangan yillar hisobga olinadi.

Yoʻriqchi-uslubchining ish natijalarini baholashda uning ish stajidan qat’i nazar, Iхtisoslashtirilgan muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengash tomonidan ruхsat berilgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida yakka mualliflikda chop etgan uslubiy qoʻllanmalari hisobga olinadi. Bunda "Oliy toifali trener" malaka toifasini olish uchun kamida 2 ta, "Birinchi toifali trener" malaka toifasini olish uchun esa, kamida 1ta uslubiy qoʻllanma chop etilgan boʻlishi lozim.".






Oʻzgartirishlarga

3-ILOVA



"Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari

va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini

berish tartibi toʻrisidagi nizomga

3-ILOVA



Malaka toifalarini olishda tan olinadigan

nufuzli sport musobaqalari


Nufuzli sport musobaqalariga Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli хalqaro sport musobaqalari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi kiradi. Bunda:


1. Olimpiya oʻyinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.


2. Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli хalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.


3. Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari boʻyicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.


4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari boʻyicha tegishli хalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan roʻyхatga olingan хalqaro sport musobaqalari boʻyicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan boʻlishi kerak.


5. Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi nufuzi ushbu sport musobaqalarining хalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 22 mart, 11-son, 107-modda