Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 06.12.2001 y. 306-II-son "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga moʻljallangan dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

06.12.2001 y.

N 306-II



AHOLINING IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ

QATLAMLARINI ANIQ YOʻNALTIRILGAN TARZDA

QOʻLLAB-QUVVATLAShNING 2002-2003 YILLARGA

MOʻLJALLANGAN DASTURI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga moʻljallangan dasturini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarz-da qoʻllab-quvvatlanishning 2002-2003 yillarga moʻljallangan dasturi ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

aholining ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlashga yoʻllanayotgan byudjet mablalaridan ular aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yoʻnaltirilganligini kuchaytirishni nazarda tutgan holda foydalanish samaradorligini oshirish;

aholini ijtimoiy himoya qilishga yoʻllanayotgan mablalarning taqsimlanishi uchun mas’ul boʻlgan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy negizini mustahkamlash;

davlat ijtimoiy madadini oluvchilar qatorini bir yoʻla ana shunday yordamga muhtojlikni belgilashning qoʻshimcha mezonlarini joriy etgan holda kengaytirish;

kam ta’minlangan oilalarning mehnatga qobiliyatli a’zolari iqtisodiy faolligini oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yoʻllanayotgan kredit resurslarining hajmlarini koʻpaytirish hisobiga aholining anchagina qismini kam ta’minlanganlar toifasidan chiqarish;

yoshlarni ta’lim jarayoniga faol jalb qilish, yangi tipdagi oʻquv yurtlarining (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining) nufuzini oshirish, kam ta’minlangan oilalarga mansub oʻquvchilarning darsliklar va oʻquv adabiyotlaridan erkin foydalana olishini ta’minlash;

qishloq joylarda ta’lim jarayonining sifat darajasini oshirish;

pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish va kuchaytirish;

davlat mablalaridan belgilangan maqsadda foydalanish ustidan jiddiy nazoratni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                   E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 22-24-son