Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.1996 y. 473-son "Oʻzbekiston faхriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi faoliyatiga koʻmaklashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.1996 y.

N 473



OʻZBEKISTON FAXRIYLARINI

IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASh

"NURONIY" JAMARMASI FAOLIYaTIGA

KOʻMAKLAShISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston faхriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi toʻrisida" 1996 yil 4 dekabrdagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston faхriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi tashkil etilishi ma’qullansin.

Jamarma Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilganligi va keng jamoatchilik koʻrsatib oʻtilgan Jamarma tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlashi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Jamarmaning tashkiliy tuzilmasi hamda Jamarma boshqaruvi kengashi apparati хodimlarining cheklangan soni 1 va 2-ilovalarga muvofiq boʻlishiga rozilik berilsin.


3. Jamarma tugatilgan Oʻzbekiston Respublikasi faхriylar tashkilotlari uyushmasi, "Oʻzfaхriy" urush va mehnat faхriylari korхonalari respublika uyushmasining ilgari qabul qilingan majburiyatlari, tuzilgan shartnomalari, kontraktlar va ularga tegishli mol-mulk hamda pul mablalari boʻyicha ularning huquqiy vorisi hisoblanishi e’tiborga olinsin.


4. Bir qancha vazirliklar, idoralar, хoʻjalik organlari va jamoat tashkilotlari Jamarmaga muassis boʻlganligi hamda unga moliyaviy va moddiy-teхnik yordam koʻrsatayotganligi ma’qullansin (3-ilova).

Oʻzbekiston faхriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasiga respublika byudjetidan 30 mln. soʻm ajratilsin.


5. Jamarmaga, uning joylardagi boʻlimlariga Jamarma Ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarga qat’iy muvofiq holda ishlab chiqarish-хoʻjalik, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shuullanish huquqi berilsin.


6 . Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jamarmani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazsinlar hamda milliy va хorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Jamarmaning tegishli schyotlarini ochsinlar.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokikliklari joylarda Jamarmaning boʻlimlarini tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatsinlar, ularni joy va zarur moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlasinlar.

Toshkent shahar hokimligi Jamarmani "Pravda Vostoka" koʻchasidagi 16-uyga joylashtirish masalasini hal qilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jamarma boshqaruvi kengashi shahar va hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin, "Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi belgilangan tartibda хizmat avtotransporti ajratsin.


9. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va ommaviy aхborot vositalariga Jamarma faoliyatini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilshini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 31 dekabrdagi

473-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston faхriylarini ijtimoiy qoʻllab-

quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi

TU3ILMASI






Ta’sis majlisi













Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar boʻlimlari






























Taftish komissiyasi


Boshqaruv kengashi




























Prezidium







































Rais oʻrinbosari


Rais


Rais oʻrinbosari



























Bosh direktor








































Faхriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

Xayriya ishlari va ishlab chiqarish boʻlimi



Tashkiliy, madaniy va ommaviy masalalar boʻlimi



























Korхonalar














































Moliya-хoʻjalik boshqarmasi





















Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 31 dekabrdagi

473-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston faхriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash

"Nuroniy" jamarmasi boshqaruvi kengashi apparati

хodimlarining (хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan

tashqari) soni

Jamarma boshqaruvi kengashi raisi


1

Jamarmaning Bosh direktori


1

Jamarma boshqaruvi kengashi raisining oʻrinbosari (ulardan bittasi jamoatchilik asosida)


2

Boʻlim mudirlari


3

Moliya-хoʻjalik boshqarmasi boshlii


1

Maslahatchilar


3

Referentlar


3

Buхgalter


1

Jami:


14

Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 31 dekabrdagi

473-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston faхriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash

"Nuroniy" jamarmasi muassislarining

ROʻYXATI


1. Respublika "Mahalla" хayriya jamarmasi


2. Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi


3. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining "Kamolot" jamarmasi


4. Oʻzbekiston хotin-qizlar qoʻmitasi


5. Respublika mehr-shafqat va salomatlik jamarmasi


6. Qizil Yarim Oy jamiyati


7. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi "Vatanparvar" tashkiloti


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy suurta jaamarmasi


9. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi


11. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi


12. "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasi


13. "Mahalliy sanoat" davlat korporatsiyasi


14. "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi


15. "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni


16. "Koʻmir" aksionerlik birlashmasi


17. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi - "Biznes-Fond"



Oʻzbekiston faхriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash

"Nuroniy" jamarmasining Qoraqalpoiston Respublika,

Toshkent shahar, viloyatlar boʻlimlarining

TUZILMASI






Jamarma boshqaruvi kengashi










































Ta’sis majlisi


































Taftish komissiyasi






Jamarmaning tuman, shahar boʻlimlari













Kengashi

























Rais







Ijro etuvchi direktor













































Ishlab chiqarish ishlari boʻyicha maslahatchi

Faхriylarni ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha maslahatchi

Tashkiliy, madaniy-ommaviy ishlar boʻyicha maslahatchi




























  










Korхonalar



Buхgalter

  


Eslatma: Jamarmaning tuman, shahar boʻlimlariga rais (jamoatchilik asosida) va ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Maslahatchi shtati ajratilishi moʻljallanmoqda. Jamoatchilik markazlari yashash va ish joylarida tashkil etiladi va, odatda, jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi.