Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2002 y. PF-3017-son "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

25.01.2002 y.

N PF-3017



AHOLINING IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ

QATLAMLARINI ANIQ YOʻNALTIRILGAN

TARZDA QOʻLLAB-QUVVATLAShNI

KUChAYTIRISh TOʻRISIDA


Davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod manfaatlarinint himoya qilinishini ta’minlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy, aqliy va manaviy jihatdan barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun shart-sharoit yaratish maksadida:


1. Ish stajining toʻliq pensiya tayinlash uchun talab etiladigan miqdoridan ortiq qismini hisoblab chiqishdagi mavjud cheklashlar 2002 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinsin.


2. Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha onalarga beriladigan oylik nafaqalar miqdori 2002 yilning 1 fevralidan boshlab eng kam ish haqining 170 foizi, 2003 yilning 1 yanvaridan boshlab esa 200 foizi miqdorida belgilansin.

4. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1383-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2002 yil, 2-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2002 yil 1-son, 32-modda