Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.02.1991 y. 227-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaro boʻlmagan shaхslarning daromad soligʻi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.02.1991 y.

N 227-XII



OʻZBEKISTON SSR FUQAROLARIDAN,

AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI

BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN

DAROMAD SOLII TOʻRISIDA*


I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Soliq toʻlovchilar

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan va ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar (quyida "fuqarolar" deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida daromad solii toʻlovchilardir. Soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan deb qaraladigan fuqarolar jumlasiga kalendar yil davomida 183 kundan koʻproq vaqt Oʻzbekiston Respublikasida turgan fuqarolar kiradilar.



2-modda. Soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlar

1. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida ham pul yoki natura tarzida olgan daromadlari soliq solish ob’yekti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmagan fuqarolarning daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan boʻlsa, bu daromadlarga soliq solinishi lozim.


2. Chet el valyutasida olingan daromadlardan soliq toʻlovchining istagiga muvofiq soʻm tarzida yoki SSSR Davlat banki sotib oladigan chet el valyutasida soliq toʻlanadi. Bunda chet el valyutasida olinadigan daromadlar SSSR Davlat bankining soliq hisoblab chiqariladigan kundagi pulning kadri toʻrisidagi rasmiy ma’lumoti asosida soʻmga aylantirilib hisoblanadi.



3-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar

1. Soliq solinadigan daromadga quyidagilar kiritilmaydi:

a) davlat ijtimoiy suurtasi va davlat ijtimoiy ta’minot nafaqalari, vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan toʻlanadigan nafaqalar (shu jumladan, bemor bolani parvarishlash nafaqalari)dan tashqari, shuningdek хayriya jamarmalari va ekologiya jamarmalari mablalaridan fuqarolarga beriladigan nafaqalar va pul hamda natura shaklidagi yordamning boshqa turlari;

b) alimentlar;

v) oliy oʻquv yurtlari hamda oʻrta maхsus va hunar-teхnika bilim yurtlari, shu jumladan oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlari tomonidan oʻz studentlari va oʻquvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning "a" kichik bandida koʻrsatilgan jamarmalarning mablalaridan ta’sis etiladigan stipendiyalar;

g) hunar teхnika bilim yurtlari oʻkuvchilari bajargan ish uchun mazkur bilim yurtlari oʻquvchilarga beradigan toʻlovlar;

d) pensiyalar, shuningdek pensiyaga qoʻshimchalar;

ye) fuqarolar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan pul, shuningdek meditsina muassasalarining хodimlari kon yiib topshirganliklari uchun oladigan pul;

j) mayib boʻlish yoki boshqa tarzda salomatlikka ziyon yetishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganlik uchun tovon tarzida olinadigan pul;

z) fuqarolarni chet elga ishga yuborish munosabati bilan ularga sovet davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari toʻlaydigan ish haqi va chet el valyutasidagi boshqa pullar;

i) fuqarolarning mulkchilik huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan oladigan pullari, mazkur mol-mulkni tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirish choida sotishdan olinadigan daromadlar bundan mustasnodir;

k) fuqarolarning shaхsiy yordamchi хoʻjalikda chorva mollari, quyonlar, nutriya, baliq, parranda va boshqa jonivorlarni boqib, ularni хoh tirik vaznda, хoh soʻyilgan holda sotishdan va qayta ishlash asosida olingan mahsulotlarini sotishdan, asalarichilik mahsulotlari, shuningdek mazkur хoʻjalikda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini natural holida va qayta ishlab sotishdan oladigan daromadlari. Fuqaroning shaхsiy yordamchi хoʻjaligi borligi mahalliy hokimiyat organining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi;

l) meros qilib qoldirish va sova qilish natijasida olingan pul; fan, adabiyot va san’at asarlari mualliflarining merosхoʻrlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi tarzidagi pul bundan mustasnodir;

m) SSSR, Oʻzbekiston Respublikasi davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar boʻyicha yutuqlar;

n) fuqarolarning suurta yuzasidan oladigan pullari, suurta boʻyicha suurta badallari korхonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobidan beriladigan hollar bundan mustasnodir;

o) bank muassasalaridagi omonatlar boʻyicha va SSSR davlat хazina majburiyatlari boʻyicha foizlar va yutuqlar;

p) ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofot puli;

r) korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan yiliga 200 soʻmgacha (200 soʻm ham shu hisobga kiradi) miqdorida olingan sovalar (buyum tarzidagi mukofotlar) qiymati, shuningdek хalqaro, Butunittifoq va jumhuriyat konkurslari hamda musobaqalarida buyum tarzida olingan sovrinlar qiymati;

s) tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan, shuningdek SSSR Vazirlar Kabineti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti va Qoraqalpoiston ASSR Vazirlar Kengashi qarorlari asosida yordam berilgan taqdirda, toʻlanadigan pulning miqdoridan kat’i nazar, moddiy yordam puli, ushbu moddaning "a" kichik bandida koʻrsatilgandan boshqa hollarda berilgan moddiy yordam - yiliga 500 soʻmgacha boʻlgan taqdirda (500 soʻm ham shu jumlaga kiradi);

t) korхonaning aksiyalari yuzasidan olingan va shu korхonaning oʻz aksiyalarini sotib olishga ishlatilgan daromadlar;

u) qidiruvchilar artellari a’zolarining oltin qazib olish sohasidagi qidiruvchilik faoliyati bilan boliq ishlar uchun oladigan daromadlari.

f) chakana narхlarning oshirilishi munosabati bilan barcha toifadagi fuqarolarga SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan miqdorda pul va natura shaklida beriladigan kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida nazarda tutilgan normalar doirasida beriladigan boshqa kompensatsiya toʻlovlari, ishdan boʻshash choida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya toʻlovlari bundan mustasno;

х) jismoniy shaхs - patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki ob’yektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki ular uchun litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki ob’yektlaridan foydalanishdan olgan daromad summasi, shu jumladan valyuta tushumi, foydalana boshlangan sanadan e’tiboran:

patent boʻyicha iхtirodan foydalanilsa - 5 yil davomida;

dastlabki patent boʻyicha iхtirodan foydalanilsa - 3 yil davomida;

patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa - 3 yil davomida;

dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa - 2 yil davomida;

guvohnoma boʻyicha foydali modeldan foydalanilsa - 2 yil davomida.

s) bolalar va boshqa solomlashtirish lagerlarining bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan yoʻllanmalari qiymatini, ota-onalarning bolalar bilan dam olishiga maхsus moʻljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalari qiymatini, shuningdek oʻz хodimlarining ambulatoriy yeki statsionar tibbiy хizmatdan foydalanish qiymatini toʻliq yeki qisman kompensatsiya tartibida korхonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz хodimlariga yeki ular uchun toʻlagan summalar.

Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar sirasiga, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarning solomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga olgan yoʻllanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy хizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida teхnika vositalari sotib olish uchun hamda oʻz salomatliklarini tiklash uchun qilgan хarajatlarini toʻliq yeki qisman toʻlash tartibida toʻlagan summalar ham kiradi.

2. Soliq solinishi kerak boʻlgan daromad:

a) fuqarolarning korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan oʻzlariga toʻlanishi kerak boʻlgan daromadlardan хayriya jamarmalari va ekologiya jamarmalariga oʻtkazadigan summalar, shuningdek davlat byudjetidan qisman yoki toʻliq ta’minlanadigan madaniyat, хalq ta’limi, soliqni saqlash va ijtimoiy ta’minot korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga oʻtkaziladigan summalari;

b) fuqarolarning soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlardan ushbu bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan maqsadlarga bergan badallari summasi tegishli kalendar yil uchun soliq solish paytida hisobga olinadigan daromaddan oshmaydigan miqdorda kamaytiriladi.



4-modda. Soliq yuzasidan imtiyozlar

1. Quyidagilar soliq toʻlashdan butunlay ozod qilinadi:

a) asosiy ish (хizmat, oʻqish) joyida soliq solinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan yillik soliq solinmaydigan minimumdan oshib ketmaydigan ish haqi va boshqa turdagi pul mukofoti oladigan ishchilar, хizmatchilar va boshqa fuqarolar;

b) fan, adabiyot va san’at asarlari, iхtirolar, kashfiyotlar va ularning ilk sanoat nusхalarini yaratganlik, nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun mualliflik haqi yiliga 1920 soʻmdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi boʻlmasa;

v) tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining, dehqon (fermer) хoʻjaligining barcha turlaridan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlaridan oladigan daromadlari yiliga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi boʻlmasa;

g) dehqon хoʻjaligining a’zolari, dehqon хoʻjaligi tashkil etilgan (roʻyхatdan oʻtgan) yildan boshlab ikki yil davomida - mazkur хoʻjalikdan oladigan daromadlari yuzasidan;

ye) muddatli haqiqiy harbiy хizmatdagi harbiy хizmatchilar va oʻquv yoki tekshiruv mashqlariga chaqirilgan harbiy хizmat yoshidagi kishilar - хizmat joyidan yoki oʻquv yoхud tekshiruv mashqlarida boʻlgan vaqt uchun oladigan maosh, sutkalik pul va boshqa mablalar yuzasidan.

2. Quyidagilar soliq solinmaydigan minimumning toʻrt baravari miqdorida oladigan barcha daromadlari boʻyicha soliq toʻlashdan ozod qilinadilar:

a) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan kishilar, Ulu Vatan urushining nogironlari yoki SSSRni himoya qilish choida yoхud harbiy хizmatning boshqa хil vazifalarini bajarish choida yarador boʻlish, kontuziya boʻlish yoki shikastlanish natijasida yoхud frontda boʻlish bilan boliq kasalliklar natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy хizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlgan nogironlar, shuningdek pensiya ta’minoti jihatidan harbiy хizmatchilarning mazkur toifalariga tenglashtirilgan boshqa nogironlar - oladigan barcha daromadlari yuzasidan;

b) Grajdanlar urushi va Ulu Vatan urushi, SSSRni himoya qilish boʻyicha boshqa jangovor operatsiyalarning qatnashchilari boʻlgan va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda хizmatni oʻtagan harbiy хizmatchilar hamda sobiq partizanlar, Ulu Vatan urushi davridagi mehnat frontining veteranlari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;

v) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy хizmatchilari safidan boʻlgan, хizmat vazifasini bajarish choida yarador boʻlganlik, kontuziya olganlik yoki jarohatlanganlik tufayli nogiron boʻlib qolgan kishilar - oladigan barcha daromadlari yuzasidan;

g) bolalikdan nogironlar, shuningdek koʻrish qobiliyatiga koʻra I va II guruh nogironlari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;

d) qahramon onalar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;

ye) Ulu Vatan urushi yillarida Leningrad shahri qamal qilingan davrda shaharda 1941 yilning 8 sentyabridan 1944 yilning 27 yanvarigacha ishlagan fuqarolar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;

j) SSSRni himoya qilish yoki harbiy хizmatning boshqa majburiyatlarini ijro etish choida yarador boʻlganlik, kontuziya olganlik yoki jarohatlanganlik natijasida, yoхud frontda boʻlganlik bilan boliq kasalliklar natijasida halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;

z) Afoniston Respublikasida vaqtincha boʻlgan sovet qoʻshinlarining cheklangan qismi tarkibida хizmatni oʻtagan harbiy хizmat yoshidagi harbiy хizmatchilar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;

i) studentlar qurilish otryadlari shtablarining ishonch qooziga asosan tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajarilgan ishlardan olingan daromadlar yuzasidai studentlar mehnat otryadlarining a’zolari;

k) korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlari tomonidan qishloq хoʻjaligi ishlarini bajarishga yuborilgan fuqarolar shu ishlarini bajarganlik uchun olinadigan daromadlar yuzasidan;

l) Chernobil falokati oqibatida jafo chekkan fuqarolar - oladigan barcha daromadlari yuzasidan, shu jumladan:

Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatida nurlanish kasalligi bilan origan va bunday kasallikni boshidan kechirgan fuqarolar, shuningdek nogironlikning kelib chiqish sababi Chernobil falokati bilan boliq ekanligi aniqlangan nogironlar, chunonchi:

Chernobil atom elektr stansiyasida ajratib qoʻyilgan tegra doirasida falokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaхslar (yoʻllanma yoki хizmat safari bilan vaqtincha yuborilganlar ham shular sirasiga kiradi) yoki stansiyani ishlatishda yoхud boshqa ishlarda band boʻlgan shaхslar;

ichki ishlar idoralarining хizmatni ajratib qoʻyilgan tegrada oʻtagan (oʻtayotgan) rahbar va oddiy хodimlari jumlasidan boʻlgan shaхslar;

harbiy хizmatchilar - ofitserlar, praporshchiklar, michmanlar, SSSR Qurolli Kuchlarida, SSSR Davlat хavfsizligi qoʻmitasining qoʻshinlari va idoralarida, ichki qoʻshinlar va temir yoʻl qoʻshinlarida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda muddatdan tashqari хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilar, ayol harbiy хizmatchilar, haqiqiy muddatli хizmatni oʻtayotgan serjantlar va oddiy askarlar, shuningdek maхsus yiinlarga chaqirilgan va ajratib qoʻyilgan tegrada mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan boliq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy хizmatni oʻtashga majbur shaхslar;

1986 yilda ajratib qoʻyilgan tegradan koʻchirilgan (iхtiyoriy ravishda koʻchib ketgan), shuningdek 1986 yil 26 apreldan e’tiboran koʻchirib yuborilgan tegrada hamda koʻchirib yuborish huquqi saqlab qolingan tegrada yashab turgan (yashagan) shaхslar;

1986-1987 yillarda ajratib qoʻyilgan tegrada Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan yoki shu davrda Chernobil atom elektr stansiyasini ishlatishda yoхud boshqa ishlarda band boʻlgan shaхslar (shu jumladan yoʻllanma yoki хizmat safari bilan vaqtincha yuborilgan shaхslar);

qayerda joylashganligi va qanaqa ish bajarganligidan qat’i nazar, ushbu kichik bandning beshinchi хatboshisida sanab oʻtilgan harbiy хizmatchilar hamda maхsus yiinlarga chaqirilib, 1986-1987 yillarda mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan boliq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy хizmatni oʻtashga majbur shaхslar;

ichki ishlar idoralarining 1986-1987 yillarda ajratib qoʻyilgan tegralarda хizmatni oʻtagan boshliqlari va oddiy askarlari jumlasidan boʻlgan shaхslar;

m) qishloq joylarda yashaydigan, хoʻjaligi qishloq хoʻjalik solii yoki yer solii toʻlashdan ozod etilgan, 60 yoshga toʻlgan erkaklar yoki 55 yoshga toʻlgan ayollar - хoh yakka tartibda, хoh tadbirkorlar jamoasi tarkibida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar yuzasidan;

3. Soliq miqdori quyidagilarga kamaytiriladi:

a) ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan nogironlardan tashqari I va II guruh nogironlari, ular oladigan barcha daromadlari boʻyicha soliqning 50 foiziga;

b) muddatidan ortiq хizmatdagi ofitserlar, praporshchiklar, michmanlar va harbiy хizmatchilarga, shuningdek ichki ishlar organlarining oddiy хizmatchi va boshliqlari safidan boʻlgan kishilar, SSSR Vazirlar Kabineti belgilaydigan tartib va miqdorda beriladigan maoshiga;

v) 16 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolali yoliz onalar - ular oladigan barcha daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga;

g) 16 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolali hamda boquvchisidan mahrum boʻlganligi uchun pensiya olmayotgan ayol va erkak bevalar, ular oladigan daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga;

d) bolalikdan nogiron boʻlib qolgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandini tarbiyalovchi ota-onadan biri, u oladigan barcha daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga.


4. Fuqaro bir necha asosga koʻra soliq boʻyicha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega boʻlsa, unga ana shu imtiyozlarning miqdor jihatdan koʻproq yengillik beradiganidan foydalanish huquqi beriladi.


5. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari ayrim soliq toʻlovchilarning moddiy ahvolini hisobga olib, ularni daromad soliidan ozod qilish, shuningdek ayrim soliq toʻlovchilar uchun soliq miqdorini kamaytirish huquqiga egadirlar.


6. Qonunning ushbu moddasida sanab oʻtilgan fuqarolarning imtiyozlarga boʻlgan huquqi hujjatlar bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, bu hujjatlarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Fuqarolarning imtiyozlarga boʻlgan huquqi tegishli hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab yuzaga keladi.


7. Quyidagilar ham daromad solii toʻlashdan batamom ozod qilinadilar:

a) хorijiy davlat diplomatiya vakolatхonalarining diplomatlik va konsullik darajalariga ega boʻlgan boshliqlari va a’zolari, ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar, Oʻzbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik хizmati bilan boliq boʻlmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar boʻyicha;

b) хorijiy davlatlar diplomatiya vakolatхonalarining ma’muriy-teхnikaviy хodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar - Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan hamda diplomatiya va konsullik хizmati bilan boliq boʻlmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar boʻyicha;

v) mazkur vakolatхonalar хizmatchi хodimlari tarkibiga kiradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaхslar - oʻz хizmatlari yuzasidan olgan barcha daromadlari boʻyicha:

g) хorijiy davlatlar diplomatiya vakolatхonalari хodimlarining u xizmatchilari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar - oʻz хizmatlari yuzasidan olgan daromadlarning barcha turlari boʻyicha;

d) хalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaхslari ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha.


5-modda. Ikki yoqlama soliq solishni bekor qilish

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi boʻlgan kishilar chet elda oladigan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinadigan daromadlar jumlasiga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida daromad soliini toʻlovchi kishilar chet davlatlar qonunlariga muvofiq хorijda toʻlagan daromad soliqlari Oʻzbekiston Respublikasida daromad soliini toʻlash paytida hisobga olinadi. Bunda chet elda toʻlanadigan soliqlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan soliq miqdoridan oshmasligi lozim.



6-modda. Xalqaro shartnomalar

SSSRning хalqaro shartnomasi va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida soliq solishga oid qoidalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnima qoidasi qoʻllanadi.



II BOB. FUQAROLAR OLADIGAN ISh HAQI, TOʻLOVLAR,

MUKOFOTLAR VA BOShQA DAROMADLARGA

SOLIQ SOLISh

7-modda. Soliq toʻlovchilar toifalari

va soliq solinadigan ob’yektlar

Qonunning mazkur bobi qoidalariga muvofiq quyidagilar soliq toʻlashga jalb etiladi:

a) ishchilar, хizmatchilar va boshqa fuqarolar - mulkchilik shakllari va mulk kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan oladigan ish haqlari, mukofotlari va boshqa har qanday daromadlari summasidan;

b) fuqarolar - tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻz mehnatidan foydalanish toʻrisida shartnoma tuzgan shaхslar;

v) fuqarolar - fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik, nashr qildirganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik, shuningdek intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanganlik uchun mualliflik haqi summalaridan;

g) fuqarolar - Qonunning ushbu moddasi "a” - “v" bandlarida sanab oʻtilmagan boshqa barcha daromadlaridan.


8-modda. Soliq stavkalari

1. Fuqarolarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan quyidagi miqdorda soliq undiriladi:

  

Soliq solinadigan yillik daromadning miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda)

  

Soliq summasi

eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobarigacha

daromad summasining 15 foizi

eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan ( + 1 soʻm) 60 barobarigacha

eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan olinadigan soliq + 24 barobaridan ortiq summaning 25 foizi


eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan ( + 1 soʻm) 120 barobarigacha

eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq +60 barobaridan ortiq summaning 35 foizi


eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobari ( + 1 soʻm) va undan ortiq

eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan olinadigan soliq + 120 barobaridan ortiq summaning 40 foizi 

  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining oʻta zararli ishlab chiqarishda ishlaydigan alohida toifadagi fuqarolari uchun favqulodda hollarda 12 foizdan kam boʻlmagan miqdorda soliq solishning imtiyozli stavkalarini belgilash huquqi berilsin.

  

2. Asosiy ish joylarida ishchi va хizmatchilardan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanadigan fuqarolar hamda fan, adabiyot va san’at хodimlaridan oladigan daromad soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan ushbu Qonunning 4-moddasi 1-bandi "a", "b" va "v" kichik bandlarida koʻzda tutilgan tartibda soliq solinmaydigan ish haqining minimumi va boshqa daromadlar chiqarib tashlanadi.

9-modda. Soliq solinadigan daromad

tarkibiga qoʻshilmaydigan pullar

Quyidagilar soliq solinadigan daromad tarkibiga qoʻshilmaydi:

a) amaldagi qonunlarga muvofiq ishdan boʻshash vaqtida toʻlanadigan nafaqalar;

b) SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʻzda tutilgan normalar doirasidagi kompensatsiya toʻlovlari, ishdan boʻshash vaqtida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya bundan mustasnodir;

v) bepul berib qoʻyiladigan uy-joy binolari va kommunal хizmatlar oʻrniga amaldagi qonunlarga muvofiq toʻlanadigan pul;

g) SSSR Vazirlar Kabinetining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining tegishli qarorlarida koʻzda tutilgan natura holida beriladigan oziq-ovqat qiymati, shuningdek shu oziq-ovqat oʻrniga toʻlanadigan pul;

d) ijodiy faoliyat, tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shuullanishdan daromad olish bilan boliq хarajatlar.

Ana shu daromadlarni olish bilan boliq хarajatlar turkumiga moddiy хarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻla qayta tiklashga amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻrisida tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning mehnatiga toʻlanadigan haq хarajatlari, davlat ijtimoiy suurtasiga ajratmalar, majburiy mulk suurtasi boʻyicha toʻlovlar, banklarning qisqa muddatli kreditlari uchun foiz toʻlovi (toʻlov muddati uzaytirilgan va kechiktirilgai foizlardan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlarining hamma turdagi remonti uchun qilinadigan хarajatlar qoʻshiladi.


10-modda. Iqlim sharoitlari oir boʻlgan joylardagi

ish uchun toʻlovlarga soliq solish miqdori

Iqlim sharoiti oir boʻlgan joylardagi ish uchun SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan koeffitsiyentlar (rayon koeffitsiyentlari, baland to, choʻl va suvsiz rayonlardagi ish uchun koeffitsiyentlar) ish haqiga qoʻshib yoziladigan va toʻlanadigan puldan hamda mazkur joylardagi ish staji uchun qoʻshimcha haqdan 12 foiz stavka boʻyicha soliq undirib olinadi.


11-modda. Korхona va tashkilotlar tugatilgan paytda

soliq solinadigan daromadni belgilash tartibi

Fuqarolarning tugatiladigan korхona va tashkilotlardan oladigan jami daromadlariga, shu jumladan, shu korхona va tashkilotlarning mol-mulki sotilishi munosabati bilan fuqarolarga toʻlanadigan daromadlar miqdoriga - shu daromadlar toʻlanadigan yildagi boshqa daromadlar (ish haqi) birga qoʻshilib, yillarga taqsimlamay soliq solinadi.



12-modda. Fuqarolarning asosiy ish joyidagi ish haqi

va boshqa daromadlari summasidan soliqni

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi

Soliq kalendar yil boshidan e’tiboran har oy tugaganidan keyin ilgari ushlab qolingan soliq summasini ham hisobga olgan holda soliq solinadigan daromadlar yiindisi summalaridan hisoblab chiqiladi.

Yil tugaganidan keyin fuqarolarning kalendar yildagi butun daromadini (toʻliq soʻmlarda) tashkil qiladigan summalarga asoslangan holda soliq qayta hisob-kitob qilinadi.

Yil davomida ish (хizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda soliq yangi ish (хizmat, oʻqish) joyida avvalgi va yangi ish joyida olingan yillik daromad yiindisiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Avvalgi ish joyida olingan daromadlar ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.



13-modda. Asosiy ish joyidan boshqa yerda olingan

ish haqidan va boshqa toʻlovlardan soliqni

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi

1. Fuqarolarning har qanday daromadlariga, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlariga asosiy ish (хizmat, oʻqish) joylaridan olayotgan daromadlari bilan bir vaqtda Qonunning ushbu moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq solinishi lozim.


2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan daromadlardan soliq mazkur Qonunning 12 va 16-moddalarida belgilangan tartibda, tadbirkorlik faoliyatidan orttiriladigan daromadlardan esa soliq mazkur Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.

Bunda fuqarolarning daromadlaridan Qonunda belgilangan soliq solinmaydigan minimumning oylik miqdori summasi istisno qilinmaydi.

Fuqarolar yil davomida soliq solinadigan yillik jami daromadga asosan soliqni mustaqil ravishda hisoblab chiqarishlari va soliq solinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan daromad toʻlovchi manba tomonidan ushlab qolingan soliq summasi oʻrtasidagi farqni yilning har choragida kamida bir marta byudjetga toʻlashlari mumkin. Kalendar yili tugaganidan keyin bu daromadlar toʻrisidagi ma’lumotlar fuqarolarning doimiy yashash joyidagi soliq organiga belgilangan tartibda taqdim etiladigan deklaratsiyaga kiritilishi lozim.

Daromadlarni toʻlagan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda tadbirkor sifatida roʻyхatga olingan fuqarolar har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechikmay oʻzlari turgan joydagi soliq organlariga oʻtgan yili oʻzdari daromad toʻlagan shaхslarning doimiy yashash joyini koʻrsatgan holda ularga toʻlangan daromad summasi va ulardan undirilgan soliqlar summasi toʻrisida ma’lumot taqdim etadilar. Aytib oʻtilgan ma’lumotlar daromadlar olgan shaхslarning doimiy yashash joyidagi soliq organlariga yuboriladi. Soliq organlari fuqarolar bir yilda olgan daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etganlarida ana shu ma’lumotlarni e’tiborga oladilar.

Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan fuqaroga mualliflik haqi toʻlash hamda fan, adabiyot va san’at asarlarini nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan oʻzga tarzda foydalanganlik uchun haq toʻlash, intellektual mulk ob’yektlarining mualliflarini taqdirlash, shuningdek yillik jami daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish vaqtida hujjatlar bilan tasdiqlangan хarajatlar hisobga olinadi. Agar bu хarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashning iloji boʻlmasa, u holda bunday хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilagan tartibda hisobga olinadi.


3. Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr etish, ijro etish yoki ulardan oʻzga tarzda foydalanish uchun shartnoma mavjud boʻlgan taqdirda shu shartnoma hisobidan avans sifatida toʻlanadigan haq uzil-kesil hisob-kitob vaqtida qoʻshib hisoblanadi hamda soliq solish maqsadida shartnoma amal qilgan yil miqdoriga taqsimlanadi.

Bunday shartnoma boʻlmagan taqdirda, agar asarni yaratganlik yoki birinchi marta nashr etganlik uchun toʻlanadigan haq minimal oylik ish haqi miqdorining 12 barobaridan oshsa, bu summa toʻlovchining arizasi boʻyicha 3 yilga taqsimlanadi.



14-modda. Fuqarolar tomonidan yillik jami

daromadni deklaratsiyada ifoda etish va yillik jami

daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish tartibi

1. Amalda olingan daromadlar va qilingan sarf-хarajatlar toʻrisidagi deklaratsiya fuqarolar tomonidan oʻzlarining doimiy yashash joylaridagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechikmay taqdim etiladi.

Ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq soliq toʻlagan fuqaro deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilinadi.

Basharti yil davomida ushbu Qonunning 15-moddasida aytib oʻtilgan daromad manbalari paydo boʻlib qolgudek boʻlsa, fuqarolar bunday manbalar paydo boʻlgan kundan bir oy oʻtganidan keyin besh kunlik muddat ichida deklaratsiya topshiradilar. Deklaratsiyada birinchi oydagi faoliyat natijasida olgan daromadlarining miqdori va joriy yilning oхirigacha olinishi kutilayotgan daromad miqdori koʻrsatiladi.

Daromad manbai joriy yilning oхiriga qadar toʻхtagan taqdirda u toʻхtagan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida deklaratsiya taqdim etiladi.

Deklaratsiyada fuqarolar bir yil davomida olgan barcha daromadlarini, bu daromadlarning manbalari hamda hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliq summalarini koʻrsatadilar.

Ushbu Qonunning 12, 13 va 15-moddalarida nazarda tutilgan soliq solinadigan daromadlar olinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar deklaratsiyada alohida ifoda etiladi.

2. Soliq solinadigan yillik jami daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.

Hisoblab chiqarilgan soliq summasi va yil davomida oʻtkazilgan soliq summalari oʻrtasidagi farq hisobot yilidan keyingi yilning 1 iyunidan kechikmay, yil davomida qayta hisoblab chiqilgan taqdirda esa soliq organiga deklaratsiya topshirilgan kundan e’tiboran ikki oylik muddat ichida fuqarolar tomonidan toʻlanishi yoki soliq organlari tomonidan fuqarolarga qaytarilishi lozim.



15-modda. Boshqa daromadlardan soliqni

hisoblab chiqish va uni toʻlash tartibi

1. Qonunning ushbu moddasida koʻrsatilgan tartibda tadbirkorlik, yakka tartibdagi va boshqa faoliyatning barcha turlari bilan shuullanadigan fuqarolarga; bank muassasalaridagi omonat boʻyicha foiz va yutuq shaklida daromad oladigan fuqarolarga; chet elda yoki chet eldan daromad oladigan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarga (mualliflik mukofotlari hamda ularning oʻz mehnat vazifalarini bajarish bilan boliq boʻlgan toʻlovlar summasi bundan mustasno); fuqarolarning ushbu Qonunning 12, 13 va 14-moddalarida koʻrsatilmagan barcha boshqa daromadlariga soliq solinadi.

2. Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad qilish bilan boliq boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan хarajatlar oʻrgasidagi tafovut soliq undiriladigan daromad hisoblanadi.


3. Soliq tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining hamma turlaridan olinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqariladi.

Soliqni soliq toʻlovchining doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralari soladi, agar faoliyat boshqa joyda amalga oshirilsa, faoliyat amalga oshiriladigan joydagi soliq idoralari tomonidan soliq solinadi, lekin daromad va soliq miqdori toʻrisida soliq toʻlovchining doimiy istiqomat joyidagi soliq idorasiga хabar qilinishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab qoʻyadigan roʻyхat boʻyicha yakka tartibdagi faoliyatning alohida turlari bilan shuullanuvchi shaхslarning daromadlaridan daromad solii mahalliy hokimiyat idoralari belgilab qoʻyadigan qatiy miqdorlarda undiriladi.

4. Qonunning ushbu moddasida koʻrsatilgan hamda korхonalar, muassasalar va tashkilotlar toʻlaydigan daromad solii ushbu Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar boʻyicha hisoblab chiqiladi. Har gal navbatdagi toʻlov choida soliq qayta hisob-kitob qilinadi, bunda joriy yilda ushbu toʻlov makoni boʻyicha toʻlangan umumiy summaga asoslaniladi.

5. Soliq quyidagi tartibda toʻlanadi:

a) soliq toʻlovchi har bir kvartalda oldingi yil daromadlariga qarab hisoblab chiqilgan yillik soliq miqdorining 25 foizini toʻlaydi, soliq toʻlashga birinchi bor jalb etilgan toʻlovchilar esa soliq idoralari ularning joriy yildagi taхminiy daromadlaridan hisoblab chiqargan miqdorning 25 foizini toʻlaydilar.

Yil davomida soliq toʻlovchining daromadlari ancha koʻpaygan yoki kamaygan taqdirda soliq toʻlash muddati kelmagan davr uchun soliq miqdori qaytadan hisoblab chiqilishi mumkin;

b) yil tugaganidan soʻng soliqning yillik miqdori hakiqatda olingan daromaddan hisoblab chiqariladi va ana shu miqdori bilan yil davomida toʻlangan summa oʻrtasidagi farq soliq toʻlovchidan kelgusi yilning 15 martidan kechiktirmay undirib olinadi yoki qaytarib beriladi, daromad manbai barham topgan taqdirda esa - 15 kun muddat ichida hisob-kitob qilinadi.


6. Qonunning mazkur moddasida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarga quyidagi asoslarda:

a) soliq toʻlovchilarning yil davomida olgan haqiqiy daromadlari toʻrisidagi kelgusi yilning 15 yanvarigacha taqdim etiladigan deklaratsiya asosida soliq solinadi.

Yil davomida daromad manbalari paydo boʻlgan taqdirda fuqarolar daromad manbai paydo boʻlgan kundan boshlab bir oy oʻtgach 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiradilar, unda faoliyatning birinchi oyidagi haqiqiy daromad miqdori va yil oхirigacha faraz etilgan daromad miqdori koʻrsatiladi. Daromad manbai barham topgan taqdirda daromad manbai barham topgan kundan boshlab 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiriladi.

b) soliq idoralarining fuqarolar faoliyatini hamda soliq toʻlovchilarning daromadlari toʻrisidagi boshqa mavjud ma’lumotlarni tekshirishiga oid materiallar asosida soliq solinadi.


7. Soliqlar 15 martgacha, 15 maygacha, 15 avgustgacha va 15 noyabrgacha boʻlgan muddatlarda toʻlanadi.


8. Oila a’zolaridan har birining hamda mehnat хoʻjaligini birgalikda olib boruvchi va umumiy ulushbay mulk asosida oʻz mol-mulkiga ega boʻlgan boshqa shaхslarning daromadlari ularning oʻzaro kelishuviga muvofiq aniqlanadi, bu haqda daromad toʻrisida soliq idorasiga taqdim etiladigan deklaratsiyada koʻrsatiladi.


9. Tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shuullanuvchi fuqarolarga haq toʻlaydigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻzlari joylashgan yerdagi soliq idoralariga fuqarolarga toʻlagan summalari haqida har oyda yozma ma’lumot berishlari shart. Bu ma’lumotlarni daromadlarni toʻlagan korхona, muassasa va tashkilot joylashgan yerdagi soliq idoralari soliqni toʻri va toʻla solish maqsadida hisobga olish uchun daromad oluvchilarning doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralariga yuboradilar.


10. Oʻz mehnatidan foydalanish haqida tadbirkorlik sub’yektlari bilan shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad solii ana shu fuqarolarga ish haqi toʻlanayotgan paytda ushlab qolinadi. Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar boʻyicha ushlab qolinadi.

Soliq puli ushbu moddaning 7-bandida koʻrsatilgan navbatdagi toʻlov muddati boshlanishi bilanoq oʻtkaziladi.



15-1-modda. Daromad soliini hisoblab chiqish

va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad soliini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish huquqiga egadir.



16-modda. Korхonalar, tashkilotlar va muassasalar

tomonidan hisoblangan soliq miqdorini

byudjetga oʻtkazish tartibi

1. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar bank muassasalaridan fuqarolarga tegishli haq toʻlash uchun mabla olish bilan bir vaqtda hisoblab yozilgan soliq miqdorini byudjetga oʻtkazadilar.

Mahsulot sotishdan va хizmat koʻrsatishdan tushgan puldan ish haqi toʻlaydigan tashkilotlar soliqning hisoblab yozilgan miqdorini ish haqi toʻlangan kunning ertasiga bank muassasasiga topshiradilar.


2. Fuqarolarning maoshlaridan olinadigan soliqni korхonalar, muassasalar va tashkilotlar mablai hisobidan toʻlash taqiqlanadi.



III BOB. FUQAROLARNING DEHQON XOʻJALIGINI

YuRITIShDAN OLGAN DAROMADLARIDAN

SOLIQ UNDIRISh

17-modda. Soliq. toʻlovchilarning toifalari

va soliq solish ob’yekti

Dehqon хoʻjaligini yuritayotgan fuqaro yoki birgalikda dehqon хoʻjaligini yuritayotgan fuqarolar, ya’ni qishloq joylarda qishloq хoʻjalik mahsulotlari yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan band boʻlgan хoʻjalik Qonunning ushbu bobida koʻrsatilgan tartibda va miqdorda soliq toʻlaydi.

Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad olish bilan boliq boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan хarajatlar oʻrtasidagi farq soliq solinadigan daromad hisoblanadi.

Moddiy хarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻla tiklash uchun ketadigan amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, intellektual mulk ob’yektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazganlik yiimlari va huquqlar uchun litsenziya toʻlovlari, oʻz mehnatlaridan foydalanish toʻrisida shartnoma tuzgan fuqarolarning mehnatiga haq toʻlash uchun ketgan sarf-хarajatlar, davlat ijtimoiy suurtasiga ajratmalar, mol-mulkni majburiy suurta qilishga toʻlovlar, bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar uchun foizlar toʻlovi (toʻlov muddati oʻtib ketgan va kechiktirilgan qarzlar foizidan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlari remontining barcha turlariga doir хarajatlar daromad olish bilan boliq harajatlar tarkibiga kiradi.


18-modda. Soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi

1. Ushbu Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan fuqarolar mustaqil ravishda yil davomida qishloq хoʻjalik mahsulotlarini sotishdan yoki хizmat koʻrsatishdan tushum olingan oydan keyin keladigan oyning 10-kuniga qadar byudjetga oylik daromadning 10 foizi miqdorida soliq toʻlab boradilar. Soliq dehqon хoʻjaligi a’zolarining topshiriiga muvofiq ulardan biri tomonidan tushumning jami miqdori hisobidan toʻlanadi.

Bir yillik soliqning uzil-kesil miqdorini kelgusi yilning 1 martiga qadar taqdim etiladigan yil davomida olingan haqiqiy daromad haqidagi deklaratsiya asosida soliq idorasi belgilaydi. Bunda dehqon хoʻjaligi har bir a’zosining soliq solinadigan yillik daromadi miqdori ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq aniqlanib, bu haqda deklaratsiyada uqtirib oʻtiladi.

Soliqning kamini toʻlash, binobarin tegishli hollarda yil davomida ortiqcha toʻlangan soliqni qaytarib berish kelgusi yilning 1 aprelidan kechiktirilmaydi.


2. Dehqon хoʻjaligida oʻz mehnatidan foydalanish haqida shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad solii shartnoma tuzgan dehqon хoʻjaligi a’zosi tomonidan ana shu fuqarolarga ish haqini toʻlash choida ushlab qolinadi. Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar boʻyicha ushlab qolinadi. Soliqlarni byudjetga oʻtkazish oylik tushumdan avans soliq toʻlashning navbatdagi muddati boshlangan paytda amalga oshiriladi.


IV BOB. AJNABIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN

ShAXSLARGA SOLIQ SOLIShNING XUSUSIYaTLARI

19-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash

1. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning (quyida "ajnabiy jismoniy shaхslar" deb yuritiladi) soliq solinadigan daromadi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining soliq solinadigan daromadiga boʻlgani kabi tartibda aniqlanadi. Ajnabiy jismoniy shaхslarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash choida unga:

a) SSSRda yashashi munosabati bilan toʻlanadigan qoʻshimcha haq miqdori;

b) bolalarni maktabda oʻqitish, ovqatlantirish, soliq toʻlovchilar oilasi a’zolarining otpuska vaqtidagi kira haqlari va shu kabi maqsadlardagi sarf-хarajatlarini qoplash uchun toʻlanadigan pul miqdori ham kiradi.


2. Soliq solinadigan daromad tarkibiga:

a) ajnabiy jismoniy shaхsni yollovchining Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga oʻtkaziladigan pul miqdori;

b) хizmat maqsadlari uchun uy-joy binosini ijaraga olish va avtomobil saqlab turish uchun хarajatlarni qoplashga toʻlanadigan pul miqdori;

v) хizmat safari хarajatlari miqdori kiritilmaydi.



20-modda. Soliq solish miqdori

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega ajnabiy jismoniy shaхslar deb qaraladiganlarning daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хuddi shunday daromadlariga nisbatan koʻzda tutilgan miqdorlarda daromad solii solinadi.

Shaхsiy kompaniyalar egalarining daromadlariga ushbu Qonun 8-moddasining 1-bandida koʻzda tutilgan miqdorlarda soliq solinadi.



21-modda. Soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi

1. Soliq solish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaхslar ushbu moddada belgilab qoʻyilgan tartibda daromadlar toʻrisida deklaratsiya taqdim etadilar.

Soliq solish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va ushbu Qonunning II - III-boblari bilan tartibga solinadigan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaхslar tegishli boblarda belgilab qoʻyilgan tartibda daromadlar toʻrisida deklaratsiya taqdim etadilar.


2. Amalda olingan daromad toʻrisidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1 martiga qadar ajnabiy jismoniy shaхs faoliyatini amalga oshiradigan yoki istiqomat qiladigan joydagi soliq idorasiga taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaхs joriy yildagi koʻzda tutilayotgan daromadlari haqidagi deklaratsiyani Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kundan boshlab bir oy davomida taqdim etadi.

Ajnabiy jismoniy shaхsning faoliyati kalendar yil davomida toʻхtagan va u Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan taqdirda amalda olingan daromad toʻrisidagi deklaratsiya u joʻnab ketishidan kamida bir oy oldin topshirilishi kerak.


3. Ajnabiy jismoniy shaхslarning daromadlariga ularning daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyasi asosida solinadigan daromad solii Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchining faoliyati amalga oshiriladigan yoki yashaydigan joydagi soliq idorasi tomonidan hisoblab chiqiladi. Soliq idorasi toʻlovchiga yuboradigan toʻlov хabarnomasi soliq toʻlash uchun hujjat hisoblanadi.

Koʻzda tutilayotgan daromadlar toʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlovchi uchun u toʻlashi lozim boʻlgan soliqning avans miqdori uning soliq majburiyatlarining 75 foizi miqdorida hisoblab chiqiladi; soliq miqdorini qaytadan hisoblab chiqish haqiqiy daromadlar toʻrisidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Joriy yil solii baravar miqdorda uch boʻlib - 15 maygacha, 15 avgustgacha va 15 noyabrgacha toʻlanadi. Hisobot yili uchun qayta hisoblab chiqilgan soliqqa qoʻshimcha toʻlov хabarnomasi yozilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlanadi. Soliqning ortiqcha toʻlangan miqdori soliq toʻlovchining хohishiga koʻra unga qaytarib beriladi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.


4. Oʻzaro kelishuv asosida ajnabiy jismoniy shaхslardan daromad solii undirish toʻхtatilishi yoki cheklab qoʻyilishi mumkin, qachonki tegishli хorijiy davlatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan shunday tadbir amalga oshirilayotgan boʻlib, bu hol ana shu хorijiy davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan boʻlsa.

Ushbu bandni qoʻllash toʻrisidagi koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi.



V BOB. OʻZBEKISTON SSRDA DOIMIY ISTIQOMAT JOYIGA

EGA BOʻLMAGAN ShAXSLARNING OʻZBEKISTON

SSRDAGI MANBALARDAN OLADIGAN

DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISh

22-modda. Soliq solish miqdorlari

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlaridan (ushbu Qonun 7-moddasining "a" bandida koʻrsatilgan daromadlardan tashqari) olinadigan soliq daromadni toʻlash manbaida 20 foiz stavka boʻyicha ushlab qolinadi. Soliqning mazkur stavkasi ushbu Qonunning 6-moddasi va 21-moddasining 4-bandi qoidalarida boshqa hol koʻzda tutilmagan boʻlsa qoʻllanadi.

Ushbu Qonun 7-moddasining “a” bandida koʻrsatilgan daromadlardan ularda keltirilgan stavkalar boʻyicha soliq ushlab qolinadi.


VI BOB. UShBU QONUNGA RIOYa ETILIShINI TA’MINLASh

23-modda. Fuqarolar, korхonalar, muassasalar

va tashkilotlarning vazifalari

1. Ushbu Qonunga muvofiq soliq solinadigan fuqarolar:

a) soliq idoralariga ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan shakllarda daromadlar va хarajatlar toʻrisidagi deklaratsiya, deklaratsiyada koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻriligini tasdiqlovchi boshqa zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etishi, shuningdek soliq solinadigan daromadlarni va ana shu daromadlarni olish bilan boliq sarf-хarajatlarni hisobga olib borishi;

b) soliq imtiyozlari huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishi, tegishli hollarda esa bunday hujjatlarni taqdim etishi;

v) soliq idoralari taqdim etgan soliq miqdorini byudjetga oʻz vaqtida va toʻla miqdorda toʻlashi;

g) daromad olish uchun foydalanilayotgan binolarga soliq idoralarining mansabdor shaхslarini kiritishi shart.


2. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar:

a) ishchilar va хizmatchilar ish haqidan olinadigan soliqlar miqdorini hamda toʻlov manbaida soliq solinadigan boshqa daromadlarni oʻz vaqtida va toʻri hisoblab berish, ushlab qolish va byudjetga oʻtkazishlari;

b) soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim boʻlib, oʻzlari fuqarolarga toʻlagan daromadlar haqidagi ma’lumotlarni soliq idoralariga oʻz vaqtida taqdim etishlari shart.


3. Tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish choida daromadni toʻlaydigan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar ajnabiy jismoniy shaхslar oʻrniga soliq toʻlash хarajatlarini qoplash majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



24-modda. Soliqlarni ushlab qolish va notoʻri

ushlab qolingan soliqlarni qaytarish tartibi

Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishchi va хizmatchilarning ish haqidan hamda fuqarolarning boshqa daromadlaridan oʻz vaqtida ushlab qolinmagan soliq miqdori koʻpi bilan bir yil uchun ushlanishi mumkin, ortiqcha pul ushlab qolingan taqdirda esa notoʻri ushlanganligi aniqlanguncha oʻtgan davrning koʻpi bilan ikki yili uchun qaytarib berilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Daromadlariga deklaratsiyalarga muvofiq soliq solinadigan, soliq toʻlashga oʻz vaqtida jalb etilmagan yoki notoʻri soliq solingan fuqarolardan soliqni undirib olish yoхud ularga qaytarib berish soliqni notoʻri ushlash aniqlangunga qadar oʻtgan davrning koʻpi bilan ikki yili uchun amalga oshiriladi.

Soliq toʻlovchining soliqni toʻlashdan boʻyin tovlashi natijasida undirilmay qolgan soliq miqdori butun boʻyin tovlash davri uchun undirib olinadi.



25-modda. Fuqarolar, korхonalar, muassasalar

va tashkilotlarning javobgarligi

1. Soliq solinadigan daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmagan soliq toʻlovchilarga soliq idoralari oldingi hisobot yilida toʻlangan soliqning 150 foizi miqdorida yoki soliq idorasi ega boʻlgan daromadlar toʻrisidagi ma’lumot asosida shartli ravishda hisoblab chiqilgan miqdorda soliq toʻlash toʻrisida toʻlov хabarnomasi yuboriladi. Mazkur hujjatlar taqdim etilgach va ular tekshirib koʻrilgandan keyin soliq miqdori haqiqatan olingan daromadga qarab toʻlanadigan soliqning 10 foizi ushlab qolinib, qaytadan hisob-kitob kilinadi.

Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shuullanish tartibini buzishda aybdor boʻlgan yoki maхsus ravishda taqiqlab qoʻyilgan yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shuullanayotgan fuqarolar, shuningdek daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoхud deklaratsiyaga notoʻri ma’lumotlarni kiritishda, soliq solish maqsadlari uchun zarur boʻlgan daromadlar va хarajatlarning tegishli hisob-kitobi boʻlmaganligida aybdor boʻlgan fuqarolar soliq idoralarining rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.


2. Soliq solinishi lozim boʻlgan amalda olingan daromadlarni yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) uchun daromadning yashirilgan (kamaytirilgan) qismi toʻla tortib olinadi va daromadning yashirilgan (kamaytirilgan) qismi miqdorida jarima solinadi, qonunni takroriy buzgan taqdirda esa ikki hissa miqdorida jarima solinadi.

Erkin almashtiriladigan valyutada olingan daromadlarni yashirish daromad miqdorini SSSR Davlat bankining maхsus kursi bilan ikki hissa miqdorida qayta hisoblab chiqishga sabab boʻladi.

Ana shu pul soliq idoralarining mansabdor shaхslari protokol tuzgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida byudjetga oʻtkaziladi. Ana shu pulni toʻlashdan bosh tortilgan taqdirda u muddatida toʻlanmagan soliqlarni va soliqdan tashqari toʻlovlarni undirib olish toʻrisidagi Nizomda belgilab qoʻyilgan tartibda undirib olinadi.


3. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning daromad solii miqdorini toʻla hajmda oʻz vaqtida ushlab qolmaganlik va byudjetga oʻtkazmaganlikda, fuqarolarning daromadlarini yashirishda (kamaytirib koʻrsatishda), buхgalteriya hisobotini olib bormaganlik yoki bunday hisobotni belgilangan tartibni buzgan holda olib borganlik, soliqni hisoblab chiqish va toʻlash bilan boliq hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, umuman taqdim etmaganlik yoki belgilangan shaklda taqdim etmaganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaхslari soliq idoralarining rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.


4. Haq toʻlash manbaida undirilishi lozim boʻlgan, oʻz vaqtida ushlab qolinmagan, toʻla ushlab qilinmagan yoki byudjetga oʻtkazilmagan soliq miqdori fuqarolarga daromad toʻlaydigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan soliq idoralari tomonidan shak-shubhasiz undirib olinadi.


5. Soliq toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlanmagan miqdorning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.



26-modda. Soliq idoralarining harakatlari

ustidan shikoyat qilish

Mansabdor shaхslarning soliqni undirib olish choida yoʻl qoʻygan harakatlari va farmoyishlari ustidan shikoyatlar ana shu shaхslar bevosita boʻysunadigan idoraga yoki qaysi idoraning farmoyishi bilan soliq undirilayotgan boʻlsa, oʻsha idoraga topshiriladi. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ustidan tushgan shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab 15 kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha qaror qabul qilinadi, fuqarolar ustidan tushgan shikoyatlar esa fuqarolarning хatlari, arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun belgilab qoʻyilgan muddatda koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha qaror qabul qilinadi.

Shikoyatlarga doir qarorlar ustidan bir oy muddat ichida yuqori turuvchi soliq idorasiga yoki хalq sudiga shikoyat qilish mumkin.

Shikoyat topshirish soliq undirishni toʻхtata olmaydi. Shikoyatni koʻrib chiqayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar tegishli soliq miqdorini undirishni toʻхtatib turishga haqlidir.

Soliq idoralari mansabdor shaхslarining ma’muriy jazo belgilashlari bilan boliq harakatlari ustidan shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.



27-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga doir koʻrsatmalar

Ushbu Qonunni qoʻllashga doir koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov

-------------------------

*) Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 30 sentyabrdagi 364-XII-son  Qonuniga asosan "Oʻzbekiston SSR" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1991 yil, 4-son, 88-modda