Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 12.04.1991 y. 96-son "Oʻzbekiston SSJ hududida mahsulot sotishdan olinadigan soliqqa oid qoʻshimcha imtiyozlar haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.04.1991 y.

N 96



OʻZBEKISTON SSJ HUDUDIDA MAHSULOT

SOTIShDAN OLINADIGAN SOLIQQA OID

QOʻShIMChA IMTIYoZLAR HAQIDA


Oʻzbekiston SSJ aholisini, ayniqsa aholi jon boshiga oʻrtacha daromadi kam boʻlgan oilalarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarishni davom etdirish maqsadida, jumhuriyatda keng avj olgan uyjoy qurilishi koʻlamlarining kattaligini hisobga olib hamda SSJI Prezidentining "Aholiga mahsulot sotishdan olinadigan soliqqa oid imtiyozlarni kengaytirish haqida" 1991 yil 5 apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 28 martdagi 72-son qarorining 1-punkti toʻldirilib, shu yil 15 apreldan boshlab aholiga quyidagi mollarni sotishdan besh foizli soliq olinmasin:


bolalar uchun mollar;


3-kategoriyadagi umumiy ovqatlanish korхonalarining mahsulotlari;


choy, tuz, gugurt;


mahalliy binokorlik materiallari;


sement;


pishiq isht, хom isht;


toshqol, keramzit va beton bloklar;


ohakli, sementli va murakkab qorishmalar;


gips, shaal, ohak, qum.


2. Oʻzbekiston SSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligi, SSJI Davlat bankining Oʻzbekiston jumhuriyat banki, Qoraqalpoiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi mazkur qarorning bajarilishini ta’minlasinlar.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov