Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.02.2016 y. PQ-2489-son "2016 yil 5 mart shanba dam olish kunini 2016 yil 7 mart dushanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.02.2016 y.

N PQ-2489



2016 YIL 5 MART ShANBA DAM OLISh KUNINI

2016 YIL 7 MART DUShANBA KUNIGA

KOʻChIRISh TOʻRISIDA


Xalqaro хotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:


2016 yil 5 mart shanba dam olish kuni 2016 yil 7 mart dushanba kuniga koʻchirilsin;


2016 yil 5 mart shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2016 yil 13 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2016 yil, 2-son, 44-modda