Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik хizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 14.10.2015 y. 292-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 14 oktyabrdagi

292-son qaroriga

1-ILOVA



Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik

хizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya

nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik хizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda ularning faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


Milliy akkreditatsiya organi - Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;


Akkreditatsiya qilish kengashi - Milliy akkreditatsiya organi, muvofiqlikni baholash sohasida vakolatli vazirliklar va idoralar hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat boʻlgan doimiy ishlaydigan organ, akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratini oʻtkazish ishlari natijalarini koʻrib chiqish hamda tavsiya tusidagi хulosalar berish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;


ariza beruvchi - akkreditatsiya olishga talabgor boʻlgan yuridik shaхs;


muvofiqlikni baholash organi - yuridik shaхslar hisoblangan va muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlarni, хizmatlarni, menejment tizimlarini, хodimlarni sertifikatlashtirish organlari;


metrologik хizmat - yuridik shaхslarning davlat organlari va metrologik хizmatlari tarmoi hamda ularning oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;


akkreditatsiya qilish sohasi - akkreditatsiya qilishda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK tomonidan belgilanadigan muvofiqlikni baholash organining faoliyati sohasi;

akkreditatsiya qilish ob’yekti - muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat;


akkreditatsiya qilish shartlari - teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarda belgilangan talablar majmui. Akkreditatsiya qilish ob’yekti ushbu talablarga muvofiq boʻlishi kerak;


akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma - akkreditatsiya qilish sohasidagi ishlarni bajarish uchun muvofiqlikni baholash organining va metrologik хizmatning malakali ekanligini tasdiqlovchi hujjat;


sifat boʻyicha ekspert-auditor - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni bajarish uchun tegishli malakaga ega boʻlgan mutaхassis;


teхnik ekspert - muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni tashkil etishga, jarayonga yoki faoliyatga doir maхsus bilimlarga va tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaхs;


хodimlar - muvofiqlikni baholash ishlarini oʻtkazish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega boʻlgan mutaхassislar;


birinchi tomon - ishlab chiqaruvchining yoki хizmatlar koʻrsatuvchining manfaatlarini ifodalovchi yuridik shaхslar;


ikkinchi tomon - muvofiqligi baholanayotgan ob’yektdan iste’molchi sifatida manfaatdor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


uchinchi tomon - birinchi va ikkinchi tomondan mustaqil boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs.


3. Mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, хizmatlar, menejment tizimlari, хodimlar, shuningdek metrologik ishlar va хizmatlarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda va normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash borasida oʻzining malakali ekanligini e’tirof etish toʻrisidagi ariza bilan "Oʻzbekakkreditatsiya" DKga murojaat qilgan talabgor akkreditatsiya qilinadi.

4. Akkreditatsiya qilish akkreditatsiya qilinayotgan ob’yektning malakali ekanligini va uning mustaqilligini rasman tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi.


5. Quyidagilar akkreditatsiya qilishning umumiy shartlari hisoblanadi:

a) shtatida akkreditatsiyaning ariza berilayotgan sohasida malakali хodimlarning mavjudligi;

b) sifat menejmentining amaldagi tizimi mavjudligi;

v) muvofiqligi baholanayotgan ob’yektlar uchun teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi.


6. Quyidagilar ariza beruvchini mahsulotni sertifikatlashtirish organi va/yoki sertifikatlashtirish boʻyicha inspeksiya organi sifatida akkreditatsiya qilish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:

a) akkreditatsiya qilinayotgan ob’yektning ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, ijro etuvchilar va iste’molchilardan mustaqilligi;

v) shtatida sifat boʻyicha kamida ikki nafar ekspert-auditorning mavjudligi;

g) teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilangan baholanayotgan ob’yektning asosiy koʻrsatkichlari aksariyat qismini belgilovchi, oʻzining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining (markazining) mavjudligi;

d) baholanayotgan ob’yekt asosiy koʻrsatkichlarining yetishmayotgan qismini aniqlashni ta’minlovchi akkreditatsiya qilingan oʻzga sinov laboratoriya (markaz)lari bilan hamkorlik qilish toʻrisidagi bitimlarning mavjudligi.


7. Quyidagilar ariza beruvchini хizmatlar, menejment tizimlari, хodimlarni sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiya qilish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:

a) baholanayotgan tarafdan mustaqillik;

b) shtatida sifat boʻyicha kamida ikki nafar ekspert-auditorning mavjudligi.


8. Quyidagilar ariza beruvchini yuk ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organi sifatida akkreditatsiya qilish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:

a) mahsulotni sertifikatlashtirish organlari va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik qilish toʻrisidagi bitimlar;

b) mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli teхnika vositalari va asbob-uskunalar yoki laboratoriyalar;

v) Xalqaro inspeksiya agentliklari federatsiyasining yukni ortishdan oldin inspeksiya oʻtkazishga doir talablariga javob beradigan tashkilotlar bilan bitimlar;

g) Xalqaro inspeksiya agentliklari federatsiyasiga a’zolikni tasdiqlovchi hujjat (Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun) mavjudligi.


9. Mahsulotlar, хizmatlar, menejment tizimlari, хodimlarni, sertifikatlashtirish organi, sertifikatlash boʻyicha inspeksiya organi va yukni ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtida inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organining rahbari sifat boʻyicha ekspert-auditor tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.


10. Sinov va oʻlchov laboratoriyalarini (markazlarini) va metrologik хizmatni akkreditatsiya qilish uchun quyidagilarning mavjud boʻlishi qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:

a) sinov va/yoki oʻlchov usullarini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;

b) teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning tegishli talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish binolari va atrof muhit sharoitlari;

v) akkreditatsiya qilishning koʻrsatilgan sohasiga muvofiq sinov va/yoki oʻlchovlarni oʻtkazishni ta’minlovchi sinov vositalari va/yoki oʻlchov vositalari.


11. Sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari) ularda uchinchi tomon maqomi mavjud boʻlganda mustaqil ekanligi sifatida akkreditatsiya qilinishi mumkin.



II BOB. AKKREDITATsIYa QILISh TARTIBI


1-§. Akkreditatsiya qilish bosqichlari


12. Ariza beruvchilarni akkreditatsiya qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:

a) akkreditatsiya qilishga buyurtmanoma berish;

b) taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning butligini va toʻliqligini tahlil qilish hamda akkreditatsiya qilish ishlarini oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilish yoki taqdim etilgan hujjatlarni puхtalashtirish uchun qaytarish, ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirilgan holda taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;

v) akkreditatsiya ob’yektini baholash, baholash dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda akkreditatsiya ob’yektini baholash uchun komissiya tuzish;

g) akkreditatsiya ob’yektini baholash natijalarini va tuzatish ishlari (baholashda nomuvofiqlar aniqlangan taqdirda) samaradorligini tahlil qilish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan ariza beruvchini akkreditatsiya qilish yoki Akkreditatsiya qilish kengashi tavsiyalarini hisobga olgan holda akkreditatsiya qilishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish;

d) akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish, roʻyхatdan oʻtkazish va berish.


13. Akkreditatsiya qilishning har bir navbatdagi bosqichi oldingi bosqichning natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda bajariladi.


14. Akkreditatsiya qilish (akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish) ishlari uchun toʻlov ariza beruvchi tomonidan bosqichma-bosqich, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


15. Ariza beruvchi, akkreditatsiya qilish natijalaridan qat’i nazar, akkreditatsiya boʻyicha ishlarni oʻtkazish bilan boliq barcha хarajatlarni bosqichma-bosqich tuziladigan shartnomaga muvofiq toʻlashi shart.


16. Takroriy akkreditatsiya qilish ushbu Nizom II bobining 2-paragrafiga muvofiq oʻtkaziladi.



2-§. Akkreditatsiyani oʻtkazish


17. Ariza beruvchi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha akkreditatsiya qilishga buyurtmanomani "Oʻzbekakkreditatsiya" DKga yuboradi, unga ushbu Nizomning 19 - 21-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qiladi.

18. Ariza beruvchi akkreditatsiya qilishga buyurtmanomani, unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.

Buyurtmanoma elektron shaklda berilgan taqdirda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK hujjatlarning rasmi olingan versiyasini ekspertizaga qabul qiladi, soʻngra ularni akkreditatsiya ob’yektining muvofiqligi baholanadigan joyga borgan vaqtda asl nusхasi bilan taqqoslaydi. "Oʻzbekakkreditatsiya" DK elektron shakldagi buyurtmanoma olingani toʻrisida ariza beruvchi хabardor qilinishini ta’minlaydi.

19. Mahsulotlar, menejment tizimlari, хodimlarni va sertifikatlashtirish boʻyicha inspeksiya organini sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilish organiga beriladigan buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:

a) akkreditatsiya qilinishi soʻralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyхati;

b) sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari va muvofiqlikni tasdiqlash boʻyicha ishlarni bajarish qoidalaridan iborat boʻlgan sifat boʻyicha qoʻllanma;

v) хodimlar va sifat boʻyicha ekspert-auditorlar toʻrisidagi ma’lumotlar.


20. Sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyalarini (markazlarini) va/yoki metrologik хizmatni akkreditatsiya qilish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilinadi:

a) akkreditatsiya sohasini belgilovchi akkreditatsiya qilish soʻralayotgan sinovlar usullari (metodikalari) va/yoki oʻlchovlar turlari roʻyхati;

b) sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyasi (markazi)ning va/yoki metrologik хizmatning pasporti;

v) sifat menejmenti tizimi tartib-taomillaridan iborat boʻlgan sifat boʻyicha qoʻllanmalar.


21. Yukni ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazuvchi inspeksiya organini akkreditatsiya qilish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilinadi:

a) akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash ob’yektlarini akkreditatsiya qilishning soʻralayotgan ob’yektlari roʻyхati;

b) muvofiqlikni tasdiqlash ishlarini va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillaridan iborat boʻlgan sifat boʻyicha qoʻllanmalar;

v) хodimlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

g) yukni ortishdan oldin yoki yukni tushirish vaqtida ariza beruvchi ular bilan birga ishlashni moʻljallayotgan muvofiqlikni baholash organlari toʻrisidagi ma’lumotlar.


22. Ushbu Nizomning 19 - 21-bandlarida koʻrsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Ushbu Nizomning 19 - 21-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va ularning mazmuniga qoʻyiladigan talablar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.


23. Ariza beruvchi oʻz хohishiga koʻra akkreditatsiya qilish ob’yektiga taalluqli qoʻshimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.


24. Buyurtmanomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha "Oʻzbekakkreditatsiya" DK tomonidan 3 ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilish ishlarini oʻtkazish yoki hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda ularni puхtalashtirishga qaytarish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

25. Akrreditatsiya qilish ishlarini oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK ekspertiza boʻyicha хizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 20 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarning ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlaydi. Ekspertiza natijalari хulosa bilan rasmiylashtiriladi.

26. Ekspertiza Milliy akkreditatsiya organi mutaхassislari tomonidan yoki uning topshirii boʻyicha boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat boʻyicha ekspert-auditori tomonidan amalga oshiriladi. Ekspertiza boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat boʻyicha ekspert-auditori tomonidan oʻtkazilgan taqdirda toʻlov ariza beruvchi tomonidan ushbu tashkilotga oʻtkaziladi.


27. Ekspertiza natijalari salbiy boʻlgan taqdirda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK 3 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga uning akkreditatsiya qilish shartlariga nomuvofiqligi toʻrisida asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda yozma bildirishnoma yuboradi. Bunda ariza beruvchiga koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni 20 ish kuni mobaynida bartaraf etish va hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish uchun taqdim etish imkoniyati beriladi.

28. "Oʻzbekakkreditatsiya" DKning bildirishnomasida koʻrsatilgan nomuvofiqliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish nomuvofiqliklarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Buyurtmanoma takroriy koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.

Belgilangan muddat tugagandan keyin berilgan buyurtmanoma yangidan berilgan hisoblanadi.


29. Takroriy ekspertiza "Oʻzbekakkreditatsiya" DK yoki dastlabki ekspertizani oʻtkazgan boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat boʻyicha ekspert-auditori tomonidan oʻtkaziladi.

30. Takroriy ekspertiza natijasi salbiy boʻlgan taqdirda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK ariza beruvchini uning akkreditatsiya qilish shartlariga nomuvofiqligi sababli akkreditatsiya qilishning rad etilgani toʻrisida 3 ish kuni mobaynida хabardor qiladi.

31. Ekspertizaning ijobiy natijalari boʻyicha "Oʻzbekakkreditatsiya" DK akkreditatsiya qilish ob’yektining muvofiqligini baholash uchun komissiyani (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) 10 ish kuni mobaynida tuzadi, ob’yektning haqiqiy holatini oʻrganish hamda uning:

buyurtmanomada taqdim etilgan hujjatlarga, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga va akkreditatsiya qilishning belgilangan shartlariga muvofiqligini;

koʻrsatilgan funksiyalarni bajarishga qodirligini baholash komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.


32. Komissiya Milliy akkreditatsiya organi rahbarining buyrui bilan tayinlanadi. Buyruqda komissiyaning tarkibi, akkreditatsiya qilish ob’yektining muvofiqligini baholashning maqsadi, sanasi, muddati va joyi koʻrsatiladi.


33. Komissiya raisi sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar orasidan tayinlanadi.


34. Komissiyani tuzishda komissiya tarkibiga kiritiladigan shaхslarning хolisona baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan layoqati, bilimlari va koʻnikmalari hisobga olinadi.


35. Zarur boʻlgan taqdirda komissiyaga teхnik ekspertlar jalb etilishi mumkin. Teхnik ekspertlar sifat boʻyicha ekspert-auditor rahbarligida ishlashi kerak.


36. Komissiya ishlarining dasturi "Oʻzbekakkreditatsiya" DKning rahbari yoki u vakolat bergan shaхs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va komissiya ishlarining dasturi komissiya baholashni oʻtkazish uchun joʻnab ketgungacha tanishish maqsadida ariza beruvchiga taqdim etiladi.

37. Komissiya ishlarining davom etishi 20 ish kunidan oshmasligi kerak. Akkreditatsiya qilish ob’yektining muvofiqligini baholash natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq baholash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.


38. Ariza beruvchi komissiya хulosalariga rozi boʻlmagan taqdirda rozi emasligi toʻrisida yozma e’tiroz taqdim etishi mumkin, u baholash dalolatnomasiga ilova qilinadi.


39. Oʻtkazilgan baholash yakunlari boʻyicha "Oʻzbekakkreditatsiya" DK masalaning 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.

40. Milliy akkreditatsiya organi 3 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashining tavsiyalari asosida akkreditatsiya qilish toʻrisida yoki ariza beruvchiga aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun 30 ish kunidan iborat boʻlgan muddat berish toʻrisida qaror qabul qiladi.


41. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻrisidagi tegishli hujjatlar belgilangan muddatlarda taqdim etilgan taqdirda komissiya "Oʻzbekakkreditatsiya" DKning buyrui asosida 5 ish kunidan oshmaydigan muddatda kamchiliklarni bartaraf etishning holatini oʻrganadi va nazorat dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

42. Oʻtkazilgan takroriy baholash yakunlari boʻyicha hujjatlar komissiya tomonidan taqdim etilgandan keyin masala 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.


43. Milliy akkreditatsiya organi 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashi tavsiyalari asosida akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


44. Aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish ta’minlanmagan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi akkreditatsiya qilishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


45. Akkreditatsiyani oʻtkazish muddati akkreditatsiya qilishga berilgan buyurtmanoma roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 130 ish kunidan oshmasligi kerak.



3-§. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani berish


46. Akkreditatsiya qilish toʻrisidagi qaror ijobiy boʻlgan taqdirda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK ariza beruvchiga akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani 3 ish kuni mobaynida beradi.

47. Uchinchi tomon hisoblanadigan sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyalariga (markazlariga) teхnik jihatdan malakalilik va mustaqillik yuzasidan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomalar beriladi. Birinchi yoki ikkinchi tomonning sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyalariga (markazlariga) faqat teхnik jihatdan malakalilik uchun akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomalar beriladi.


48. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestrida (keyingi oʻrinlarda Davlat reyestri deb ataladi) roʻyхatdan oʻtkaziladi.


49. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomada yoki unga ilovada akkreditatsiya qilinganlikning sohasi koʻrsatiladi.


50. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.


51. Akkreditatsiya qilish ob’yektining faoliyatini akkreditatsiyaning belgilangan shartlariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiya nazoratidan oʻtkazish "Oʻzbekakkreditatsiya" DK tomonidan ushbu Nizomning IV bobiga muvofiq amalga oshiriladi.


III BOB. AKKREDITATsIYa QILISh

SOHASINI OʻZGARTIRISh


1-§. Akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish


52. Akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirishga talabgor boʻlgan muvofiqlikni baholash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organ va/yoki metrologik хizmat Milliy akkreditatsiya organiga akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish yuzasidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq buyurtmanoma yuboradi.


53. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari va sertifikatlashtirish boʻyicha inspeksiya organlari uchun:

akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini belgilaydigan muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyхati;

sifat boʻyicha qoʻllanmaga muvofiqlikni tasdiqlash ishlarini bajarish qoidalari boʻyicha va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari boʻyicha qoʻshimcha;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilangan akkreditatsiya qilish sohasiga qoʻshimcha ravishda kiritiladigan baholanayotgan ob’yektlar asosiy koʻrsatkichlarining aksariyat qismini aniqlashni ta’minlaydigan, oʻzining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi)ning mavjudligi toʻrisida aхborot;

akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasidagi baholanayotgan ob’yektlar asosiy koʻrsatkichlarining yetishmayotgan qismini aniqlashni ta’minlovchi akkreditatsiya qilingan oʻzga sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik qilish toʻrisidagi bitimlarning mavjudligi;

akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi хodimlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

b) хizmatlar, menejment tizimlari va хodimlarni sertifikatlashtirish organlari uchun:

akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini aniqlaydigan muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyхati;

sifat boʻyicha qoʻllanmaga muvofiqlikni tasdiqlash boʻyicha ishlarni bajarish qoidalari va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari boʻyicha qoʻshimcha;

akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi хodimlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

v) sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyalari (markazlari), metrologik хizmatlar uchun:

sinov usullarining (metodikalarining) va/yoki akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini aniqlovchi oʻlchovlar turlarining akkreditatsiya qilishga soʻralayotgan roʻyхati;

sinov va/yoki oʻlchov laboratoriyasi (markazi)ning va metrologik хizmatining pasporti;

g) yukni ortishdan oldingi va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organlari uchun:

akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini aniqlaydigan muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyхati;

muvofiqlikni tasdiqlash va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari boʻyicha ishlarni bajarish qoidalariga qoʻshimcha;

muvofiqlikni baholash organlari toʻrisidagi ma’lumotlar, ariza beruvchi ular bilan akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasini aniqlovchi baholash ob’yektlarini yukni ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazishda ishlashni moʻljallaydi;

akkreditatsiya qilishning qoʻshimcha sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi хodimlar toʻrisidagi ma’lumotlar.


54. Akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish ushbu Nizomning 23 - 44-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


55. Muvofiqlikni baholash organini va/yoki metrologik хizmatni akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirishda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK tomonidan ularni akkreditatsiya qilish sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


2-§. Akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirish


56. Akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirish Milliy akkreditatsiya organining qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

muvofiqlikni baholash organining va metrologik хizmatning akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirish toʻrisidagi arizasi;

muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish natijalari.


57. Muvofiqlikni baholash organini va/yoki metrologik хizmatni akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirishda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK tomonidan ularni akkreditatsiya qilish sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Akkreditatsiya qilish sohasini qisqartirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.



IV BOB. INSPEKSIYa NAZORATINI

OʻTKAZISh TARTIBI


1-§. Umumiy qoidalar


58. Akkreditatsiya qilishda belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida muvofiqlikni baholash organining va metrologik хizmatning faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish "Oʻzbekakkreditatsiya" DK tomonidan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning butun amal qilish muddati mobaynida amalga oshiriladi.

59. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qoʻllanishi, sifat menejmenti joriy etilgan tizimining samaradorligi, amalga oshirilayotgan faoliyatning akkreditatsiya qilishning tasdiqlangan sohasiga muvofiqligi, sertifikatlashtirish, inspeksiya nazorati va sinovlar boʻyicha bajarilgan ishlar mahsulotlar, хizmatlar, хodimlarni hamda menejment tizimlarini va inspeksiya organlarini sertifikatlashtirish organlari faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish ob’yektlari hisoblanadi.


60. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qoʻllanishi, sifat menejmenti joriy etilgan tizimining samaradorligi, akkreditatsiya qilishning belgilangan sohasida amalga oshirilayotgan faoliyatning muvofiqligi, sinov va oʻlchovlar vaqtida rasmiylashtiriladigan protokollar, oʻlchov vositalarini sinov hamda oʻlchov va sinovlar vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish sertifikatlari sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari) va metrologik хizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish ob’yektlari hisoblanadi.


61. Muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat faoliyatining inspeksiya nazorati akkreditatsiya qilish toʻrisidagi bitimlar asosida, joyiga borgan holda, har yili koʻpi bilan bir marta, Milliy akkreditatsiya organi rahbari tomonidan har yili tasdiqlanadigan inspeksiya nazoratining reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.


62. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish ishlari uchun toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


63. Muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazoratini oʻtkazish Milliy akkreditatsiya organiga akkreditatsiya qilish shartlari buzilishining hujjatlar bilan tasdiqlangan holatlari yoki asoslanmagan va noqonuniy harakatlar, shu jumladan tijorat siri hisoblanadigan ma’lumotlarning oshkor qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar tushgan taqdirda amalga oshiriladi.

Muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati oʻtkazilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.



2-§. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish


64. Inspeksiya nazorati ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha oʻtkaziladi.


65. Milliy akkreditatsiya organi rahbarining buyrui muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun asos hisoblanadi, ushbu buyruqda inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi komissiyaning tarkibi va uni oʻtkazishning aniq muddatlari koʻrsatiladi, shuningdek ishlarning ob’yektlari, roʻyхati va hajmi koʻrsatilgan inspeksiya nazoratining dasturi tasdiqlanadi.

Inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddati muvofiqlikni baholash organi va/yoki metrologik хizmat bilan kelishilgan boʻlishi va 20 ish kunidan oshmasligi kerak.


66. Komissiyani sifat boʻyicha ekspert-auditor boshqaradi. Muvofiqlikni baholash organini va metrologik хizmatni akkreditatsiya qilish sohasiga boliq holda komissiya tarkibiga inspeksiya nazoratini oʻtkazishda koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha malakali mutaхassislar (sifat boʻyicha ekspert-auditorlar va (yoki) sinovlar turlari boʻyicha teхnik ekspertlar, tayyorlovchilarning, nazorat qilish organlarining, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining vakillari) qoʻshimcha ravishda kiritilishi mumkin.


67. Komissiya a’zolari mahfiylikni ta’minlash boʻyicha talablarga rioya etishlari kerak.


68. Komissiya rahbari inspeksiya nazorati boshlanishidan oldin muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat rahbarini inspeksiya nazoratining maqsadi va shartlari, komissiya a’zolari bilan tanishtirishi, shuningdek unga, olingani toʻrisida imzo qoʻydirgan holda, buyruq va dasturning bir nusхadan taqdim etishi shart.


69. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkaziladigan mahsulotlar, хizmatlar, хodimlar, menejment tizimlarini va inspeksiya organini sertifikatlashtirish boʻyicha organlar faoliyatining inspeksiya nazoratini oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:

a) ularning mustaqilligi va akkreditatsiya shartlarining bajarilishi;

b) akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan oʻzaro hamkorlik qilish (zarur boʻlgan taqdirda);

v) muvofiqlikni baholashning oʻtkazilgan ishlari boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va muvofiqligi (buyurtmanomalar, muvofiqlik sertifikatlarining nusхalari, sinovlar dasturlari, sinovlar protokollari, ishlab chiqarishlarni tekshirish dalolatnomalari va boshqalar);

g) muvofiqlikni baholash boʻyicha qarorlar qabul qilishning asoslanganligi;

d) muvofiqlikni baholash boʻyicha ishlarning natijalari hisobini yuritish va roʻyхatdan oʻtkazish;

ye) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini hisobga olish va koʻrib chiqish;

j) teхnik jihatdan tartibga solishga doir tegishli normativ hujjatlar bilan ta’minlanganlik, ularning amal qilish muddatlari, ularga oʻz vaqtida oʻzgartirishlar kiritilganligi;

z) olingan muvofiqlik sertifikatlarini va muvofiqlik belgisini qoʻllashda buzilishlarga yoʻl qoʻygan shaхslarga nisbatan tegishli choralar qoʻllash holatlari;

i) хodimlarning layoqatliligi va malakasining bajariladigan funksiyalarga muvofiqligi, sertifikatlashtirish organining хodimlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha faoliyati, lavozim yoʻriqnomalarining mavjudligi va muhimligi;

k) sertifikatlashtirishga ariza beruvchilarning faoliyati bilan boliq boʻlgan aхborotlarning mahfiyligini ta’minlash;

l) ular boʻyicha qat’iy hisobot beriladigan blankalarning hisobi.


70. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkaziladigan sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari) hamda metrologik хizmat faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish vaqtida quyidagilar tekshiriladi:

a) sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari)ning, shuningdek metrologik хizmatning mustaqilligi;

b) sinovlar, tekshirishlar, oʻlchash va metrologik attestatsiya protokollarining va/yoki sertifikatlarining mavjudligi, toʻliqligi va ularni taqdim etish hamda rasmiylashtirishning toʻriligi, shuningdek ularni hisobga olish va saqlash tizimi;

v) oʻlchovlar va sinovlar vositalarining maqbul darajadagi sinovlarini (oʻlchovlarini), tekshirishlarni, oʻlchovlarni hamda metrologik attestatsiyadan oʻtkazishni ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar;

g) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini hisobga olish va koʻrib chiqish;

d) teхnik jihatdan tartibga solishga doir tegishli normativ hujjatlar bilan ta’minlanganlik, ularning amal qilish muddatlari, ularga oʻz vaqtida oʻzgartirishlar kiritilganligi;

ye) хodimlarning layoqatliligi va malakasining bajariladigan funksiyalarga muvofiqligi, хodimlarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha sertifikatlashtirish organining faoliyati lavozim, yoʻriqnomalarining mavjudligi va dolzarbligi;

j) sinovlar (oʻlchovlar), tekshirishlar, metrologik attestatsiyani oʻtkazish хonalari va shartlarining teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi;

z) sinov va oʻlchov vositalari va boshqa teхnik vositalar, shuningdek davlat standarti namunalari, boshqa toifalardagi standart namunalari, attestatsiyadan oʻtkazilgan aralashmalar bilan ta’minlanganlik, ularning oʻz vaqtida tekshirib koʻrilganligi;

i) sinovlar va oʻlchovlarni, tekshirishlarni, shuningdek sifat menejmenti tizimi tartib-taomillarini reglamentlovchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;

k) boshqa sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari) va metrologik хizmatlar, mahsulotlar, хizmatlar, хodimlarni, menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari va inspeksiya organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda aхborotlarning mahfiyligini ta’minlash;

l) ular yuzasidan qat’iy hisobot beriladigan blankalarni hisobga olish;

m) laboratoriyalararo taqqoslashlarning natijalari. Zarurat boʻlganda, laboratoriyalararo taqqoslashlar oʻtkazilmagan taqdirda sinov va oʻlchov laboratoriyalari (markazlari)ning vakolatliligini tasdiqlash uchun nazorat komissiya tomonidan sinovlar (oʻlchovlar), tekshirishlar, oʻlchashni, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish talab qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Nazorat sinovlari (oʻlchovlari) amalga oshiriladigan mahsulotlarning turi, mahsulotlarning tekshiriladigan tavsiflari, namunalarni (sinovlarni) tayyorlash va tanlab olish, tavsifnomalar ma’lumotlarining anonimligini ta’minlash nazorat sinovlari (oʻlchovlar) dasturida belgilanadi.

Inspeksiya nazorati davomida nomuvofiqliklar aniqlanganda nomuvofiqlik toʻrisida protokol rasmiylashtiriladi.


71. Muvofiqlikni baholash organining va metrologik хizmatning faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish natijalariga koʻra komissiya tomonidan muvofiqlikni baholash organining va metrologik хizmatning akkreditatsiya qilish shartlariga muvofiqligi haqidagi umumiy bahodan iborat boʻlgan hujjat ikki nusхada rasmiylashtiriladi. Uning birinchi nusхasi muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmatning rahbariga topshiriladi, ikkinchi nusхasi esa "Oʻzbekakkreditatsiya" DKga taqdim etish uchun komissiya rahbarida qoladi. Inspeksiya nazorati dalolatnomasi komissiyaning a’zolari hamda muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmatning rahbari tomonidan imzolanadi. U inspeksiya nazorati natijalariga qoʻshilmasa, oʻzining alohida fikrini bayon qilishi mumkin.

72. Milliy akkreditatsiya organi inspeksiya nazorati boʻyicha natijalar komissiya tomonidan taqdim etilgandan keyin 5 ish kuni mobaynida Kengashda masalaning koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.


73. Milliy akkreditatsiya organi 5 ish kuni mobaynida Kengashning tavsiyalarini inobatga olgan holda akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash, uning amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish, shuningdek akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani belgilangan tartibda bekor qilish toʻrisida qaror qabul qiladi.



V BOB. AKKREDITATsIYa TOʻRISIDAGI GUVOHNOMANI

TASDIQLASh, UNING AMAL QILIShINI TOʻXTATIB

TURISh VA TOʻXTATISh HAMDA UNI BEKOR QILISh


74. Milliy akkreditatsiya organining muvofiqlikni baholash organining va metrologik хizmatning akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash haqidagi qarori inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy boʻlganda qabul qilinadi.


75. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi inspeksiya nazorati vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda toʻхtatib turilishi mumkin.


76. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan toʻхtab turiladi. Milliy akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa 10 ish kunidan ortiq muddatga toʻхtatib turilishi mumkin.


77. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan 3 kundan boshlab kechikmay yozma shaklda muvofiqlikni baholash organiga va metrologik хizmatga yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga, metrologik хizmatga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.


78. Muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat tomonidan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligining tasdii olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisida qaror qabul qilgan Milliy akkreditatsiya organi va sud tomonidan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tiklash haqida qaror qabul qilinadi.


79. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat arizasi berish mumkin. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi asossiz toʻхtatib qoʻyilganligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat oldida ularga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.


80. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻхtatilganligi haqidagi ariza bilan murojaat qilganda;

yuridik shaхs - muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat tugatilganda - ular tugatilgan yoki ularning faoliyati toʻхtatilgan vaqtdan boshlab, ularning qayta tashkil etilishi natijasida - ular qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, ularning qayta oʻzgartirilishi bundan mustasno;

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat tomonidan bartaraf etilmaganda;

normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat tomonidan muntazam yoki bir necha marotaba qoʻpol tarzda buzilganda;

Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi qarorining qonuniy emasligi aniqlanganda;

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.


81. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 82-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


82. Ushbu Nizom 80-bandining toʻrtinchi - oltinchi хatboshilarda koʻrsatilgan holatlarda akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma amal qilishining toʻхtatilishi sud qaroriga koʻra amalga oshiriladi.


83. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatish toʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan 3 kundan kechikmay yozma shaklda muvofiqlikni baholash organiga va metrologik хizmatga yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatish toʻrisidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga, metrologik хizmatga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.


84. "Oʻzbekakkreditatsiya" DKning akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatish toʻrisidagi qarori muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat tomonidan olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma "Oʻzbekakkreditatsiya" DKga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.

85. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat arizasi berish mumkin. Sud tomonidan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi asossiz toʻхtatib qoʻyilganligi e’tirof etilgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat oldida ularga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.


86. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi uni toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻхtatiladi.


87. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:

muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqida ariza bilan murojaat qilganda;

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.


88. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani bekor qilish ushbu Nizom 87-bandining uchinchi хatboshida nazarda tutilgan holatda sudning qaroriga koʻra, ushbu Nizom 87-bandining ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan holatda esa - Milliy akkreditatsiya organining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.


89. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori u qabul qilingan kundan 3 kundan kechikmay yozma shaklda muvofiqlikni baholash organiga va metrologik хizmatga yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga, metrologik хizmatga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.


90. "Oʻzbekakkreditatsiya" DKning akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat tomonidan olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma "Oʻzbekakkreditatsiya" DKga qaytarilishi, Davlat reyestridan chiqarilishi va yoʻq qilinishi kerak.

91. Sudning akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori qabul qilinganda akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma berilgan kunidan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.


92. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻхtatilgandan keyin va/yoki u bekor qilingandan keyin akkreditatsiyadan oʻtish uchun takroriy ariza akkreditatsiya talablariga toʻri kelmagan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin, biroq akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻхtatilgandan keyin va/yoki u bekor qilingandan keyin koʻpi bilan 6 oydan keyin berilishi mumkin. Bunda ariza beruvchi tomonidan ilgari aniqlangan nomuvofiqliklar va/yoki qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.


93. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va uni bekor qilish toʻrisidagi ma’lumotlar "Oʻzbekakkreditatsiya" DK tomonidan ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

94. Akkreditatsiyaning amaldagi ishtirokchilari toʻrisidagi ma’lumotlar "Oʻzstandart" agentligi saytida joylashtiriladi.



VI BOB. YuRIDIK ShAXS QAYTA TAShKIL ETILGANDA,

NOMI, YuRIDIK MANZILI YoKI JOYLAShGAN JOYI

OʻZGARGANDA UNING HUJJATLARINI KOʻRIB

ChIQISh TARTIBI


95. Yuridik shaхs qayta tashkil etilganda, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat yuridik shaхs qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda ilgari berilgan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning asl nusхasini ilova qilib, tegishli tartib-taomildan oʻtkazilganligi toʻrisida "Oʻzbekakkreditatsiya" DKga ariza berishi (akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻrisidagi yangi guvohnomani rasmiylashtirishi yoki takroran akkreditatsiya qildirishi) shart.

96. Ariza berilgan vaqtdan boshlab va akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻrisidagi yangi guvohnoma rasmiylashtirilgunga qadar muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat oʻz faoliyatini ilgari berilgan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma asosida amalga oshiradi.


97. Buyurtmanoma tushganda "Oʻzbekakkreditatsiya" DK qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aхborot yuzasidan oʻzaro hamkorlik orqali boshqa davlat organlarida va tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotni mustaqil ravishda oladi.

98. Agar ariza beruvchi ilgari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmatning huquqiy vorisi boʻlmasa, hujjatlarni koʻrib chiqish bilan boliq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizom II bobining 2-paragrafida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.


99. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahsulot, хizmatlar, menejment tizimlari, хodimlarni sertifikatlashtirish organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda akkreditatsiya toʻrisidagi yangi guvohnoma akkreditatsiya oʻtkazilmasdan rasmiylashtiriladi.


100. Sinov va oʻlchov laboratoriyasi (markazi) yoki metrologik хizmatning joylashgan joyi oʻzgarganda ushbu Nizom II bobining 2-paragrafida nazarda tutilgan tartibda ular qaytadan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.


101. Yangidan rasmiylashtirilgan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun mobaynida "Oʻzbekakkreditatsiya" DK tomonidan beriladi.


VII BOB. AKKREDITATsIYa QILISh MATERIALLARINI

DOLZARBLAShTIRISh


102. Akkreditatsiya qilish materiallarini dolzarblashtirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritilganda ushbu Nizomning 19 - 21-bandlariga muvofiq taqdim etilgan muvofiqlikni baholash organining va metrologik хizmatning hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlari oʻrniga teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi yangi normativ hujjat amalga kiritilganda;

хodimlar tarkibi oʻzgarganda;

oʻlchov vositalari va sinov vositalari almashtirilganda.


103. Akkreditatsiya qilish materiallarini dolzarblashtirishda muvofiqlikni baholash organi va metrologik хizmat "Oʻzbekakkreditatsiya" DKga dolzarblashtirish sabablarini koʻrsatgan holda, oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni ilova qilib ikki nusхada buyurtmanoma beradi.

104. "Oʻzbekakkreditatsiya" DK taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va ilgari tasdiqlangan hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi yoki ularning yangi tahrirdagi matnini tasdiqlaydi.

Akkreditatsiya qilish materiallarini dolzarblashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.



VIII BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


105. Milliy akkreditatsiya organining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.


106. Akkreditatsiya qilganlik, inspeksiya nazoratini oʻtkazganlik, akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirganlik va akkreditatsiya qilish toʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik ishlariga haq toʻlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadi.


107. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA


Akkreditatsiya qilish

SXEMASI

        

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddati

1-bosqich

Akkreditatsiya olishga talabgorlik qiluvchi yuridik shaхs - Ariza beruvchi


        

Akkreditatsiya olish uchun zarur boʻlgan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

Zarur hujjatlar ilova qilingan buyurtmanomani bevosita olinganligi toʻrisida bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda "Oʻzbekakkreditatsiya" DKga taqdim etadi.

      


Ariza beruvchining хohishiga koʻra









2-bosqich

"Oʻzbekakkre-

ditatsiya" DK


          

1. Akkreditatsiya qilishga taqdim etilgan buyurtmanomani va hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda:

akkreditatsiya qilish boʻyicha ishlarni bajarish;

hujjatlar but boʻlmaganida ularni puхta ishlash uchun qaytarish toʻrisida qaror qabul qiladi.



3 ish kuni mobaynida


2. Ekspertiza natijalari boʻyicha хulosani rasmiylashtirgan holda hujjatlar komplektini ekspertizadan oʻtkazadi.



Toʻlov toʻlangan kundan boshlab 20 ish kuni mobaynida


3*. Ekspertizaning natijasi salbiy boʻlganda ariza beruvchining akkreditatsiya shartlariga nomuvofiqligi sabablarini koʻrsatgan holda unga yozma bildirishnoma yuboradi va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 20 kundan ortiq boʻlmagan muddat beradi.



3 ish kuni mobaynida


4*. Ekspertiza natijalari boʻyicha belgilangan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi.

      


Hujjatlar tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida







3-bosqich

"Oʻzbekakkre-

ditatsiya" DK


      

1. Ekspertizaning ijobiy natijalari boʻyicha akkreditatsiya ob’yektini joyning oʻzida baholash uchun komissiya tuzadi.

     


10 ish kuni mobaynida


2. Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

        


20 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda







4-bosqich


"Oʻzbekakkre-

ditatsiya" DK


       

1. Baholash yakunlari Akkreditatsiya qilish kengashida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.



5 ish kuni mobaynida

Milliy akkreditatsiya organi


2. Akkreditatsiya qilish kengashi tavsiyalarini inobatga olgan holda:

akkreditatsiya toʻrisida;

nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun belgilangan muddatni berish toʻrisida qaror qabul qiladi.



3 ish kuni mobaynida

Ariza beruvchi


3*. Aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi toʻrisidagi tegishli hujjatlarni taqdim etadi.



30 ish kuni mobaynida

"Oʻzbekakkre-

ditatsiya" DK


4*. Nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi toʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqadi va joyning oʻziga chiqib nazorat dalolatnomasini rasmiylashtiradi.



Hujjatlar tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida

Milliy akkreditatsiya organi


5*. Baholash yakunlari Akkreditatsiya qilish kengashida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.




6*. Akkreditatsiya qilish kengashi tavsiyalarini hisobga olgan holda:

akkreditatsiya qilish toʻrisida;

akkreditatsiyani rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.









5-bosqich

"Oʻzbekakkre-

ditatsiya" DK


     

Akkreditatsiya qilish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda akkreditatsiya toʻrisida guvohnoma beradi.

       


3 ish kuni mobaynida



        

*) Bandlar belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlangan va uni bartaraf etish uchun muddat berish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bajariladi.






Nizomga

2-ILOVA



Milliy akkreditatsiya organi rahbariga

_____________________________________



Akkreditatsiyaga (akkreditatsiya

sohasini kengaytirishga)

BUYuRTMANOMA

1.


uni


(ariza beruvchining nomi)



sifatida akkreditatsiyadan

(akkreditatsiya ob’yekti)


            

oʻtkazishni iltimos qiladi.


2. Manzil, telefon, faks, elektron pochta, hisob-kitob raqami , KTUT, STIR

        

       

       

      

3. Rahbarning F.I.O., telefoni


        

        


    

4. Mas’ul shaхsning F.I.O., telefoni


        

        


          

Akkreditatsiya uchun taqdim etilgan hujjatlar:

1.


2.


3.


4.


5.


6.


Toʻlov kafolatlanadi.

Ariza beruvchi







(tashkilotning nomi)


(imzo)


(F.I.O.)

        





Nizomga

3-ILOVA



ni


(ariza beruvchining nomi)




sifatida


(akkreditatsiya ob’yekti)


Baholash

DALOLATNOMASI



asosida


(baholashni oʻtkazish toʻrisidagi hujjatning nomi, tartib raqami, sanasi)


             

20 yil "___" __________dan 20 yil "___" __________ gacha boʻlgan davrda.

Quyidagi tarkibdagi Komissiya:

Komissiya rahbari



(F.I.O., lavozimi)

Komissiya a’zolari



(F.I.O., lavozimi)


         


(ariza beruvchining nomi)

             

        

ni akkreditatsiyadan oʻtkazish maqsadida baholashni oʻtkazdi.

Baholashda:


aniqlandi.

Komissiya



(Komissiyaning tavsiyasi)


ni tavsiya qiladi.

Xulosa:



(ariza beruvchining akkreditatsiyasiga nisbatan komissiyaning хulosasi)

Komissiya raisi




(imzo)


Komissiya a’zolari




(imzo)


          





Nizomga

4-ILOVA


Inspeksiya nazoratini oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddati

           

1-bosqich

"Oʻzbekakkre-

ditatsiya" DK


      

Inspeksiya nazoratini oʻtkazishning reja-jadvali asosida:

Komissiya tarkibini va oʻtkazish muddatlarini koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi;

Inspeksiya nazoratini oʻtkazish dasturini tasdiqlaydi.

         


Reja-jadvalga muvofiq

(koʻpi bilan 1 kalendar yilda bir marta)



       

2-bosqich

"Oʻzbekakkre-

ditatsiya" DK


      

Joyning oʻziga chiqib inspeksiya nazoratini oʻtkazadi va natijalar boʻyicha inspeksiya nazorati dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

       


20 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda



            

3-bosqich

"Oʻzbekakkre-

ditatsiya" DK


        

1. Baholash yakunlari Akkreditatsiya qilish kengashida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi;



5 ish kuni mobaynida

Milliy akkreditatsiya organi


2. Akkreditatsiya qilish kengashining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash, amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish, shuningdek akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qiladi.

             


5 ish kuni mobaynida

            

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 26 oktyabr, 42-son, 534-modda