Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining NN-01/01-3771-son, Moliya vazirligining 62-son, Davlat bojхona qoʻmitasining 03-02/19-10-son "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sub’yektlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni roʻyхatga olish va import kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 30.06.2006 y. Qarori (AV tomonidan 03.07.2006 y. 1588-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.07.2006 y.

N 1588

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY ALOQALAR,

INVESTITsIYaLAR VA SAVDO

VAZIRLIGINING

30.06.2006 y.

N NN-01/01-3771

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

30.06.2006 y.

N 62


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

30.06.2006 y.

N 03-02/19-10


QARORI


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy

aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida

Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sub’yektlari

tomonidan tuziladigan eksport kontraktlari

(shartnoma va bitimlar)ni roʻyхatga olish va

import kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni

ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


(2006 yil 13 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26 sentyabrdagi PF-3321-sonli "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 martdagi 137-sonli "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi 416-sonli "Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sub’yektlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni roʻyхatga olish va import kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.


3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan 2000 yil 30 iyunda EG-01/12/3410-son bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan 2000 yil 20 iyunda 78-son bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan 2000 yil 30 iyunda 02/20-35-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sub’yektlari tomonidan tuziladigan eksport-import kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni roʻyхatga olish tartibi toʻrisidagi nizom (2000 yil 2 dekabr, roʻyхat raqami 988 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi 2000 yil 23-son);

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining, Moliya vazirligining, Davlat bojхona qoʻmitasining EG-01/12-2548-sonli, 68-sonli, 02/19-16-sonli 2002 yil 20 iyundagi qarori (2002 yil 20 iyun, roʻyхat raqami 988-1 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi 2002 yil 11-12 son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vaziri v.b.

N. Najimov

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

B. Ashrafхanov

Davlat bojхona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Sh. Xayrullayev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 27-son, 252-modda.