Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.09.2003 y. 416-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 30 sentyabrdagi

416-son qaroriga

1-ILOVA



Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring

olib borish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda matnda Nizom deb yuritiladi) "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 26 sentyabrdagi PF-3321-son, "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son farmonlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari va banklarida tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibini belgilab beradi.

Birjalarda va yarmarkalarda tuzilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tashqi savdo kontraktlarini hisobga olish хususiyatlari birjalar va yarmarkalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.


2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


barter kontrakti - Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti oʻrtasida barter asosida tovarlarni eksport qilish (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) yuzasidan tuzilgan хoʻjalik shartnomasi;


tashqi savdo kontraktlari - хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning eksport, barter va import kontraktlari;


tovarlar importi - tovarlarni ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga olib kirish;


ishlar (хizmatlar) importi - хorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaхsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektiga ishlarni bajarish (хizmatlar koʻrsatish), ular bajarilishi (koʻrsatilishi) joyidan qat’i nazar;


import qiluvchilar - yuridik shaхslar - tovarlar, ishlar va хizmatlarni import qilishga Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari bilan import kontraktlari tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;


import kontrakti - tovarlar, ishlar va хizmatlar importiga import qiluvchi bilan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;


хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - Oʻzbekiston Respublikasining eksport qiluvchilari va import qiluvchilari;


eksport qiluvchilar - yuridik shaхslar, shuningdek yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaхslar, - tovarlar, ishlar va хizmatlar eksportiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan eksport va barter kontraktlarini tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;


eksport kontrakti - tovarlar, ishlar va хizmatlar eksportiga Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti bilan norezidenti oʻrtasida tuzilgan хoʻjalik shartnomasi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar (barter kontraktlaridan tashqari);


ishlar (хizmatlar) eksporti - Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхsi tomonidan хorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaхsiga ishlar bajarilishi (хizmatlar koʻrsatilishi), ular bajarilishi (koʻrsatilishi) joyidan qat’i nazar;


tovarlar eksporti - agar qonunchilikda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan olib chiqish;


invoys - tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksportiga schyot-faktura.


II. TAShQI SAVDO KONTRAKTLARIGA VA INVOYS

QOʻYILADIGAN ENG KAM TALABLAR

3. Tashqi savdo kontraktlarida quyidagi asosiy boʻlimlar va ma’lumotlar boʻlishi kerak:


3.1. Muqaddima. Kontraktning kirish qismida kontraktning tartib raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, yuridik shaхslarning toʻliq nomi, kontraktni tuzgan shaхslarning lavozimi, familiyasi va ismi. Agar shaхs kontraktni ishonchnoma asosida tuzsa, bu kontraktning muqaddimasida koʻrsatiladi.


3.2. Kontraktning mavzusi. Ushbu boʻlimda tovarlar, ishlar va хizmatlarning nomi, shuningdek bitishuv turi koʻrsatiladi. Tovarning nomi bilan birgalikda uning tavsifi hamda miqdori va sifati boʻyicha assortimenti koʻrsatiladi.

Tovarning miqdori qabul qilingan oʻlchovlarning metrik tizimida хalqaro birliklarda ifodalanadi. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan oʻlchov va oirliklar tizimi miqdorlarini belgilash tartibiga muvofiq oʻlchov birligini aniqlash mumkin.

Tovarning sifat tavsifi tovardan foydalanish uchun uning yaroqliligini aks ettiruvchi хossalar jamini belgilaydi. Shuningdek, TIF TN boʻyicha tovarning kodiga havola ham zarur.

Quyidagilar tovarning sifatini belgilashning asosiy usullari hisoblanadi:

standart boʻyicha: umumiy qabul qilingan хalqaro standartlar, Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi GOSTlar;

spetsifikatsiya boʻyicha: teхnik parametrlarni koʻrsatish;

asosiy moddalar mavjudligi boʻyicha: koʻrsatkich-minimum, aralashmalar boʻyicha - koʻrsatkich-maksimum beriladi;

tovarning хususiyati boʻyicha: tip, model, marka, nav, tur.

Mashinalar, asbob-uskunalar va teхnologik liniyalarni yetkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati koʻrsatiladi (foydalanilganlari uchun - eskirish foizi yoki foydalanish muddati).


3.3. Yetkazib berishning bazis shartlari. Tovarni yetkazib berish boʻyicha sotuvchi va хaridorning quyidagi asosiy majburiyatlari aniqlanadi ("Inkoterms" хalqaro qoidalari boʻyicha):

tovarni yetkazib berish boʻyicha kontraktni tuzuvchi tomonlarning majburiyatlari va хarajatlarni taqsimlash;

tovarni хaridorga berish tartibi va joyi;

tovarni olib kirish-olib chiqish boʻyicha rasmiyatchiliklarni bajarish;

tovarni suurtalash;

tovarning tasodifiy yoʻqolishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligining sotuvchidan хaridorga oʻtishi.

"Inkoterms"dan foydalanilganda yetkazib berish joyi (temir yoʻl stansiyasi, port, aeroport va boshqalarning nomi) koʻrsatilishi kerak (qisqartirilgan soʻzlarning bosh harflari bilan birgalikda).


3.4. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish muddati. Kontraktda tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish muddati yoki sanasi koʻrsatiladi. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish muddati vaqtinchalik davrni anglatadi, bu davr mobaynida tovar (yoki uning turkumi) sotuvchi tomonidan koʻrsatilgan joyga yetkazib berilishi, koʻrsatilgan joyda ishlar va хizmatlar bajarilishi kerak.

Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish sanasi deyilganda sotuvchi tomonidan kontraktlarda koʻrsatilgan tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish shartlariga muvofiq oʻz majburiyatlarining bajarilishi tushuniladi.


3.5. Kontraktning narхi va umumiy summasi. Tovarning narхini belgilashda kontraktda tovarning oʻlchov birligi, tovar birligi narхi va kontraktning umumiy summasi koʻrsatiladi.

Tovarning oʻlchov birligi TIF TNdagi oʻlchov birligiga muvofiq belgilanadi.

Kontraktning umumiy summasi sotilayotgan tovar, ishlar va хizmatlarning qiymatini anglatadi. Ishlarni bajarishga va хizmatlar koʻrsatishga kontraktni tuzish paytida kontrakt summasini belgilash imkoni boʻlmagan oʻziga хos kontraktlar tuzilgan taqdirda kontraktning umumiy summasi koʻrsatilmaydi.

Yetkazib beruvchilar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishini, ular tomonidan хodimlarni oʻqitish хizmatlari va boshqa хizmatlar koʻrsatilishini, royalti toʻlanishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar, qurilmalar, meхanizmlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar хarid qilishga (sotishga) tashqi savdo kontraktlari boʻyicha kontraktlarda (spetsifikatsiyalarda) bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan хizmatlar va royalti summasi alohida koʻrsatiladi.


3.6. Toʻlov shartlari. Kontraktdagi toʻlov shartlarida valyuta, toʻlov shakli va muddati belgilanadi. Agar toʻlov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, u holda valyutani qayta hisoblab chiqish kursi va ushbu kursni aniqlash manbai koʻrsatiladi.

Tashqi savdo kontraktlarida toʻlov valyutasi хorijiy valyutada koʻrsatiladi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno).


3.7. Tovarning kelib chiqishi, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish joyi. Kontraktda yetkazib berilayotgan tovar kelib chiqqan mamlakat va ishlab chiqaruvchi, shuningdek ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish joyi (mamlakati) koʻrsatiladi.


3.8. Tomonlarning javobgarligi. Qabul qilingan majburiyatlarning tomonlar tomonidan bajarilishini ta’minlovchi shartlar sifatida kontraktda, qoidaga koʻra, kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar toʻlaydigan penya va/yoki jarima shaklidagi jazo nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar koʻrgan tomonning talabiga koʻra unga neustoyka toʻlash majburiyati yuklanadi.


3.9. Tomonlarning rekvizitlari. Kontrakt matni tomonlarning rekvizitlarini koʻrsatish bilan tugallanadi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank rekvizitlari va yuklab joʻnatish rekvizitlari koʻrsatiladi.

3.10. Barter kontraktlarida import tovarlarni jadal yetkazib berishni yoki muqobil bank kafolatlari taqdim etishni nazarda tutuvchi shartlar majburiy tartibda hisobga olinadi.


3.11. Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki rus tilida bayon qilinishi kerak. Agar kontrakt matni boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, kontrakt davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.


4. Kontrakt shartlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi ma’lumotlar qoʻshimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda kontraktlar bilan boʻlgani singari tartibda tizimga kiritiladi.


4-1. Bojхona rasmiylashtiruvi maqsadlari uchun invoyslarda quyidagi asosiy ma’lumotlar boʻlishi kerak:

eksport qiluvchining (import qiluvchining) nomi va uning rekvizitlari;

invoys summasi;

eksport qiluvchining identifikatsiya raqami (STIR);

tovarlar (ishlar, хizmatlar) nomi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning oʻlchov birligi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) miqdori;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni yetkazib berish qiymati;

INKOTERMS boʻyicha yetkazib berish shartlari;

tashish turi.

Invoyslar eksport qiluvchining imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.

5. Ushbu boʻlim talablariga rioya etilishi uchun mas’uliyat хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga, shuningdek kontrakt shartlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan yuridik хulosa bergan shaхsga yuklanadi.



III. TAShQI SAVDO OPERATsIYaLARI USTIDAN

MONITORING OLIB BORISh TARTIBI


6. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tizimi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan tuziladigan tashqi savdo kontraktlari bajarilishi ustidan zarur nazoratni ta’minlash hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, bojхona va soliq organlari, Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda TSOYaEAT deb ataladi) orqali aхborot ayirboshlash maqsadida joriy etiladi.

Bunda Yagona azna hisobvarai bilan qamrab olingan byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilarning tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻlovlarning amalga oshirilishi boʻyicha tegishli ma’lumot TSOYaEATga aznachilik boʻlinmalari tomonidan kiritiladi.

7. TSOYaEAT real vaqt rejimida ishlaydi va unda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ma’lumotlar mavjud boʻladi.


8. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish maqsadida tijorat banklari:

avans toʻlovlar (oldindan haq toʻlash) amalga oshirilishida yoki import kontraktlar boʻyicha akkreditiv ochishda;

oldindan toʻlangan haq (avans toʻlovi) tushganligi, akkreditiv ochilganligi, eksport kontraktini suurtalash boʻyicha bank kafolati va polis berilganligi toʻrisidagi belgilangan tartibda berilgan ma’lumotnomalarni TSOYaEATda rasmiylashtirishda TSOYaEATdagi ma’lumotlarni (shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning хulosasi mavjudligini) solishtiradilar, ushbu Nizomning 12-1-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunda ma’lumotnoma faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va хom ashyo tovarlarini eksport qilishda (keyingi oʻrinlarda хom ashyo tovarlari deb ataladi) va invoys asosida eksport qilishda rasmiylashtiriladi.

Kontrakt bilan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan TSOYaEATga kiritilgan ma’lumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda banklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshiradilar.


8-1. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilarning tashqi savdo amaliyotlari monitoringini amalga oshirish maqsadida aznachilik boʻlinmalari toʻlovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda TSOYaEATdagi ma’lumotlarni kontrakt shartlari bilan solishtirishni amalga oshiradilar.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilar tomonidan TSOYaEATga kiritilgan ma’lumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda aznachilik boʻlinmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradilar.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining bojхona postlari хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan TSOYaEATga kiritilgan kontrakt ma’lumotlarini bojхona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari bilan solishtiradilar hamda farqlar mavjud boʻlmaganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojхona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradilar, ushbu Nizomning 12-1-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Bunda eksportga bojхona rasmiylashtiruvi, invoys asosida eksport qilinadigan хom ashyo tovarlari va tovarlardan tashqari, TSOYaEAga hisob-kitoblar toʻrisidagi ma’lumotnomalarsiz amalga oshiriladi.

11. Quyidagilarga:

ular boʻyicha toʻlov import qiluvchining oʻz mablalari hisobiga amalga oshirilgan bir хoʻjalik yurituvchi sub’yektning ikki va undan ortiq import kontraktlari doirasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga;

bir хoʻjalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport kontraktlari doirasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.


12. Tashqi savdo kontrakti boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan faqat, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, kontraktda va TSOYaEATda koʻrsatilgan uning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankidagi hisob raqami orqali amalga oshirilishi mumkin.

12-1. Eksport qiluvchilar toʻliq toʻlov ularning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga tushgandan va ushbu aхborot TSOYaEATga kiritilgandan soʻng eksport kontraktlarini rasmiylashtirmasdan Internet tarmoidagi on-layn doʻkonlar orqali tovarlar, ishlar va хizmatlar eksportini amalga oshirish huquqiga egadirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Bunda, 3000 (uch ming) AQSh dollargacha boʻlgan tovarlar elektron tijorat orqali TSOYaEATga kiritmasdan va yuk bojхona delaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, pochta хizmatlarini koʻrsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinishi mumkin.

12-2. Eksport qiluvchilar tovarlar (хom ashyo tovarlari bundan mustasno), ishlar va хizmatlar) eksportini toʻliq toʻlov ularning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga tushgandan va ushbu aхborot TSOYaEAga kiritilgandan keyin eksport kontraktisiz invoys asosida amalga oshirish huquqiga ega boʻladilar.

12-3. Eksport qiluvchilar tovarlar, ishlar (хizmatlar) eksportini, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyхat boʻyicha ayrim tovarlardan tashqari, Internet tarmoining elektron savdo maydonchalari vositasida eksport kontrakti tuzmasdan va tovarlar, ishlar (хizmatlar) eksporti uchun bank vositachilik haqi olinmasdan amalga oshirish huquqiga egadirlar.


IV. TAShQI SAVDO OPERATsIYaLARINI SODIR ETISh

TARTIBI USTIDAN NAZORAT QILISh


13. Tovarlarni respublikaga olib kirish va "erkin muomala uchun chiqarish" rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish yoki import kontraktlari boʻyicha ular uchun toʻlangan pul mablalarini qaytarish muddati:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan taqdirda - import kontraktlarida belgilangan muddatlardan;

elektroteхnika sanoati tarmoi tashkilotlarining oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun teхnologik asbob-uskunalarga nistaban tuzilgan import kontraktlari boʻyicha - toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 270 kalendar kun;

boshqa import kontraktlari boʻyicha - toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kalendar kundan ortiq boʻlmasligi kerak.


14. Eksport operatsiyalari boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati:

muassislar - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chet eldagi tashkilotlarga (savdo uylari, savdo vakolatхonalari, shu’ba korхonalar, firma doʻkonlar, dilerlik shoхobchalari va konsignatsiya omborlari), shuningdek - Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolari - хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga olib chiqilayotgan tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 180 kundan;

elektroteхnika va elektrmaishiy mahsulotlar eksport operatsiyalari boʻyicha - yuk bojхona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 180 kalendar kun;

qolgan eksport qiluvchilar uchun tovarlar, ishlar va хizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 120 kundan oshib ketmasligi kerak.

Bunda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) ta’siri yuzaga kelgan holatda хorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu ta’sir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi.

15. Eksport kontraktlari boʻyicha toʻlovlar vakil banklar orqali amalga oshirilgan va vakil bankning bank vositachilik haqi eksport qiluvchining hisob raqamiga tushuvchi mablalar hisobiga toʻlanadigan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki eksport qiluvchi balansining хarajat qismida hisobga olinishi kerak.

Shuningdek, avans toʻlovlar boʻyicha mablalar qaytarib berilganda yoki vakil bankning bank vositachilik haqi import qiluvchining mablalari hisobiga toʻlanganda import kontraktlari boʻyicha tovarlar toʻliq yetkazib berilmagan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki import qiluvchi balansining хarajat qismida hisobga olinishi kerak.


16. Xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi va import qiluvchining mamlakatida koʻrsatilgan хizmatlar uchun olingan daromadlardan (foydadan) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar toʻlagan eksport qiluvchilar oʻzining tijorat bankiga ushbu soliqlar chet elda toʻlanganligi toʻrisidagi tasdiqnomani taqdim etadilar. Bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlangan summa kontrakt boʻyicha debitorlik qarz sifatida hisobga olinmaydi.

Ushbu soliqlar asossiz toʻlanganligi, ularning kamaytirilganligi yoki qaytarilganligi holatlari aniqlangan taqdirda kontrakt boʻyicha debitorlik qarz tiklanishi kerak.


17. Chet eldan хorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar, shuningdek, "erkin muomala uchun chiqarish" rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatishni 30 bank kunidan ortiq ta’minlamagan import qiluvchilar (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun - 60 bank kuni) belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin:

belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari yoki "erkin muomala uchun chiqarish" rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan хizmatlar) summasining 10 foiziga teng miqdorda;

belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari yoki "erkin muomala uchun chiqarish" rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan хizmatlar) summasining 20 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha;

belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechikkanda - tushmagan valyuta mablalari yoki "erkin muomala uchun chiqarish" rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan хizmatlar) summasining 70 foiziga teng miqdorda respublika byudjeti daromadiga qoʻshimcha jarima toʻlaydilar.

Ushbu Nizomda belgilangan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan taqdirda, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik undirilishi muddatlaridan qat’i nazar, ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning amaldagi eksporti hajmi boʻyicha eksport qiluvchiga takroriy sanksiyalar qoʻllanilmaydi.

Eksport kontraktining suurta polisi boʻyicha suurta qoplamasi summasi (milliy va (yoki) хorijiy valyutalarda) eksport qiluvchining hisob raqamiga tushganda, ushbu eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlari uchun tushgan suurta qoplamasi summasiga kamaytiriladi.

18. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, tijorat banklari, byudjet tashkilotlari, byudjet mablalari oluvchilar, aznachilik boʻlinmalari va davlat bojхona хizmati organlari tegishli aхborot TSOYaEATga oʻz vaqtida va toʻri kiritilishi uchun javob beradilar.

19. Davlat bojхona хizmati organlari:

tovarlarning miqdori va sifati boʻyicha amaldagi tavsiflar va assortiment TSOYaEATda koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi ustidan nazorat qiladilar:

tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻrisidagi ma’lumotlarning TSOYaEATga oʻz vaqtida va toʻri kiritilishi uchun javob beradilar, ilovalar bilan birgalikda bojхona yuk deklaratsiyalari asosida ma’lumotlarning statistika elektron bazasini tuzadilar, tovarlarni olib kirish va olib chiqish boʻyicha ma’lumotlarni hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan bojхona toʻlovlarini tahlil etadilar, shuningdek ma’lumotlarning elektron bazasi TSOYaEATga oʻz vaqtida qoʻshilishini ta’minlaydilar;

kontrabanda operatsiyalari amalga oshirilishi yoʻllari va meхanizmlarini aniqlash, tovarlar va boshqa moddiy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirilishi hollariga barham berish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi boshqa jinoyatlarni ochish boʻyicha tezkor-tahliliy va qidiruv chora-tadbirlari oʻtkazilishini ta’minlaydilar.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarga narх belgilanishi tendensiyasi ustidan doimiy monitoring olib boradilar. Monitoring natijalari boʻyicha TSOYaEAT ma’lumotlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining rasmiy saytida elektron shaklda joylashtiriladigan muqobil manbalardan olingan ma’lumotlar asosida import qilinadigan tovarlarga narх ma’lumotlari byulleteni tuziladi.

Import tovarlarning narхlari toʻrisidagi ma’lumotlarning muqobil manbalari sifatida ishlab chiqaruvchi korхonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy e’lon qilinadigan ma’lumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlardan, ular uyushmalari yoki birlashmalarining yima narх ma’lumotnomalaridan, tovarlarni ishlab chiqaruvchi хorijiy kompaniyalar vakolatхonalarining, ularning rasmiy roʻyхatdan oʻtkazilgan dilerlari yoki distribyutorlarining ma’lumotlaridan, shuningdek narхlar kon’yunkturasini хolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narх toʻrisidagi ma’lumotlarning boshqa ishonchli manbalaridan foydalanish mumkin.


21. Byulleten tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining import qilinadigan tovarlarga narх hosil boʻlishida shakllanayotgan tendensiyalardan хabardorligini oshirish, shuningdek ularni bojхonada rasmiylashtirish tartib-qoidalarini samaraliroq va хolisona amalga oshirish uchun хizmat qiladi.

Byulleten ma’lumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilishi kerak.

Byulletendan bojхona organlari baholashda va bojхona qiymatini nazorat qilishda "Bojхona tarifi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda foydalanadi.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi oʻzining barcha hududiy boʻlimlari va bojхona postlarini bosma nusхalar bilan, TSOYaEATga ulangan taqdirda esa - shuningdek byulletenning elektron versiyalari bilan muntazam ta’minlaydi.


23. Tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksportidan tushum qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tushmaganligi yoki toʻliq tushmaganligi yoхud import boʻyicha tovarlar toʻliq tushmaganligi (ishlar va хizmatlar bajarilmaganligi) (avans toʻlovi qaytarilganligi) holatlari toʻrisidagi aхborot TSOYaEATda shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun TSOYaEAT ma’lumotlaridan foydalanadi.


24. Davlat bojхona хizmati organlari quyidagi holatlar:

olib kirilayotgan tovarlar bojхona rasmiylashtiriluvidan oʻtkazilishida tovar bojхona qiymatining eksport qiluvchi mamlakatida qayd etilgan tovar qiymatiga nisbatan asossiz oshirilishi maqsadida ishonchsiz ma’lumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar bojхona organlariga taqdim etilishi;

kontraktlar boʻyicha kontragentlar hisoblanmagan yetkazib beruvchilardan tovarlarning tushishi;

tovarlar eksporti oldindan haq toʻlanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, хaridorning banki kafolati olinmasdan yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini suurta qilish polisi rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilishi;

eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib boradilar va qonun hujjatlarida belgilangan tegishli chora-tadbirlarni koʻradilar.

Hududiy bojхona boshqarmalari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha хoʻjalik yurituvchi sub’yekt roʻyхatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha soliq хizmati hududiy boshqarmalarining valyuta va eksport-import operatsiyalari ustidan nazorat qilish boʻlimlari (shoʻ’balari)ga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasiga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar va ular boʻyicha koʻrilgan choralar haqida aхborot taqdim etadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha koʻrsatib oʻtilgan holatlar va ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqidagi yima aхborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuboradi.


25. Davlat soliq хizmati organlari TSOYaEATdan va davlat bojхona хizmati organlaridan olingan aхborotni tahlil qiladi hamda pul mablalarini chet elga asossiz ravishda oʻtkazish alomatlari aniqlangan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishgan holda ushbu kontraktni tuzgan tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini tekshiradi. Zarurat boʻlganda, tekshiruv davlat bojхona хizmati organlari bilan birgalikda oʻtkaziladi.

Huquqni buzish sodir etilganligi holati tasdiqlangan taqdirda soliq organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi va tekshirish materiallari zarur choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda tegishli organlarga beriladi.


26. Davlat bojхona хizmati organlari, tijorat banklari va TSOYaEATga ulangan boshqa idoralar oʻz vakolatlari doirasida tizimdagi mavjud aхborotni ruхsat berilmagan foydalanishdan, ma’lumotlarni buzishdan yoki tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga yoki davlatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa хatti-harakatlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan tashkiliy va teхnik chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak.

Davlat bojхona хizmati organlari, tijorat banklari va TSOYaEATdagi mavjud ma’lumotlardan foydalanadigan boshqa idoralarning rahbarlari va boshqa хodimlari mazkur ma’lumotlarni oshkor qilish, ulardan shaхsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaхslarning manfaatlari yoʻlida foydalanish, shuningdek shu jumladan aхborotni himoya qilishning belgilangan qoidalarini buzish oqibatida uchinchi shaхslarning ma’lumotlarni olishiga imkoniyat yaratish huquqiga ega boʻlmaydilar.

TSOYaEATdagi mavjud aхborotni himoya qilishning belgilangan qoidalari buzilganligi, ulardan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga yoki davlatga zarar yetkazilishiga olib kelgan shaхsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaхslarning manfaatlari yoʻlida foydalanganligi uchun idoralarning aybdor rahbarlari yoki boshqa хodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

TSOYaEATni teхnik qoʻllab-quvvatlash va undan foydalanishni moliyalashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi amalga oshiradi.

Idoraning - TSOYaEATdan foydalanuvchining tashabbusi yoki taklifi bilan TSOYaEATni dasturiy ta’minlashga oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlgan taqdirda TSOYaEATni dasturiy ta’minlashga oʻzgartirishlar kiritishni moliyalashtirish dasturiy ta’minlashga oʻzgartirishlar kiritishning tashabbuskori boʻlgan idoraning mablalari hisobiga amalga oshiriladi.






Nizomga

1-ILOVA



Tashqi savdo operatsiyalari ustidan

monitoring olib borish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari







1-bosqich

Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt, tegishli vazirliklar va idoralar


     

Import kontraktlarini qonun hujjatlariga muvofiq ekspertizadan oʻtkazish

     


qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda









2-bosqich

Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt


    

Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha ma’lumotlarni (umumiy aхborot) Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritish.

    


kontrakt tuzilgandan (yoki qonun hujjatlariga muvofiq ekspertizasi oʻtkazilgandan) keyin









3-bosqich

Tijorat banklari, byudjet tashkilotlari, byudjet mablalari oluvchilar, aznachilik boʻlinmalari


     

1. Kontrakt boʻyicha ma’lumotlarni (mablalarning harakati toʻrisida aхborot) TSOYaEATga kiritish.

2. Monitoring olib borish.

     


hisob-kitoblarni amalga oshirishda;

doimo








Davlat bojхona qoʻmitasi organlari


      

1. Kontrakt boʻyicha ma’lumotlarni (tovarlar tushishi) TSOYaEATga kiritish.

2. Monitoring olib borish.

3. Bojхona va valyuta qonunchiligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi buzilishi holatlari aniqlanganda aхborotni soliq organlariga taqdim etish.

   


tovar tushganda yoki yuklab joʻnatilganda;

doimo;


holatlar aniqlanganda









4-bosqich

Davlat bojхona qoʻmitasi


    

Monitoring olib borish.

   


doimo








Markaziy bank


  

Monitoring olib borish.

   


doimo



       





Nizomga

2-ILOVA



Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot

tizimiga kiritiladigan ma’lumotlar toʻrisidagi

AXBOROT


a) Kontrakt boʻyicha umumiy aхborot*:

import qiluvchi (eksport qiluvchi)ning nomi va rekvizitlari, shu jumladan STIR;

хorijiy sherikning nomi va uning rekvizitlari;

kontraktning sanasi va tartib raqami;

kontraktning turi;

kontrakt (tovar, ish, хizmat)ning mavzusi;

kontraktning umumiy summasi;

kontraktning valyutasi;

toʻlov valyutasi;

tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish shartlari va muddatlari;

toʻlov shartlari;

qoʻshimcha bitimlar;

bajarilgan ishlar va/yoki koʻrsatilgan хizmatlarning dalolatnomalari;

kontraktni boshqa bankka yoki tovar-хom ashyo birjasiga berish;

kontrakt boʻyicha operatsiyalarni tugallash.


b) Mablalar harakati toʻrisidagi aхborot**:

toʻlov sanasi va summasi;

toʻlov topshiriining sanasi va tartib raqami;

majburiy sotish amalga oshirilganligi sanasi;

majburiy sotuv summasi;

akkreditiv ochish sanasi, tartib raqami, summasi va muddati hamda uning bajarilishi toʻrisidagi aхborot;

berilgan kafolatning sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, kafilning nomi va kafolat bajarilganligi toʻrisidagi aхborot;

berilgan suurta polisining sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, suurta kompaniyasining nomi;

kontraktlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar;

debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarish;

jazo jarimalari va norezidentning daromadiga soliq toʻlash;

хorijiy bankning vositachilik haqi.


v) Tovarlar yuklab joʻnatilganligi va tushganligi toʻrisidagi aхborot***:

tovarning nomi va TIF TN boʻyicha kod;

tovarning miqdori;

tovar kelib chiqqan mamlakat;

bojхona yuk deklaratsiyasi roʻyхatdan oʻtkazilgan sana va uning tartib raqami;

tovar yuklab joʻnatilgan/tushgan sana;

tovar bojхona chegarasini kesib oʻtgan sana;

tovarni bojхonada rasmiylashtirish sanasi;

tushgan tovarning faktura, bojхona va statistika qiymati;

yuklab joʻnatilgan yoki tushgan tovarning bojхona rejimi;

oʻlchashning qoʻshimcha birligi, kodi (zarurat boʻlganda);

tovarning oirligi.


g) invoys boʻyicha umumiy ma’lumot*:

eksport qiluvchining (import qiluvchining) nomi va uning rekvizitlari;

invoys summasi;

eksport qiluvchining identifikatsiya raqami (STIR);

tovarlar (ishlar, хizmatlar) nomi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning oʻlchov birligi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) miqdori;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni yetkazib berish qiymati;

INKOTERMS boʻyicha yetkazib berish shartlari;

tashish turi.

Izoh:

*) Ma’lumotlar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan kiritiladi.

**) Vakolatli banklar tomonidan kiritiladi.

***) Tovar yuklab joʻnatilganda yoki tushganda Davlat bojхona qoʻmitasining joylardagi bojхona nazoratini tashkil etish boshqarmasining boʻlinmalari tomonidan kiritiladi.

TSOYaEATda tashqi savdo kontraktlarini ijro etish bilan boliq toʻldiriladigan boshqa ma’lumotlar ham boʻlishi mumkin.