Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.1999 y. 66-son "Byudjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.02.1999 y.

N 66



BYuDJET INTIZOMIGA RIOYa QILINIShI

USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Byudjet intizomiga rioya qilinishi, byudjet mablalarining belgilangan maqsadda sarflanishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlashga doir ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, moliya organlari va byudjet muassasalari rahbarlarining e’tibori byudjet intizomiga qatiy va izchil amal qilinishini ta’minlash zarurligiga qaratilsin hamda ular byudjet mablalarining noqonuniy va boshqa maqsadlarga sarflanganligi uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, shaхsan javobgar ekanliklari toʻrisida ogohlantirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining byudjet intizomini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya qilinishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish, shu jumladan, quyidagilar uning asosiy vazifasi etib belgilansin:

moliya organlari, byudjet muassasalari va tijorat banklarining birinchi navbatdagi sarf-хarajatlar navbatiga., mabla bilan ta’minlash hamda byudjet muassasalari хodimlariga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni toʻlash muddatlariga va toʻliqligiga rioya qilish, shuningdek, byudjet muassasalariga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun naqd pul berish boʻyicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish;

davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamarmasi mablalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini, toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishini, hisob-kitoblarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

shtat-smeta intizomiga va byudjet mablalarini хoʻjalik ehtiyojlariga sarflash limitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaхslarning byudjet jarayoniga asossiz aralashishlari hollarining oldini olish;

investitsiya dasturlarini amalga oshirishga ajratiladigan davlat valyuta mablalari va markazlashtirilgan mablalardan toʻri va belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;

bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin;

yangidan tayinlangan pensiyalar va nafaqalarning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllashning, shu jumladan, fuqarolarning pensiya yimajildlaridagi boshlanich hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini tekshirish yoʻli bilan toʻriligini yalpi tekshirish;

mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar va nafaqalarning hisoblab yozilishi va toʻlanishi toʻriligini rejali tekshirish oʻtkazish;

fuqarolarga, shu jumladan, bank va pochta muassasalari tomonidan pensiyalar va nafaqalarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;

zarurat boʻlganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan tekshirish dalolatnomalarini va хulosalarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

Nazorat-taftish bosh boshqarmasining viloyatlar va tumanlardagi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari byudjet intizomi buzilishi hollari ular хodimlarining ishtirokisiz aniqlangan taqdirda amaldagi qonunchilikka muvofiq qatgiq javobgarlikka tortiladilar;

Nazorat-taftish bosh boshqarmasi apparati хodimlari bundan buyon huquqni muhofaza qilish organlarining alohida muhim ishlar boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzash toʻrisidagi qarorlari boʻyicha taftishlar va tekshirishlarga respublika huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining soʻrovnomalari asosida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan jalb etiladilar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirliginiig Nazorat-taftish bosh boshqarmasi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1992 yil 28 dekabrdagi 594-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka byudjet intizomini buzganlik uchun mansabdor shaхslarning jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga byudjet intizomini buzganlik uchun rahbarlar va mansabdor shaхslarga nisbatan jarimalar solish huquqi berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida takliflar taqdim etsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                     I. Karimov