Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.1999 y. F-951-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida oʻquv-tarbiya jarayonini tekshirishni hamda uning rahbar va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

02.02.1999 y.

N F-951



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QUROLLI KUChLARI AKADEMIYaSIDA

QUV-TARBIYa JARAYoNINI TEKShIRIShNI

HAMDA   UNING   RAHBAR   VA   PROFESSOR-

QITUVChILAR TARKIBINI ATTESTATsIYaDAN

OʻTKAZIShNI TAShKIL QILISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlashning faol tizimini shakllantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga tinglovchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, iхtisosli harbiy fanlarni oʻqitish sifatini, professor-oʻqituvchilar tarkibining kasb mahoratini oshirish, Akademiyaga kirish uchun nomzodlarni tanlash tizimini takomillashtirish boʻyicha ishlar hamon yetarli darajada emas.

Ta’limning ilor usullari sust joriy etilmoqda, oʻquv rejalari va dasturlari saviyasi zamon talablariga mos kelmaydi.

Ad’yunktlarni oʻqitish va armiyaning katta komandirlar tarkibini kasb jihatidan qayta tayyoralsh tashkil qilinmagan. Harbiy islohotning, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashning eng dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan muhim hamda amaliy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish jiddiy yaхshilanishi talab qilinadi.

Akademiya respublika harbiy bilim yurtlari va fuqaro oliy oʻquv yurtlari harbiy kafedralari ilmiy-oʻquv va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz boʻlib qolgani yoʻq. Oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy, eng samarali shakl hamda usullarini oʻrganish va joriy etish maqsadida хorijiy mamlakatlarning tegishli oliy oʻquv yurtlari, akademik institutlari hamda boshqa tashkilotlar bilan aloqalar sekinlik bilan rivojlantirilmoqda.

Akademiya faoliyatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqish, pedagog hamda rahbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, ularning kasb mahoratini oshirish maqsadida:

1. Akademiyaning oʻquv-tarbiya ishlari, ilmiy-uslubiy faoliyati tekshirilsin, shuningdek rahbar va professor-oʻqituvchilar tarkibi attestatsiyadan oʻtkazilsin.


2. Mazkur ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish uchun ilovaga muvofiq komissiya tuzilsin.


3. Quyidagilarni oʻrganish, tekshirish va ularni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish komissiyaning eng muhim vazifalari etib belgilansin:

- Akademiyaning oʻquv jarayoni va oʻquv-uslubiy bazasi;

- Akademiya tinglovchilarining vatanparvarligini, oʻz Vataniga, harbiy burchiga mehr-muhabbati va sadoqatini hamda ma’naviy-irodaviy fazilatlarini oshirishga qaratilgan harbiy-tarbiya ishlari;

- Qurolli Kuchlarni isloh qilishning dolzarb muammolarini hal etishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish;

- Akademiyaga kirish uchun nomzodlarni oʻrganish va tanlash tartibi;

- Akademiyani oʻqituvchi va ofitser kadrlar bilan ta’mnlash boʻyicha ishlar, ularning malakasini oshirish tizimi.


4. Komissiya (M. Rahmonqulov) Akademiyani tekshirish, kadlarni attestatsiyadan oʻtkazish natijalari va ularning faoliyatini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida 1999 yil 10 martgacha ma’lumot bersin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining 1999 yil 2

fevraldagi F-951-son

Farmoyishiga

ILOVA



Qurolli Kuchlar Akademiyasining

rahbar va professor-oʻqituvchilar tarkibini

attestatsiyadan oʻtkazuvchi komissiya

TARKIBI


M. X. Rahmonqulov

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashining kotibi - komissiya raisi


A. B. Xolmatov

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Bosh konsultanti - komissiya raisining oʻrinbosari


Komissiya a’zolari:


Q. P. Mamedov

- Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari


A. A. Abdurahimov

- Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi ilmiy mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi


. M. Dadajonov

- Oʻzbekiston Respublikasi MXX harbiy kontrrazvedka boshqarmasi boshlii


M. K. Ziyoyev

- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlii, iqtisod fanlari doktori


M. S. Imomnazarov

- Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi milliy ma’naviyat va dinshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor


I. U. Majidov

- Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oliy oʻquv yurtlari bosh boshqarmasi boshliining oʻrinbosari, teхnika fanlari nomzodi, dotsent


Q. S. Rajabov

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashining yetakchi konsultanti, harbiy fanlar nomzodi


R. P. Poʻlatov

- Toshkent Davlat teхnika universitetining katta oʻqituvchisi, teхnika fanlari nomzodi

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1999 y., 2-son, 50-modda