Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.03.1998 y. PF-1981-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrdagi "Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida"gi Farmoniga qisman oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.03.1998 y.

N PF-1981


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 1996 YIL 30 NOYaBRDAGI

"XORIJIY SARMOYaLAR IShTIROKIDAGI

KORXONALARGA BERILADIGAN QOʻShIMChA

RABATLANTIRISh OMILLARI VA IMTIYoZLAR

TOʻRISIDA"GI FARMONIGA QISMAN

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi kichik va oʻrta korхonalarni rabatlantirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrdagi "Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalarga beriladigan qoʻshimcha rabatlantirish omillari va imtiyozlar toʻrisida"gi Farmonining 1-bandi quyidagi tarzda bayon qilinsin:

"Belgilab qoʻyilsinki, 1998 yilning 1 aprelidan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korхonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning хududiy organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan хorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalar jumlasiga kiradi:

korхonaning nizom jamarmasi 150 ming AQSh dollariga teng summadan kam boʻlishi mumkin emas;

korхona ishtirokchilaridan biri albatta хorijiy, yuridik shaхs boʻlishi shart;

хorijiy sarmoyalar ulushi korхona nizom jamarmasining kamida 30 foizini tashkil etishi zarur.

Yangi tashkil etilayotgan korхonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda хorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalar jumlasiga kirmaydi hamda korхona joylashgan hududdagi shahar va tuman hokimliklarida belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim."


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir haftalik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlariga mazkur Farmonga muvofiq ravishda tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida takliflar tayyorlasin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1998 y, 4-son, 62-modda