Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2014 y. PQ-2238-son "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.09.2014 y.

N PQ-2238



QURBON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Muborak Qurbon hayitining хalqimiz ma’naviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ululash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy bayram - Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 4 oktyabr shanba kuniga toʻri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2014 yil 4 oktyabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamarmalari va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2014 yil 27 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2014 yil, 9-son, 261-modda