Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.12.2007 y. PQ-745-son "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.12.2007 y.

N PQ-745



QURBON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Muborak Qurbon hayitining хalqimiz ma’naviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy bayram - Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:


1. 2007 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 19 dekabrga toʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini inobatga olib, 2007 yil 19 dekabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamarmalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov