Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.2007 y. PQ-707-son "Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.10.2007 y.

N PQ-707



RAMAZON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Muborak Ramazon hayitining хalqimiz ma’naviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Roʻza hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish toʻrisida"gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:


1. 2007 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 oktyabrga toʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini inobatga olib, 2007 yil 13 oktyabr mamlakatimizda Ramazon bayramining birinchi kuni sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamarmalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2007 y., 10-son, 498-modda