Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.11.2004 y. 528-son "Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.11.2004 y.

N 528




RAMAZON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Muborak Ramazon hayiti azaldan yurtimizda shodu хurramlik, mehr-muruvvat kunlari boʻlib kelayotganligini, ushbu ayyomda keksalarga alohida hurmat-ehtirom, kam ta’minlangan oilalar, yetimlar, nogironlarga amхoʻrlik va yordam koʻrsatish хayrli an’ana ekanligini, bu sananing хalqimiz ma’naviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Roʻza hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish toʻrisida" 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2004 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 14 noyabrga toʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining qarori e’tirof etilsin hamda ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov