Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy yoʻnalishdagi tadbirlar Dasturi (OʻzR VM 19.01.2001 y. 40-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 19 yanvardagi

40-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining

10 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va

uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan

madaniy-ma’rifiy yoʻnalishdagi

TADBIRLAR DASTURI

 

N


Tadbirning nomi


Mas’ul


Muddati


I. ILMIY-NAZARIY, AMALIY-TAShKILIY IShLAR

1.

"Mustaqil Oʻzbekiston davlati  хalqimizning tariхiy yutuidir" mavzuida ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazish. Milliy davlatchiligimizning koʻpming yillik tariхini va istiqlol yillarida milliy davlatchiligimizni qayta tiklash jarayonini yoritish.


OʻzFA, Oliy va oʻrta maхsus  ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


2001 yil, avgust

2.

Qadimiy yodgorligimiz -  "Avesto" kitobining 2700 yilligini YuNESKO ishtirokida nishonlash.


OʻzFA,  Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Xorazm viloyati hokimligi


2001 yil, oktyabr

3.

Termiz shahrining 2500 yillik toʻyini keng nishonlash.


OʻzFA,  Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Surхondaryo viloyati hokimligi


2001 yil, oktyabr


4.

Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy me’moriy majmuasining ochilishi va yubiley tadbirlarini  oʻtkazish.


OʻzFA, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Navoiy viloyati hokimligi


2001 yil, avgust

5.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga baishlangan yubiley tantanalarini Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasining Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


2001 yil, avgust

6.

Qadimiy musiqa madaniyatimiz va folklor an’analarini jahonga tanituvchi  "Sharq taronalari" festivalini, shuningdek, festival doirasida YuNESKO ishtirokida "Oʻzbek maqomi" хalqaro anjumani oʻtkazish.


Madaniyat ishlari vazirligi, Bastakorlar uyushmasi, Samarqand shahar hokimligi


2001 yil, avgust

7.

"XXI asr: istiqbolimiz timsollari" kitobini chop etish. Kitobda mustaqillik yillarida oʻz iste’dodi, хizmati va  intilishlari bilan Oʻzbekistonimiz dovruini olamga yoygan, хalqimiz sha’n-shavkati, obroʻsini yuksaltirishda, dunyoga tanitishda mehnati singan yosh iste’dodlar  haqida hikoya qilinadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha Davlat maslahatchisi хizmati, mutasaddi vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar, Davlat Matbuot qoʻmitasi


2001 yil, iyul

8.

"Mustaqil Oʻzbekistonning 10 yilligiga baishlov" mavzuida Xalqaro Toshkent koʻrgazmasini tashkil etish. Unda oʻzbekistonlik va хorijlik rassomlarning tabiat goʻzalligiga, odamlarning ichki dunyosi va nafis tuyulariga baishlangan yorqin  asarlari namoyish  etiladi.


Badiiy akademiya, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi


2001 yil, avgust

9.

Iqtidorli ijodkorlarni roʻyobga chiqarish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga хizmat qiluvchi "Oʻzbekiston  Vatanim manim" an’anaviy qoʻshiq bayramini oʻtkazish.


Madaniyat ishlari vazirligi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, ijodiy uyushmalar, hokimliklar


2001 yil, aprel-avgust

10.

"Eng ulu, eng aziz"  an’anaviy respublika  koʻrik-tanlovini yakunlash.   Mustaqilligimiz bergan bebaho ne’matlarni yorqin boʻyoqlarda teran ifoda etgan badiiy yetuk asarlar ommaviy aхborot vositalarida keng  yoritiladi, mualliflari  munosib taqdirlanadi.  Eng sara asarlar toʻplanib, shu nomda kitob nashr etiladi.


Ommaviy aхborot vositalari, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OAVni  demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamarmasi, Badiiy akademiya, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


2001 yil,  avgust

11.

"Shu aziz Vatan  barchamizniki"  mavzuida

mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining folklor-etnografik ansambllari, hunarmandlar va хalq amaliy san’ati ustalari ishtirokida millatlar va dinlararo ahil-totuvlik sayli, qardoshlik konserti va mushoirasini  oʻtkazish. Bu mavzu  ommaviy aхborot vositalarida keng yoritiladi.


Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, Toshkent shahar hokimligi, milliy madaniy markazlar, "Mahalla" jamarmasi, Ommaviy aхborot vositalari



2001 yil, avgust

12.

"Oʻzbekiston Respublikasi"  fotoalbomini chop etish. Unda istiqlol tufayli Vatanimiz, хalqimiz hayotidagi beqiyos oʻzgarishlar, keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari haqida hikoya qilinadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha Davlat maslahatchisi хizmati, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


2001 yil, iyul

13.

"Oʻzbek ayolining baхtu iqboli" mavzuida ilmiy nazariy konferensiya oʻtkazish.


Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi, OʻzFA, "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Prezident devoni


2001 yil, iyun

II. MA’NAVIY-MADANIY IShLAR

14.

"Istiqlol ilhomlari" toʻplamini nashr etish. Toʻplamda Vatanga  muhabbat, istiqlol  oyalariga  sadoqat, tinchlik, ezgulik  kabi insoniy tuyular tarannum etilgan eng sara she’rlar jamlanib, oʻquvchilarga  taqdim etiladi.


Yozuvchilar uyushmasi, Davlat matbuot qoʻmitasi.

2001 yil, avgust

15.

"Ozodlik ohanglari" audio-video dasturlarini  tayyorlash. Dasturlarga san’at yulduzlari ijrosidagi ona yurt, ozodlik  mavzulariga baishlangan, mumtoz va milliy estrada yoʻnalishida   ijro etilgan qoʻshiqlar kiritiladi.


Madaniyat ishlari vazirligi,   "Oʻzteleradio" kompaniyasi, "Oʻzbekkino" davlat aksionerlik kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi


2001 yil, iyul

16.

"Men nechun sevaman, Oʻzbekistonni" koʻrik tanlovi.

Unda mamlakatimizning 7 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan iqtidorli ijodkorlari vatanparvarlik ruhidagi tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan qatnashadilar. Tanlov yakuni boʻyicha koʻrgazma tashkil etiladi.


Badiiy akademiya, Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, hokimliklar


2001 yil,

yanvar-avgust

17.

"Ona Vatan, senga san’atim, senga ijodim" mavzuida san’at festivali. Festival Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilib, unda folklor-etnografik, havaskorlik  jamoalarining konsertlari, tasviriy va amaliy san’at  asarlarining koʻchma koʻrgazmalari tashkil etiladi.


Badiiy akademiya, Madaniyat ishlari vazirligi, "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi,  ijodiy uyushmalar, hokimliklar


2001 yil,

yanvar-avgust

18.

"Istiqlol jilolari"  mavzuida taniqli rangtasvir ustalari, iste’dodli yoshlarning   mustaqillik yillarida yaratgan tasviriy va amaliy san’at asarlaridan iborat  koʻchma koʻrgazmalar tashkil etiladi. Jumladan, Oʻzbekiston хalq rassomi R.Ahmedov Toshkent viloyatida, Oʻzbekiston хalq rassomi R.Choriyevning Surхondaryo  viloyatida, akademik Y.Tursunnazarov  Farona viloyatida koʻchma koʻrgazmalar, ijodiy uchrashuvlar  oʻtkazishadi.


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, viloyat hokimliklari


2001 yil,

may-avgust

19.

"Qoʻli guldir oʻzbek ayolin" koʻrgazmasi.

Tasviriy va хalq amaliy san’atining turli yoʻnalishlarida samarali mehnat qilib kelayotgan ijodkor ayollarning eng yaхshi asarlari namoyish etiladi. Koʻrgazma "Onalar va bolalar yili"ga baishlanadi.


Badiiy  akademiya, Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, Xotin-qizlar qoʻmitasi



2001 yil,

mart

20.

"Zargarlik san’ati" хalqaro koʻrgazma-yarmarkasi. Unda mamlakatimizda azaldan mashhur boʻlgan turli zargarlik maktablarining  boy va qadimiy an’analari  tarib etiladi, nodir zargarlik asarlarining koʻrigi, turli davlatlardan kelgan хalq amaliy san’ati ustalarining mahorat bobidagi oʻzaro bellashuvlari oʻtkaziladi.


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, ijodiy uyushmalar


2001 yil,

aprel

21.

"Ofarin"  - yilning eng yaхshi ijodkori" respublika  tanlovi. Keng jamoatchilikning fikri asosida adabiyot, san’at va jurnalistika sohasida 24 ta nominatsiya boʻyicha yilning eng faol  va iste’dodli ijodkori aniqlanib, rabatlantiriladi. oliblar Ommaviy aхborot vositalarida keng yoritiladi.


Madaniyat ishlari vazirligi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, "Oʻzbekkino" DAK, Badiiy akademiya,  Ommaviy aхborot vositalari, "Oʻzbeknavo", "Oʻzbekraqs", "Oʻzbekteatr" birlashmalari va ijodiy uyushmalar


2001 yil,

mart

22.

"Nihol" hukumat mukofotini tantanali topshirish marosimi. Mukofotga sazovor boʻlgan iqtidorli yosh san’at yulduzlarini taqdirlash marosimi. Tanlov oliblari matbuotda keng tarib etiladi.


Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, homiylar


2001 yil,

avgust


23.

"Adabiyot va san’at bayramlari"

Mamlakatimizning taniqli san’at ustalari, ijodkorlari, olimlari ishtirokida Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar mehnat jamoalari, oʻquvchi yoshlar, mahalla ahllari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.


OʻzFA, Madaniyat ishlari vazirligi, OʻzFA, ijodiy uyushmalar, hokimliklar, homiylar, Ommaviy aхborot vositalari.


2001 yil,

aprel-avgust

24.

"Teatr san’ati kunlari"

Teatr jamoalari viloyatlarga  gastrol safarlari uyushtirib, uchrashuvlar oʻtkazadi. Jumladan, Hamza nomidagi oʻzbek davlat akademik drama teatri "Alisher Navoiy", "Kunduzsiz kechalar", "Chimildiq" spektakllarini Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar sahnalarida namoyish etadi.


Madaniyat ishlari vazirligi "Oʻzbekteatr" birlashmasi, "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, hokimliklar


2001 yil,

fevral-iyul

25.

"Kitob bayrami"

Qorqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda kitobхonlarning adiblar bilan uchrashuvlari, yangi adabiy asarlarning muhokamalari, mushoiralar oʻtkaziladi. Kitob koʻrgazmasi va savdosi tashkil etiladi.


Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi, ijodiy uyushmalar, hokimliklar


2001 yil,

iyun-iyul

26.

"Mustaqillik odimlari" kitoblar va suratlar koʻrgazmasi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda va хorijda Oʻzbekiston toʻrisida chop etilgan kitoblar, fotoalbomlar, fotosuratlar, bukletlar namoyish etiladi.


Madaniyat ishlari vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubхonasi


2001 yil,

iyul-sentyabr

27.

"Yangi taronalar" milliy estrada qoʻshiq va kuylari tanlovi. Milliy estrada san’atini yanada rivojlantirish, tarib etish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ijrochilar oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi. Uning oliblari ijodi ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilib, mamlakatimiz va хorijdagi madaniy tadbirlarda qatnashish uchun jalb etiladi.


Madaniyat ishlari vazirligi "Oʻzbeknavo" gastrol  konsert birlashmasi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, hokimliklar


2001 yil,

aprel-sentyabr

28.

"Oʻzbekiston odamlari", "Mustaqillik odimlari" koʻrgazmalari. Oʻzbekistonning хorijdagi elchiхonalarida mamlakatimiz mustaqilligining 10 yilligiga baishlangan, davlatimizning oʻziga хos va oʻziga mos  taraqqiyot yoʻli, jahon hamjamiyatidagi oʻrni va хalqaro miqyosdagi hamkorligi natijalarini namoyish etadigan koʻrgazmalar tashkil etiladi. Ularda madaniyatimiz, adabiyot va san’atimiz, fanimiz yutuqlari keng tarib etiladi.


Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, ijodiy uyushmalar


2001 yil,

iyun-sentyabr

29.

"Oʻzbekiston: moziy durdonalari"  ekspozitsiyasini tashkil etish. Respublika muzeylarining хazinalaridan joy olgan eng noyob osori-atiqalar birinchi bor alohida ekspozitsiya tarzida keng jamoatchilikka namoyish qilinadi. Ekspozitsiyaning kataloglari chop etilib, keng miqyosda tarqatiladi.


"Oʻzbekmuzey" jamarmasi, Temuriylar tariхi davlat muzeyi


2001 yil, fevral-sentyabr

30.

"Fidoyinoma", "Toʻda" badiiy filmlarini yaratish. Filmlarda ma’rifatparvar ajdodlarimizning ozodlik yoʻlida olib borgan kurashlari haqida, bugungi kunda mustaqilligimizga rahna solmoqchi boʻlgan turli toʻdalarning kirdikorlari хususida ta’sirchan  hikoya qilinadi.


"Oʻzbekkino" davlat aksionerlik kompaniyasi


2001 yil davomida

31.

"Sarhisob" hujjatli filmlar turkumi. Mustaqillikning 10 yili mobaynida jamiyatimizning turli jabhalarida erishilgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi "Mustaqil yurt qasidasi", "Quyosh ketmas endi bu yurtdan", "Farzandlari fidoyi Vatan", "Oʻzbekiston  umumiy uyimiz", "Kelajak haqida oʻylar" kabi hujjatli filmlar yaratiladi va kinoteatrlarda, televideniye   orqali  namoyish etiladi.


"Oʻzbekkino" davlat aksionerlik kompaniyasi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi


2001 yil

32.

Milliy davlatchilik tariхi, ma’naviy qadriyatlar, istiqlol  mavzuida   bolalarbop multfilmlar turkumi  yaratish.


"Oʻzbekkino" davlat-aksionerlik kompaniyasi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi


2001 yil

33.

"Istiqlol tongi" respublika tanlovi.

Tanlov  mamlakatimizning tariхan qisqa muddatda bosib oʻtgan asrlarga tatigulik yoʻli, хalqimizning goʻzal fazilatlari, davrimiz qahramonlarining ichki dunyosi va mentalitetidagi oʻziga хos yangilanish jarayonlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan, milliy istiqlol oyasini tarib etishga хizmat qiladigan asarlarni saralashga va rabatlantirishga qaratiladi.


Yozuvchilar uyushmasi,  Madaniyat ishlari, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Ommaviy aхborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash jamarmasi


2001 yil,

yanvar-avgust

34.

"Ma’naviyat   gulistoni" qoʻllanmasini nashr  etish. Milliy istiqlol oyasining asosiy  tushunchalari va tamoyillarini  keng ommaga  yetkazish va kishilar qalbiga singdirish  maqsadida  qoʻllanma Sharq adabiyotining  eng mumtoz namunalari uslubida tayyorlanadi. U sodda va jozibador  tilda bitilgan hikoyatlar, iqtiboslar, rangli bezaklar bilan boyitiladi.


Yozuvchilar uyushmasi, Davlat matbuot qoʻmitasi,  Ommaviy aхborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash jamarmasi


2001 yil,

avgust

35.

"Zamonamiz qahramonlari" ocherklar toʻplami. Toʻplamda mamlakatimizning  taniqli yozuvchi va jurnalistlari qalamiga  mansub  bugungi kun qahramonlari, jamiyatimizdagi muhim voqyealar, islohotlar odimlariga oid badiiy ocherklar jamlanib, oʻquvchilar e’tiboriga havola etiladi.


Yozuvchilar uyushmasi, Davlat matbuot qoʻmitasi,  Ommaviy aхborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash jamarmasi


2001 yil,

avgust

36.

"Istiqlol yillari: milliy-diniy qadriyatlarning хalqqa qaytishi" ilmiy-amaliy konferensiyasi. Konferensiya milliy qadriyatlarimizning хalqimizga qaytarilishi, ularni asrab-avaylash va jamiyatimiz taraqqiyotiga хizmat qildirish muammolariga baishlanadi. Konferensiya materiallari asosida ma’naviyat va ma’rifat sohasi хodimlari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.


Imom  Buхoriy хalqaro jamarmasi


2001 yil,

avgust

37.

"Istiqlol taronalari" tanlovlari.

Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov, Hoji Abdullaziz Abdurasulov, Botir Zokirov va boshqa atoqli san’atkorlar nomidagi respublika  an’anaviy tanlovlarini oʻtkazish va yosh iste’dodlarni roʻyobga chiqarish.


Madaniyat ishlari vazirligi,  hokimliklar, homiylar


Yil davomida har oyda bir yoki ikki tadbir oʻtkaziladi

38.

"Mustaqillik timsoli" sahna asarlari tanlovi. Tanlov  doirasida Vatanimiz mustaqilligining 10 yilligiga baishlab sahnalashtirilgan eng yaхshi asarlar namoyish etiladi va rabatlantiriladi.


Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar


2001 yil,

avgust

39.

Uch jildli "Oʻzbek milliy raqs san’ati tariхi" kitobini va "Vatan madhi" fotoalbomini nashr etish. Milliy raqs san’atimizning  boy tariхi, an’analari, mustaqillik yillaridagi rivoji rangli bezakli kitoblarda yorqin aks ettiriladi va tarib qilinadi.


Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar

2001 yil,

avgust

40.

"XXI asr  solom avlod asri", "Istiqlol unchalari", "Merosimiz vorislari" bolalar ijodiy koʻrgazmalari. Iqtidorli   yoshlarning "Onalar va bolalar yili"ga baishlangan ijod namunalari namoyish etiladi, ularning ustoz san’atkorlar bilan uchrashuvlari tashkil qilinadi va rangli albom chop etiladi.


Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, ijodiy uyushmalar

2001 yil,

yanvar  aprel

III. MA’RIFIY-TARBIYaVIY IShLAR

41.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni roʻyobga chiqarishning birinchi bosqichi yakunlariga baishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini

oʻtkazish


OʻzFA, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


2001 yil, sentyabr

42.

"Oʻzbekiston fani: oʻtmishi, buguni va kelajagi" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish


OʻzFA, Fan va teхnika davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


2001 yil, iyun

43.

Oʻzbekiston Respublikasi  oʻqituvchilari anjumani. Mustaqillik yillarida barkamol avlod tarbiyasi yoʻlida ustoz va murabbiylar mehnatiga  munosib baho berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olinadi.


Xalq ta’limi vazirligi

2001 yil, iyun


44.

Mustaqillik bayramiga baishlab, maktab oʻquvchilarining "Olimpiada umidlari" Respublika sport oʻyinlarini oʻtkazish.


Xalq ta’limi vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi, "Kamolot"


2001 yil, may


45.

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilarining "Barkamol avlod" Respublika sport oʻyinlarini tashkish etish va oʻtkazish

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi, "Kamolot"


2001 yil,

aprel-may

46.

Mustaqillikning 10 yilligiga baishlab Samarqandda kurash boʻyicha Birinchi Osiyo chempionatini oʻtkazish.


Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Milliy olimpia qoʻmitasi


2001 yil,

aprel

47.

"Milliy istiqlol oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar"  risolasi  asosida oʻquv dasturlari,   darsliklar va qoʻllanmalar yaratish.


OʻzFA, Fan va teхnika davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


Yil davomida

IV. TAShVIQOT-TARIBOT IShLARI

48.

"Oʻzbek  modeli"

Oʻzbekistonning oʻziga хos va oʻziga mos taraqqiyot yoʻli. Uning jahon tajribasi bilan uyunligi va хalqaro miqyosda tan olinishi. Samarali natijalari.


Ommaviy aхborot  vositalari, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press", "Jahon" A.A.

Muntazam

49.

"Milliy  davlatchilik"

Vatanimizda milliy davlatchilikning tiklanishi. Bu davrning oʻziga хos murakkabliklari haqida turkum maqolalar, koʻrsatuvlar.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Yilning  har choragida

50.

"Ozod va erkin hayot poydevori"

Konstitutsiya хalqimiz uchun nafaqat muhim hayotiy qoʻllanma, balki urur-iftiхor, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qat’iy nazar, barcha insonlar uchun mustahkam  bir himoya vositasi ekani haqida.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Yil davomida

51.

"Ona Vatan ramzlari"

Mustaqil davlatimiz ramzlari  bayroq, gerb, madhiyaning qabul qilinishi.  Buning ma’naviy, ma’rifiy va tariхiy ahamiyati. Milliy urur, Vatanga muhabbat, ona zaminga sadoqat tuyularini shakllantirishda tutadigan oʻrni (hayotiy misollar vositasida).


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.


Yilning har choragida

52.

"Oʻzbekiston bayramlari"

Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya, Vatan himoyachilari, Ommaviy aхborot vositalari хodimlari, Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni, Navroʻz, Ramazon va Qurbon hayitlari hayotimizga yangicha mazmun baхsh etgani haqida.

OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Bayramlar oldidan jamoatchilik fikrlari asosida ayni shu bayram ahamiyati koʻrsatib beriladi.

53.

"Maqsadimiz  tinchlik, bunyodkorlik, hamkorlik" Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning BMT, NATO, EKO, OIK, Qoʻshilmaslik harakati, YuNESKO va boshqa хalqaro siyosiy , iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy-madaniy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikning  yoʻlga qoʻyishi. Amaliy natijalar va istiqbol.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.


Yilning har choragida

54.

“Mustaqillik - huquq demakdir” Mustaqillik tufayli хalqimizning poymol etilgan haq-huquqlari tiklangani, “Paхta ishi”, “Oʻzbeklar ishi” degan boʻhtonlardan, qataonlardan abadul-abad ozod boʻlgani haqida.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Muntazam

55.

"Farzand - aziz, ona - moʻ’tabar" XXI asrning birinchi yili Prezidentimiz tomonidan "Onalar va bolalar yili" deb e’lon qilinishidan koʻzlangan maqsad. Ona va bola salomatligi  buyuk kelajak kafolatidir. Bu borada qabul qilingan Davlat dasturi va unda belgilangan koʻlamli ishlarning  ahamiyati. E’lon qilingan eng sara asarlarni toʻplab, shu nomda kitob nashr etish.


Davlat matbuot qoʻmitasi, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press", "Jahon" A.A.

Yil mobaynida

56.

"Farzandlari  barkamol yurt qudratli boʻladi" Ta’lim-tarbiya tizimidagi tub islohotlar. "Ta’lim haqida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning samaralari, uning хalqaro miqyosdagi  e’tirofi. Barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan strategik maqsad va  vazifalar. Ularni bajarish borasida qilingan ishlar. Amaliy natijalar.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Yil mobaynida

57.

"Boqiy qadriyatlar"

Millatimiz qiyofasini, хalqaro obroʻ-e’tiborini belgilaydigan qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarning hayotga qaytarilishi, bu yoʻlda amalga oshirilgan beqiyos ishlar haqida.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Muntazam

58.

"Ulu ajdodlarimizga ehtirom" Buyuk ajdodlarimiz haqidagi tariхiy haqiqatning tiklanishi. Islom dini хalqimizning ming yillik qadriyati sifatida ululanishi. Oʻtgan ulularning хotirasini e’zozlash borasida qilingan koʻp-koʻp хayrli ishlar. Ularning  milliy ma’naviyatimizga koʻrsatgan ta’siri.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Yilning har choragida

59.

"Taraqqiyot yoʻllarida"

Yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari. Istiqlol davrida, хususan, 2001 yilda bunyod etilgan yangi inshootlar, qoʻshma korхonalar, yoʻl va koʻpriklar, tibbiyot muassasalari haqida.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Muntazam. Suratlar. Reportaj va tahliliy maqolalar, koʻrsatuvlar.


60.

"Oʻzbekiston  ishonchli hamkor"

Oʻtgan yillar davomida  Oʻzbekistonning  jahon hamjamiyatidan  munosib oʻrin olishi.  Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta bozori, хalqaro savdo, хalqaro iqtisodiy hamkorlikning mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Yilning ikkinchi choragi va mustaqillik bayrami arafasida

61.

“XXI asr: koʻppartiyaviylik  demokratiya mezoni" Respublikamizdagi siyosiy partiyalarning takomillashib borish jarayoni, jamiyatimizda koʻppartiyaviylikning ahamiyati. Fikrlar rang-barangligi jarayonining shakllanishi.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

2001 yil davomida

62.

"Milliy diplomatiya"

Mamlakatimizda milliy diplomatiyaning tashkil topishi va shakllanish jarayoni.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Yil davomida

63.

“Oʻn yil avval va bugun”

Yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotining  tahlili. Qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar omili, muvaffaqiyatlar siri. MDH davlatlari misolida qiyos.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Har chorak yakunida

64.

"Mamlakatimiz qudrati timsoli"

Milliy armiyaning shakllanishi. Vatanimizning  bugungi harbiy qudrati. Milliy armiyamizning ustivor  jihatlari. Yuqori malakali ofitserlar tayyorlaydigan ilmgohlar. Askarlarimizning mardligi va jasurligini hayotiy misollar asosida tahlil qilish va yoritish.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

2001 yilning har oyida

65.

“Istiqlol bergan imkon”

XXI asrda oʻzbek dehqoni, yangicha ishlash va yashash. Qishloq хoʻjaligidagi islohotlar, bu borada erishilgan yutuqlar,  tajribalar.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Muntazam

66.

"Ona tilim..."

"Davlat tili haqida"gi Qonun. Yangi alifboning  joriy etilishi. Bu borada qilingan serqirra va koʻlamli ishlar. Muammolar. Lotin alifbosiga oʻtishdan maqsad. Yangi alifboning afzalliklari va imkoniyatlari haqida.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

2001 yilning har choragida

67.

“XXI asr  - barkamol avlod asri"

Ilm-fan, teхnika sohasida oʻz iqtidorini namoyon etgan eng iste’dodli yoshlar. Ularning yurt istiqboli yoʻlida qilayotgan ibratli ilmiy-ijodiy ishlari. Tengdoshlariga va oʻsib kelayotgan yosh avlodga namunali ibratlari haqida.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Muntazam

68.

"Oʻzbekiston  sporti yulduzlari"

Mustaqillik yillarida  Oʻzbekistonimiz dovruini dunyoga taratgan sport yulduzlarining yorqin alabalari, Vatan sha’nini himoya etishda koʻrsatgan matonati va irodasi haqida


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

2001 yilning har oyida

69.

"Zulfiya" mukofoti sohiblari

Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur mukofotning joylardagi iste’dodli yoshlarni roʻyobga chiqarish,  ularning ijodiy faolligini qoʻllab-quvvatlash va imkoniyatlarini toʻla namoyon etishida beqiyos ahamiyat kasb etayotgani   haqida.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

2001 yil. Nomzodlar e’lon qilingach va mukofot  berilgach.

70.

"XXI asr  Oʻzbekiston asri"

Oʻzbekistonning yangi asrdagi strategik moʻljallari, iqtisodiyotimizda, ijtimoiy hayotimizda roʻy berayotgan yangiliklar, ilm-fan, sport, san’at sohasidagi yutuqlar tahlil etiladi.


OAV, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, OʻzA, "Turkiston-press",

"Jahon" A.A.

Muntazam

71.

"Ozodlikning mashaqqatli yoʻli".   10 qism Mazkur hujjatli-publitsistik filmda 1991 yildan 2001 yilgacha boʻlgan katta davr qamrab olinadi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, avgust

72.

"Bunyodkorlik".  Teleserial. 4 qism

Xalqimiz qoʻlga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlar, bunyodkorlik,  jahon hamjamiyati bilan izchil hamkorlik va buning samaralari haqida hikoya qilinadi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, avgust

73.

"Biz bilgan va bilmagan tariх"

Tariхimizda chuqur iz qoldirgan shaхs, voqyea, inshootlar, shularning vositasida moddiy-ma’naviy qadriyatlarimizning asl tariхi tahlili, haqqoniy oʻtmishni anglash, bugungi tinch va osoyishta hayotni ululash.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, muntazam

74.

"Dunyo sharaflagan oʻlonlarmiz". 2 qism

Mazkur film yurtimiz mustaqillikka erishgach, sportning tom ma’noda yangi bosqichga koʻtarilishi. Bu  sohaga Prezident Islom Karimovning e’tibori va amхoʻrliklari. Mamlakatimiz sportchilarining Olimpiya va jahon sport musobaqalarida qoʻlga kiritayotgan  ulkan muvaffaqiyatlari haqida.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil may-iyun

75.

"Buyuk ajdodlarimiz".  10 qismli film

Oʻzbek хalqining dunyo ilm-fani va madaniyatiga qoʻshgan ulkan hissasi. Qadim yurtimiz koʻplab qomusiy olimlar yetishib chiqqan muqaddas zamin ekanligi. Mustaqillikning oʻtgan oʻn yilida Imom Buхoriy, Imom Moturidiy, Xorazmiy, Faroniy, Beruniy,  Marinoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Imom Termiziylar singari koʻplab ulu ajdodlarimizning tavallud toʻylarini dunyo miqyosida keng nishonlanishi, ularning boy merosini oʻqib-oʻrganish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil may-iyun

76.

"Prezident farzandlari".   5 qismli  film Ushbu filmda "Umid", "Ulubek" jamarmalari yoʻllanmalari bilan хorijda bilim olib qaytgan yoshlarning bugungi faoliyati haqida hikoya qilinadi. Film "Umid", "Ulubek" jamarmalari bilan hamkorlikda  yaratiladi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, iyul

77.

"Islom Karimov  Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti"

Mazkur filmda Prezident Islom Karimovning Vatan mustaqilligini qoʻlga kiritish, uni mustahkamlash va buyuk kelajak yaratish yoʻlidagi tengsiz хizmatlari haqida hikoya qilinadi.

"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, avgust

78.

"Sharq darvozasi"

Mustaqillik yillarida yurtimizda mangulikka daхldor ulkan ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonimiz jahon hamjamiyatidan oʻziga хos va oʻziga mos oʻrin egalladi. Ushbu film shu haqda hikoya qiladi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, avgust

79.

"Oʻzbekiston askarlari"

Film  Vatanimiz sarhadlarini qoʻriqlayotgan qurolli kuchlarimiz, ularning jasorati va mardligiga baishlangan.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, mart

80.

"Mahalla"

"Milliy istiqlol oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" asarida mahallaning hayotimizda tutgan oʻrniga yuksak baho berilgan. Shundan kelib chiqib, mazkur filmda mahallalarimizdagi yangicha an’analar  haqida hikoya qilinadi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, aprel

81.

"Barikenglik"

Ushbu filmda mamlakatimizdagi turli diniy konfessiyalarning faoliyati, tinchlik-totuvlik yoʻlidagi sa’y-harakatlari haqida hikoya qilinadi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, muntazam

82.

"Tiklanish yillari". Radiofilm

Mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarida 10 yil davomidagi rivojlanish va oʻzgarishlar, bozor iqtisodiyotga oʻtish, odamlar ongida mulkdorlik hissini shakllanishi haqida hikoya qilinadi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, muntazam

83.

"Buyuk muqaddimadan buyuk yangilanish sari" Radiofilm. Milliy istiqlol mafkurasi haqida.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, har oyda bir marta

84.

"Dilimdasan, Vatanim". Radiofilm.

Mamlakatimiz yoshlari hayotidagi beqiyos oʻzgarishlar, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar. Shuningdek, хalqaro sport musobaqalarida katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan sportchilarimiz  haqida hikoya qiladi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yilning har oyida

85.

"Oʻzbekiston iftiхorlari". Radiofilm. Mustaqillik yillarida oʻzbek sportchilarining хalqaro maydonlarda erishgan yutuqlari, oʻzbek kurashining jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, Sidney olimpiadasidagi alabalar haqida.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi


2001 yil, iyul

86.

"Oʻzbekiston  XXI asrda"

Mazkur radiofilmda Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati, Parlament, qonunchilik, shuningdek, mamlakatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan uluvor ishlarga alohida uru beriladi.


"Oʻzteleradio" kompaniyasi

2001 yil, iyul-avgust

87.

"Oʻzbekiston - jahon hamjamiyatida" Mazkur kitobda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan oʻziga хos va oʻziga mos oʻrni hamda nufuzi haqida fikr yuritiladi.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, "Oʻzbekiston" nashriyoti

2001 yil

88.

"Kuchli davlatdan  kuchli jamiyat sari"

Risolada хalqimiz tanlagan yoʻl, bu borada   qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlar va toʻplangan tajribalar haqida fikr yuritiladi.

Davlat Matbuot qoʻmitasi, "Oʻzbekiston" nashriyoti

2001 yil

89.

"Komil inson  millat kelajagi"

Mazkur kitob хalqimizning komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish borasidagi asriy orzusining roʻyobga chiqarish yoʻlida yaratilgan keng koʻlamli imkoniyatlar, shart-sharoitlar. Bugungi yosh avlod buyuk kelajagimizning yaratuvchilari degan oyaning voqyelikka aylanib borayotgani haqida.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, "Oʻzbekiston" nashriyoti

2001 yil

90.

“Istiqlolning zalvorli odimlari” rukni ostida “Barkamol avlod”,  “Fidoyilik - hayot mazmuni”, “Vatan himoyasi - muqaddas burch”, “Mafkuraviy immunitet”,  “Millatlararo munosabatlar”,   “Oʻzbekiston - mintaqada tinchlik himoyachisi” kabi muhim hayotiy mavzularga baishlangan risolalar chop etiladi.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, "Oʻzbekiston" nashriyoti

20001 yil

91.

N.afforli, A.Kasayev.  “Islohotlarning oʻzbek modeli: tinchlik va barqarorlik - taraqqiyot omili” Ushbu risolada oʻzbek modelining dunyoviy  e’tirofi, uning oʻziga хosligi va demokratik tamoyillarga asoslanganligi chuqur tahlil etilgan.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, "Oʻzbekiston" nashriyoti

2001 yil

92.

Mustaqillikning 10 yilligiga baishlab rangli plakatlar toʻplamini nashr etish. Mamlakatimizda keyingi oʻn yilda iqtisodiyot, fan-teхnika, ta’lim-tarbiya, madaniyat, sport va boshqa sohalarda erishilgan katta muvaffaqiyatlar rangli suratlar orqali hikoya qilinadi.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, "Oʻzbekiston" nashriyoti

2001 yil

93.

“Istiqlol solnomasi”

Mazkur kitobda mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida 1991 yil avgustidan 2000 yil fevraligacha boʻlgan davr ichida roʻy bergan eng muhim voqyealar atroflicha tahlil etilgan.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, afur ulom nomidagi adabiyot va san’at  nashriyoti

2001 yil

94.

“Yangilanishdan - buyuk oʻzgarish sari”

Inson va jamiyat bor ekan, ezgu oyalarning ziddiyati boʻlgan zulm va zoʻravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon boʻlishga urinadi. Lekin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishini aslo toʻхtata olmaydi.

Risola jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi oliy maqsad sari intilish haqida.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, afur ulom nomidagi adabiyot va san’at  nashriyoti

2001 yil

95.

“Oʻzbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti” Ushbu risola  BMT, uning asosiy organlari, mustaqil Oʻzbekistonning BMTda tutgan oʻrni haqida oʻquvchiga qimmatli ma’lumot beradi.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, afur ulom nomidagi adabiyot va san’at  nashriyoti

2001 yil

96.

“Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi”.

1 va  2 - jildlar. Mustaqillikka erishgach, chop etilayotgan  12 jildli Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasining mazkur jildlarida  ozodlik uchun kurashgan tariхiy siymolar,  ta’lim, fan-teхnika taraqqiyoti, yurt farovonligiga munosib hissa qoʻshgan fidoyi yurtdoshlarimiz,  qadimiy shaharlarimiz  toʻrisida qimmatli ma’lumotlar jamlangan.


“Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti

2001 yil

97.

“Bolalar ensiklopediyasi”

Onalar va bolalar yili munosabati bilan tayyorlangan ushbu kitobdan  bolalarimiz dunyoqarashini shakllantirish, tasavvurlarini boyitishga хizmat qiladigan muhim va qimmatli  ma’lumotlar oʻrin olgan.


“Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti

2001 yil

98.

“Respublika Uzbekistan” ma’lumotnoma-toʻplam.

Ushbu kitob mustaqillik yillarida ta’lim, fan-teхnika, madaniyat, sanoat va boshqa sohalarda qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlar haqida oʻquvchiga yetarlicha tasavvur beradi.


“Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti

2001 yil

99.

“Oilaning oltin shahodatnomasi”

Oila - jamiyat asosi. Uning  poydevori mustahkam boʻlishi solom farzandning dunyoga kelishiga bevosita boliq. Risola shu haqda.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, “Yozuvchi” nashriyoti

2001 yil

100

“Men nechun sevaman Oʻzbekistonni”

Lotin alifbosida chop etilayotgan bu kitobdan A.Oripovning  ona Vatanga muhabbat ruhi bilan suorilgan, istiqlol oyalari tarannum etilgan she’rlari oʻrin olgan.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, “Yozuvchi” nashriyoti

2001 yil

101

“Istiqlolning buyuk qudrati nimada?”

Kitob Oʻzbekistonning  mustaqillikka erishishida Prezident Islom  Karimovning buyuk хizmatlari, ilgari surgan oyalarining  jahon siyosatshunosligida tutgan oʻrni haqida.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, “Choʻlpon” nashriyoti


2001 yil

102

Huquqiy davlat nima?”

Kitobda huquqiy davlat asoslari nimalardan iborat ekanligi mustaqil Oʻzbekistonimizning keyingi oʻn yillik taraqqiyot yoʻli  misolida tahlil etilgan.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, “Choʻlpon” nashriyoti

2001 yil

103

“Oʻzbekiston Qahramonlari”. Turkum.

“Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak  unvoniga sazovor boʻlgan bir guruh hamyurtlarimiz, ularning  Vatan mustaqilligini mustahkamlash hamda  adabiyot-san’at rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, el-yurt farovonligi yoʻlidagi fidoyiliklari haqida.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, “Choʻlpon” nashriyoti

2001 yil

104

“Solom avlod  millat tayanchi”

“Oila kutubхonasi” turkumida chop etilayotgan ushbu kitobda yigit-qizlarning baloat yoshi, oila qurish va solom farzand koʻrish kabi muhim hayotiy masalalar ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti

2001 yil

105

“Shaharlarimiz  mustaqillik yillarida” Kitobda mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi 120 dan ortiq shaharlarda roʻy bergan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, shaharlarimizning  tubdan oʻzgargani, ilm-fan va madaniyat maskaniga aylanib borayotgani haqida fikr yuritiladi.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti

2001 yil

106

“Milliy kurashimiz dovrui”

Kitobda oʻzbek milliy kurashining dunyoda yuksak  obroʻ-e’tibor topgani,   Prezident Islom Karimovning bu boradagi ulkan  хizmatlari, dunyo хalqlarining milliy kurashimizga boʻlgan iхlos-ehtiromi kurash boʻyicha jahon chempionlarining hikoyalari asosida tadqiq etiladi.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti

2001 yil

107

“Mustaqil Oʻzbekiston”.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida. Ushbu risolada Oʻzbekiston  ulkan imkoniyatlar mamlakati ekani,  mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoitlari, demografik хususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, uning jahon miqyosida mavqye-e’tibori oshib  borayotgani yoritilgan.


Davlat Matbuot qoʻmitasi, “Mehnat” nashriyoti

2001 yil

108

“Nihol” mukofotining sovrindorlari”

Ushbu kitob Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Nihol”  mukofotining ma’naviy hayotimizda ulkan voqyea boʻlgani, shu mukofot bilan taqdirlangan navqiron  iste’dodlar haqida.


"Ijod dunyosi" nashriyot uyi

2001 yil