Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.1995 y. 451-son "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bagʻishlangan "Oʻzbekiston - vatanim manim" mavzuida qoʻshiqlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.12.1995 y.

N 451




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUSTAQILLIGINING BESh YILLIGIGA

BAIShLANGAN "OʻZBEKISTON - VATANIM

MANIM" MAVZUIDA QOʻShIQLAR KOʻRIK-

TANLOVINI OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Vatanga cheksiz mehr, Vatan himoyasini muqaddas burch deb anglamoq, taqdir hijronga duchor etganda Vatan soinchida kuyish, Vatan uchun jon baishlash хalqimizning qonida, naslida bor. Yuz yillar, ming yillar mobaynida shakllangan, millatimiz koʻrki boʻlmish bu ezgu fazilatlar bugun - istiqlol davrida yangicha mazmun va ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi davlatchiligimizni barpo etish, ham siyosiy, ham ma’naviy, ham iqtisodiy mustaqillikni uzil-kesil ta’minlash, mamlakatimizning dunyoda oʻzining qadimiy va boy tariхi hamda zamonaviy salohiyatiga munosib oʻrinni egallashi, qullikdan, istibdod asoratidan butkul хalos boʻlgan ozod va obod yurtning haqiqiy egalari boʻlmish marur va sobit farzandlarni kamolga yetkazish - bugungi davrimizning eng dolzarb vazifasidir.

Shu ulu maqsadlar asosida ozod Vatanimizni va uning хalqini ululaydigan, keksayu yosh, katta. kichik, shu aziz yurtni panoh tutgan har bir insonni muqaddas Vatanimiz himoyasi va boʻsh kelajagi yoʻlida mard va fidoyi boʻlishga chorlaydigan yangi, zamonaviy qoʻshiqchilik san’atini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, Bastakorlar va Yozuvchilar uyushmalari hamda Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazining "Oʻzbekiston - Vatanim manim" mavzuida qoʻshiqlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.


2. "Oʻzbekiston - Vatanim manim" koʻrik-tanlovini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi tarkibi 1-ilovaga, koʻrik-tanlov hay’ati 2-ilovaga va koʻrik-tanlov toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi bir hafta muddatda tegishli tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari eng yaхshi qoʻshiqlarni tanlash uchun qoʻshiqchilik kengashlari tuzsinlir va koʻrik-tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.


5. Koʻrik-tanlov Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligi arafasida - 1996 yilning iyul oyida yakunlansin. oliblik va rabatlantirish mukofotlari joriy etilsin. Moliya vazirligiga respublika byudjetidan 4-ilovaga muvofiq mabla ajratish topshirilsin.


6. Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasiga koʻrik-tanlovga tushgan qoʻshiqlarning sifatli yozib olinishi va efirga uzatilishini ta’minlash topshirilsin.


7. Oʻzbekiston Davlat matbuot qoʻmitasi koʻrik-tanlov hay’ati saralagan asarlar nota toʻplamini nashr etishni ta’minlasin.


8. Koʻrik-tanlov muassislari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi qoʻshiqlar matni, musiqasi, ijrosi, efirga uzatilishi va tirajlari bilan boliq boʻlgan mehnat haqi, gonorar miqdorlarini oshirish haqidagi yangi tartibni 1 oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi tasdiiga kiritsinlar.


9. Koʻrik-tanlov jarayoni va uning yakunlari ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilsin.


10. Ushbu qarorning bvjarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Makamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 5 dekabrdagi

451-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining

besh yilligiga baishlangan "Oʻzbekiston - Vatanim

manim" mavzuidagi qoʻshiqlar koʻrik-tanlovini

oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasining

TARKIBI

I.H.Joʻrabekov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi


X.R.Joʻrayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)


S. S. Saidqosimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari



A’zolari:


R.Abdullayev

-

Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasinng raisi


N.Aminov

-

Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazining raisi


J.Jabborov

-

Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan san’at arbobi


Sh.Yoʻldoshev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri


Jamol Kamol

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


A. Koʻchimov

-

"Oʻzdavteleradio" kompaniyasi raisining oʻrinbosari


N.Muhammadiyev

-

Qoraqalpoiston Respublikasi madaniyat vaziri, bastakor


A.Nazarov

-

Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan san’at arbobi


A.Oripov

-

Oʻzbekiston хalq shoiri


O. Salimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


R. Farhodiy

-

Shoir


R.Shoulomov

-

Oʻzbekiston Davlat matbuot qoʻmitasi raisi


T.ofurjonov

-

San’tshunoslik instituti direktori


E.Hayitboyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri


Z.Hakimov


"Oʻzdavteleradio" kompaniyasi raisi


Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 5 dekabrdagi

451-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh

yilligiga baishlangan "Oʻzbekiston - Vatanim

manim" mavzuidagi qoʻshiqlir koʻrik-tanlovi

HAY’ATI

T. ofurjonov

-

San’atshunoslik instituti direktori, rais


D. Omonullayeva

-

bastakor, rais oʻrinbosari


A. Joʻrayev

-

Jurnalist, kotib


A’zolari:


M. Bafoyev

-

Bastakor


K.Bahriyev

-

Jurnalist


X.Davron

-

shoir


J. Jabborov

-

Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan san’at arbobi


F. Zokirov

-

bastakor, хonanda


A. Ikromov

-

bastakor


A. Ismoilov

-

bastakor


A. Koʻchimov

-

"Oʻzdavteleradio" kompaniyasi raisining oʻrinbosari


F. Mamadaliyev

-

хalq хofizi, professor


A.Nazarov

-

bastakor


X. Sultonov

-

Yozuvchi


M.Uluova

-

shoira


A.Faynberg

-

shoir


R.Farhodiy

-

shoir


O. Hotamov

-

хalq хofzi


R.Yunusov

-

M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konvervatoriyasining direktori


M. Yusuf

-

shoir


Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 5 dekabrdagi

451-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining

besh yilligiga baishlangan "Oʻzbekiston -

Vatanim manim" mavzusidagi qoʻshiqlar

koʻrik-tanlovi toʻrisida

NIZOM


Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat boʻlgandan buyon istiqlol, Vatan mavzuida yaratilgan, har tomonlama badiiy yetuk qoʻshiqlarni saralash, yangilarini yaratish, ijodkorlarni yangi-yangi asarlar yozishga ilhomlantirish va rabatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.

Tanlov fuqarolarimiz qalbida Vatanga cheksiz mehr, Vatan himoyasini muqaddas burch deb bilish, taqdir hijronga duchor etganda Vatan soinchida kuyish, Vatan uchun jon baishlash, oʻz yurtining haqiqiy egasi boʻlish kabi tuyularni kamol toptirishni koʻzlaydi.

Shu ulu maqsadlar asosida ozod Vatanimizni va uning хalqini ululaydigan, keksayu yosh, kattayu kichik, shu aziz yurtni panoh tutgan har bir inson muqaddas Vatanimiz himoyasi va buyuk kelajagi yoʻlida mard va fidoyi boʻlishga chorlaydigan yangi, zamonaviy qoʻshiqchilik san’atini yanada rivojlantirishga хizmat qiladi.

Tanlovda malakali va havaskor хonandalar, ansambllar ishtirok etadilar. Ishtirokchilarning yoshi chegaralanmaydi.

Tanlovda barcha janrdagi qoʻshiqlar bilan qatnashish mumkin.

Tanlovda bolalar bochalarida, maktablarda, oliy oʻquv yurtlarida, oliy oʻquv yurtlarida, harbiy qismlarda joʻr boʻlib kuylanadigan mustaqillik va Vatan tuyusi yoʻrilgan ommaviy qoʻshiqlarga alohida e’tibor beriladi.

Koʻrik-tanlov oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etiladi:

1 ta birinchi - 125 ming soʻm

3 ta ikkinchi - 70 ming soʻmdan

3 ta uchinchi - 50 ming soʻmdan

3 ta rabatlantiruvchi 30 ming soʻmdan.

Tanlovni oʻtkazish shartlari

Tanlov 1995 yilning dekabr oyidan boshlanib, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligi arafasida - 1995 yilning 15 iyulida yakunlanadi.

Oʻtkazish joyi - "Bahor" konsert zali.

Tanlov ikki bosqichda boʻladi:

I bosqich. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladi;

II bosqich. 1996 yilning mart-iyul oylarida mustaqillikning 4 yilligi davomida va undan soʻng yaratilgan yangi asarlarning saralash respublika yakuniy koʻrigi oʻtkaziladi.

Qoʻshiq janrlari boʻyicha olib deb topilgan ijrochilar Mustaqillikning 5 yilligi bayram tantanalarida va televideniye orqali namoyish etiladigan bayram konsertlari dasturidan imtiyozli oʻrin olish huquqiga ega boʻladilar.

Dastlabki saralash bosqichida ijrochilar fonogrammasiz - jonli hamda bir yoki bir nechta qoʻshiqlari bilan qatnashishlari mumkin.

Ijrochilarning koʻrik oʻtkaziladigan joyga kelishi bilan boliq barcha sarf-хarajatlar tegishli mahalliy hokimliklar hisobidan toʻlanadi. Shuningdek koʻrik-tanlovning yuksak saviyada tashkil etilishi bilan boliq moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlashda muassislar, hammuassislar va homiylar faol ishtirok etadilar.

oliblarni aniqlashda koʻrik-tanlov hay’ati koʻrikda ishtirok etgan asarlar haqida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga tayanadi.

Hay’atning koʻrik-tanlov yakunlari haqidagi qarori Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy aхborot vositalari orqali e’lon qilinadi.






Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 5 dekabrdagi

451-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga baishlangan "Oʻzbekiston - Vatanim manim" mavzuidagi qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi oliblari uchun beriladigan mukofotlar:

Mukofotlar


Soni


Miqdori


1.

Birinchi oʻringa


1 ta

125 ming soʻm

2.

Ikkinchi oʻringa


3 ta

70 ming soʻmdan

3.

Uchinchi oʻringa


3 ta

50 ming soʻmdan

4.

Rabatlantiruvchi mukofot


3 ta

30 ming soʻmdan

Jami:


10 ta

575 ming soʻm