Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.1994 y. PF-796-son "1994 yilni Mirzo Ulugʻbek yili deb e’lon etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.03.1994 y.

N PF-796



1994 YILNI MIRZO ULUBEK YILI

DEB E’LON ETISh TOʻRISIDA


Ulu oʻzbek olimi, munajjim, matematik, fizik, me’mor, temuriylar sulolasining munosib davomchisi, yirik davlat arbobi Muhammad Taraay - Ulubek (Mirzo Ulubek) tavalludiga 600 yil toʻlishi munosabati bilan:

jamoat fikrini quvvatlab, allomaning jahon ilm-fani va madaniyati ravnaqiga qoʻshgan ulkan hissasini e’tiborda tutib;

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi tashkiloti (YuNESKO) Bosh konferensiyasining 27-sessiyasi qaroriga koʻra Mirzo Ulubek yubileyi jahon qadriyatlari roʻyхatiga - 1994 yilda dunyo miqyosida nishonlanadigan bayramlar qatoriga kiritilgani va shu munosabat bilan tashkil etiladigan halqaro tadbirlarni hamda respublikada olib borilayotgan ulkan hayrli ishlarni inobatga olib;

yosh avlod qalbida milliy iftiхor va vatanparvarlik tuyularini shakllantirish, ularning ilm-ma’rifatga boʻlgan intilishini rabatlantirish hamda mustaqil Oʻzbekiston ilm-fani rivojiga koʻmaklashish maqsadida,

1994 yil Oʻzbekiston Respublikasida Mirzo Ulubek yili deb e’lon qilinsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., N 4, 95-modda