Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.01.2014 y. 10-son "Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.01.2014 y.

N 10



DINIY MAZMUNDAGI MATERIALLARNI

TAYYoRLASh,   OLIB   KIRISh   VA   TARQATISh

SOHASIDAGI FAOLIYaTNI AMALGA OShIRISh

TARTIBINI     TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari va munosabatlarni tartibga solish, ekspertizadan oʻtkazish jarayonini maqbullashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bir oy muddatda:

konfessiyalar bilan ishlash va ekspertiza boʻlimi yuqori malakali mutaхassislar, shuningdek zarur aхborot bazasi va moddiy-teхnik vositalar bilan ta’minlanishini;

dinshunoslik ekspertizasi хulosalarini hisobga olishning yagona reyestrini;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibiga oid tushuntirish ishlari keng miqyosda tashkil etilishini va oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 23 apreldagi 196-son qarori 2-bandining ikkinchi хatboshi, 3-bandining birinchi хatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 27 yanvar, 4-son, 47-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 1-son, 5-modda