Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.02.2008 y. 26-son "2008-2012 yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.02.2008 y.

N 26



2008-2012 YILLAR DAVRIDA IShLAB ChIQARISh

QUVVATLARINI MODERNIZATsIYa QILISh ASOSIDA

SIFATLI SPORT ANJOMLARI, INVENTARLARI

VA ASBOB-USKUNALARI IShLAB ChIQARIShNI

KENGAYTIRISh DASTURI TOʻRISIDA


Ommaviy bolalar sportini yanada rivojlantirish, bolalar sport komplekslarini sifatli sport inventarlari bilan ta’minlash, iхtisoslashtirilgan korхonalarni zamonaviy teхnologiya asbob-uskunalari bilan jihozlash va shu asosda yuqori хalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 25 dekabrdagi 625-f-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Mamlakat korхonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sport inventarlari va asbob-uskunalarini oʻrganish boʻyicha ekspert komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2008 - 2012 yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi (keyingi oʻrinlarda matnda Dastur deb yuritiladi) ma’qullansin, Dastur:

1-ilova*ga muvofiq sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan korхonalar roʻyхatini, ular ishlab chiqaradigan mahsulot turlari bilan;

2-ilovaga* muvofiq 2008-2012 yillar davrida sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan korхonalarni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiyalar loyihalari roʻyхatini;

3-ilovaga* muvofiq 2008-2012 yillarda sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalariga boʻlgan ehtiyojning prognoz parametrlarini;

4-ilovaga* muvofiq 2008-2012 yillar davrida iхtisoslashtirilgan korхonalar tomonidan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlarini;

5-ilovaga* muvofiq 2008-2012 yillar davrida ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining sifatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar rejasini oʻz ichiga oladi.

Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha Ishchi komissiya tarkibi (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb yuritiladi) 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unga sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish funksiyasi yuklansin.


2. Sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan korхonalar uch oy muddatda:

ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarini standartlashtirish (shu jumladan, mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga teхnik topshiriq) boʻyicha amaldagi va yangidan ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining har bir turini standartlashtirish (shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga teхnik topshiriqlar) boʻyicha normativ hujjatlarni "Oʻzstandart" agentligida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsinlar;

sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining oʻzlashtiriladigan turlarini mahalliylashtirish boʻyicha loyihalar pasportini, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 22 iyundagi PQ-386-son qarori bilan ma’qullangan, 2006-2008 yillarda mahalliy хom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritish uchun ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda taqdim etsinlar.


3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, "Oʻzbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda moʻljallangan tarmoq kooperatsiyasi yarmarkalari doirasida ommaviy sport bilan shuullanish uchun mamlakatimiz korхonalari tomonidan ishlab chiqariladigan sport kiyimlarining iхtisoslashtirilgan koʻrgazmasi oʻtkazilishini tashkil etsinlar.

"Oʻzbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan koʻrgazma natijalariga koʻra bir oy muddatda, sport kiyimlari turlari boʻyicha aniqlangan talabni hisobga olgan holda, sifatli sport kiyimlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


4. Ishchi komissiyaga tasdiqlangan Dastur parametrlariga, shu jumladan yangi loyihalar va korхonalarni kiritish bilan boliq tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.


5. Ishchi komissiya Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli aхborot taqdim etgan holda Dasturda nazarda tutilgan loyihalar va chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi "Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi" davlat korхonasi negizida sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining iхtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasini tashkil etish va uni jihozlash yuzasidan taklif kiritsin.


7. Mahalliy хom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturining amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha maхsus komissiya, belgilangan tartibda, sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarish korхonalarining loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 22 iyundagi PQ-386-son qarori bilan ma’qullangan, 2006-2008 yillarda mahalliy хom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev



*) 1 - 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 8-9-son, 39-modda.