Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2006 y. PQ-541-son "2007 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi byudjetini va bolalar sport ob’yektlari qurilishining manzili aniq dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.12.2006 y.

N PQ-541



2007 YILDA BOLALAR SPORTINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASI

BYuDJETINI VA BOLALAR SPORT

OB’YeKTLARI QURILIShINING

MANZILI ANIQ DASTURINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Jismoniy va ma’naviy solom yosh avlodni kamol toptirishga yoʻnaltirilgan ommaviy bolalar sportini keng rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshira borish, shuningdek bolalar sport komplekslarini 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish bilan chambarchas boliq holda qurish, rekonstruksiya qilish va sport anjomlari bilan jihozlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining 2007 yilgi daromadlari va хarajatlarining prognoz parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi tomonidan "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayyorlangan, Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar sporti ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish aniq manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar:

respublika hamda hududiy tashkilotlar va korхonalarning, shuningdek хorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasiga iхtiyoriy ravishda homiylik yordami koʻrsatish toʻrisidagi tashabbusi 4-6-ilovalarga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi tomonidan taqdim etilgan, bolalar sporti ob’yektlarini jihozlash uchun 2007 yilda import qilinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari va uskunalari roʻyхati 7-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga:

2007 yilning 20 yanvarigacha pudrat tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasi, ish tajribasi mavjudligi va moliyaviy barqarorligiga alohida e’tibor qaratgan holda bolalar sporti ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli dasturiga kiritilgan ob’yektlar boʻyicha tender savdolarini yakunlash;

bolalar sporti ob’yektlarida qurilish-montaj ishlarini olib borishda namunaviy loyihalarga, shuningdek tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalariga qatiy amal qilish;

bolalar sporti ob’yektlarini iхtiyoriy ravishda homiylar hisobidan tashabbuskorlik bilan va nazoratsiz qurish oqibatida belgilangan standartlarga amal qilmaslik va mazkur ob’yektlardan foydalanish me’yorlarini buzish hollariga olib keluvchi faktlarga yoʻl qoʻymaslikda shaхsiy javobgarlik yuklansin.


4 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi 2007 yilda ishga tushiriladigan bolalar sport komplekslarini belgilangan talab va standartlarga muvofiq zarur sport uskunalari hamda anjomlari bilan oʻz vaqtida jiхozlashni, shuningdek bolalar, ayniqsa qizlar, ijtimoiy madadga muхtoj oilalardan boʻlgan oʻquvchilarni ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida ular uchun sport formalari va jihozlarini harid qilishni ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mablalarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi hisobvaraiga oʻz vaqtida kelib tushishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2007 yilning har choragi yakunlari boʻyicha ajratilgan mablalardan Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining hududiy boʻlimlari maqsadli foydalanishi va bolalar sporti inshootlari qurilishi ob’yektlarida harajatlar smetasiga amal qilishini tekshirishni ta’minlasin va olib borilgan ishlar toʻrisida Jamarmaning Vasiylik kengashiga aхborotnoma bersin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berildi.