Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2004 yilgi XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga bir martalik mukofotlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.07.2004 y. 320-son Qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 7 iyuldagi

320-son qaroriga

ILOVA



2004 yilgi XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlari

sovrindorlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi

sportchilariga bir martalik mukofotlarni

toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM



1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining Afina shahri (Gretsiya)da oʻtkaziladigan 2004 yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash toʻrisida" 2004 yil 7 iyundagi 261-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medallari olgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga bir martalik pul mukofotlarini toʻlash tartibini belgilaydi.


2. Oltin, kumush va bronza medallari olgan respublika sportchilari quyidagi miqdorlardagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

oltin medal - 100 000 AQSh dollari;

kumush medal - 50 000 AQSh dollari;

bronza medal - 25 000 AQSh dollari.


3. Oltin, kumush va bronza medallari olgan sportchilarga pul mukofotini toʻlash bilan boliq хarajatlar Davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida valyuta mablalarini sotib olish uchun soʻmdagi mablalarni vakolatli tashkilotlarga oʻtkazadi.

Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli tashkilotlari ajratilgan soʻmdagi mablalarni zarur valyuta mablalari sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hisobiga oʻtkazadilar.


5. Ajratilgan summalar Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining konvertatsiya sanasidagi rasmiy almashtirish kursi boʻyicha belgilangan tartibda dollarga konvertatsiya qilinadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida valyuta mablalarini sotib oladi va sotib olingan mablalar doirasida Olimpiada oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan sportchilarga belgilangan tartibda jismoniy shaхslar uchun depozit valyuta hisob raqamlari ochadi.


7. XXVIII Olimpiada oʻyinlarida erishgan yuksak natijalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida belgilangan tartibda jismoniy shaхslar uchun ochiladigan depozit valyuta hisob raqamlaridan, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan AQSh dollarida amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 27-son, 316-modda.