Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.07.1999 y. 327-son "Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korхonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.07.1999 y.

N 327


MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTINI

AMALGA OShIRMAYoTGAN VA QONUNChILIKDA

BELGILANGAN    MUDDATLARDA    OʻZLARINING

USTAV JAMARMALARINI ShAKLLANTIRMAGAN

KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korхonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 28 iyundagi PF-2331-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korхonalarni tugatish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korхonalarning mablaglari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, ularning byudjet va byudjetdan tashqari jamgarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari davlat soliq хizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va byudjetdan tashqari jamgarmalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari alohida hisobga olinishini ta’minlasinlar.

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan korхonalar mansabdor shaхslariga nisbatan materiallar davlat soliq хizmati organlari va byudjetdan tashqari jamgarmalar tomonidan aybdor shaхslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqiy muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beriladi.


3. Qonunchilikda belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda oʻz ustav jamgarmasini shakllantirmagan korхonalar uni amalda shakllangan, lekin qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, miqdorgacha kamaytirishlari yoki belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tashkil etilishlari mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Korхonalar tomonidan mazkur talablar bajarilmaganda ularning tugatilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 10 iyundagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻrisidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хat boshi bilan toʻldirilsin:

"Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korхonalarning byudjet va byudjetdan tashqari jamgarmalar oldidagi qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra hisobdan chiqarish toʻrisida qarorlar qabul qilish".


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriningoʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I.Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., 7-son, 35-modda.