Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 25.04.2003 y. 481-II-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

25.04.2003 y.

N 481-II



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

FAOLIYaTINING ASOSIY KAFOLATLARI

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov) oʻz qarorlarini "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidentining sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 73-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 121-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 15 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidentining sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllash hamda amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 74-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 15 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisini va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini ta’minlash, ularga хizmat qilish va ularni muhofaza etish toʻrisida"gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 75-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 14 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisini va Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidentini ta’minlash, ularga хizmat qilish va ularni muhofaza etish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qarori.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                   E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2003 y., 3-4-son.