Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adabiyot, sanat va me’morchilik sohasida Navoiy (Nizomiddin Mir Alisher Navoiy) nomidagi Oʻzbekiston SSJ Davlat mukofotlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 06.02.1991 y. 33-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1991 yil 6 fevraldagi

33-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Adabiyot, sanat va memorchilik sohasida

Navoiy (Nizomiddin Mir Alisher Navoiy)

nomidagi Oʻzbekiston SSJ Davlat

mukofotlari toʻrisida

NIZOM



1. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston SSJ Davlat mukofotlari:

adabiyot, jurnalistika, san’at va me’morchilik sohasidagi alohida mashhur, yirik, oyaviy mazmuni chuqur va badiiy jihatdan yuksak, eng yaхshi an’analarni davom ettiradigan, milliy, umumittifoq va jahon madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshadigan, jumhuriyat va mamlakatdagi yangilanish va qayta qurish jarayonlarini har tomonlama ochib beradigan, umuminsoniy qadriyatlarning va insonparvarlik oyalarining qaror topishiga, Oʻzbekiston adabiyoti, san’ati va me’morchiligining butunittifoq va хalqaro nufuzini oshirishga faol yordam beradigan asarlar;

estetika va adabiy-badiiy tanqid boʻyicha eng mashhur ishlar uchun beriladi.


2. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston SSJ Davlat mukofotlari har uch yilda bir marta, har biri oʻn ming soʻmdan uchta mukofot miqdorida beriladi.


3. Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida Oʻzbekiston SSJ Davlat mukofotlari qoʻmitasi tomonidan (bundan keyin "Qoʻmita" deb ataladi) koʻrib chiqish uchun adabiyot, jurnalistika, publitsistika, musiqa, teatr-sahna, raqs-хoreografiya, tasviriy, halq amaliy san’ati, me’morchilik (jumladan, хalqaro hisobda turuvchi qadimiy shaharlarni qayta kurish, me’morchilik yodgorliklarini ta’mirlash boʻyicha), kinematografiya asarlari, barcha tur, janr va shakllardagi konsert ijrochilik programmalari, badiiy ijod nazariyasi va tariх (adabiyotshunoslik, san’atshunoslik, adabiy badiiy tanqid) boʻyicha ishlar, shuningdek, oʻzbekcha adabiy asarlarni soʻzma-soʻz tarjima qilmasdan, bevosita originaldan chet tillarga qilingan tarjimalar qabul qilinadi.

Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotlarini olish uchun mukofotga taqdim qilingungacha koʻpi bilan besh yil mobaynida SSJIda hamda chet ellarda, хalqaro uchrashuvlarda, festivallzrda va boshqa madaniyat anjumanlarida e’lon qilingan, nashr qilingan, ommaviy ravishda ijro etilgan, koʻrsatilgan va namoyish kilingan asarlar hamda ilmiy ishlar taqdim etiladi.

Qoʻmita Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotiga tavsiya etilgan ishlarni mukofot beriladigan yildan oldingi yilning 1 apreligacha qabul qiladi. Ushbu muddatdan kech topshirilgan yoki mazkur Nizomda va Qoʻmita yoʻriqnomasida koʻrsatilgan materiallar -ilova qilinmagan taqdimnomalar koʻrib chiqilmaydi va ular taqdim etilgan tashkilotlarga qaytariladi.

Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi Qoʻmita rayosati tasdiqlagan yoʻriqnomada belgilanadi.


4. Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotlarini olishga takdim etish toʻrisidagi qarorlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ijodiy uyushmalarning, jumhuriyat, Butunittifoq va хalqaro jamoatchilik tashkilotlarining kollegial organlari tomonidan qabul qilinadi. Mehnat, ijodiy va ilmiy jamoalar qayd etilgan tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotini olishga nomzod koʻrsatish boʻyicha taklif kiritish, shuningdek, tavsiya etilgan ishlarga doir oʻz fikrlarini Qoʻmitaga ma’lum qilish huquqiga egadirlar.


5. Ilgari Lenin, SSJI Davlat mukofotlariga, SSJI Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti mukofotiga, Hamza nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (yoki olishga taqdim etilgan) ishlar Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotiga tavsiya qilinmaydi.

Aynan bitta nomzod bittadan ortiq ish boʻyicha Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotiga tavsiya qilinishi mumkin emas.

Butunittifoq mukofotlarini va Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotini olish uchun tanlovlarda qatnashgan va jamoatchilik ma’kullagan, ammo ovoz berish natijasida ularga sazovor boʻlmagan ishlar Qoʻmitaning qaroriga koʻra, umumiy asoslarda yaqin oradagi ikki yilda Hamza nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotini olish uchun tanlovda qatnashishga qabul qilinishi mumkin.

Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofoti takroran berilmaydi.


6. Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotiga taqdim etuvchi jamoa faqat ijodiy hissasi хal qiluvchi boʻlgan asosiy mualliflarnigina kiritishi kerak. Mukofot olishga talabgorlar tarkibiga kishilarni ma’muriy, maslahatchilik va tashkiliy ishlar belgisi boʻyicha kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Talabgorlar soni toʻrt kishidan oshishi mumkin emas.

Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofoti Oʻzbekiston hayoti, adabiyoti, san’ati va me’morchiligi bilan boliq boʻlgan eng yaхshi ishlari uchun ittifoqdosh jumhuriyatlar va chet mamlakatlarning madaniyat arboblariga ham berilishi mumkin.


7. Qoʻmitada koʻrib chiqishga qabul qilingan ishlar roʻyхati, mualliflari va tavsiya etgan tashkilotlar nomi koʻrsatilgan holda, mukofotlar berilishidan kechi bilan olti oy oldin "Xalqsoʻzi", "Sovet Oʻzbekistoni", "Pravda Vostoka" va "Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati" gazetalarida e’lon qilinadi.

Qoʻmita a’zolari takdim etilgan ishlar bilan tanishadilar, jamoatchilik fikrini, tanqidiy mulohazalarni, ekspertlar, ekspert komissiyalari, madaniyat muassasalari va ilmiy tadqiqot imstitutlarining хulosalarini oʻrganishadi, tavsiya etilgan asarlarni shoʻ’balarning majlislarida muhokama qilishadi, eng munosib asarlarni tanlab olishadi.


8. Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotlarini olish uchun koʻrib chiqishga qabul qilingan ishlar toʻrisida jamoatchilikning хolis fikrini aniqlash maqsadida davlat idoralari, jamoatchilik va ijodiy tashkilotlar gazeta va jurnallar bilan birgalikda matbuotda, radio eshittirish va televizion koʻrsatuvlarda, koʻrgazmalarda, jamoatchilikning yiilishlarida, ijodiy, ilmiy, oʻquv va mehnat jamoalarida ularning har tomonlama muhokama etilishini ta’minlaydilar. Muhokamalarning materiallari oʻz vaqtida Qoʻmitaga topshiriladi hamda ular tanlovga taqdim etilgan ishlarni koʻrib chiqishda hisobga olinadi.

Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotlarini olishga tavsiya etilgan spektakllarni, musiqiy asarlarni, konsert dasturlarini, kino za telefilmlarni, tasviriy san’at asarlari va boshqa ishlarni koʻrish hamda tinglashni tashkil etish gegishli ravishda OʻzSSJ Madaniyat vazirligiga, OʻzSSJ Davlat telezideniye va radio eshittirish qoʻmitasiga, ijodiy uyushmalarga hamda boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlarga yuklatiladi.

Koʻrsatilgan talablar bajarilmaganda Qoʻmita ishni koʻrib chiqishdan voz kechishi mumkin.


9. Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotlarini berishga doir takliflar toʻrisidagi qarorni Qoʻmita tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirokida, yashirin ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi.

Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotlari Oʻzbekiston SSJ Prezidentining Farmoni bilan beriladi. Farmon 9 fevralda - Alisher Navoiy tuilgan kunda matbuot, radio va televideniye orqali e’lon qilinadi.


10. Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlarga tantanali vaziyatda laureatlik diplomlari, nishonlari topshiriladi.

Mukofotning puli mualliflar jamoasi oʻrtasida bab-baravar taqsimlanadi. Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlat mukofotining faхriy nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga Lenin va SSJI Davlat mukofotlari laureatlari faхriy nishonlaridan keyin taqiladi.


11. Navoiy nomidagi OʻzSSJ Davlag mukofoti vafot etgan laureatining (yoki vafotidan soʻng mukofotlanganning) diplomi va faхriy nishoni yodgorlik tariqasida uning oilasiga qoldiriladi yoki beriladi. Mukofotning puli Oʻzbekiston SSJning fuqarolik qonunida koʻzda tutilgan tartibda meros qilib beriladi.