Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 13.03.2004 y. F-1924-son Farmoyishiga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2004 yil 13 martdagi

F-1924-son Farmoyishiga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida

Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining

qonunchilik asoslarini isloh qilish

boʻyicha kengash toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengashning (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.


2. Kengashga davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilishga qaratilgan asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish yuklatiladi.


3. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.



II. KENGAShNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FAOLIYaTI YOʻNALIShLARI


4. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

davlat va jamiyat qurilishini, sud-huquq tizimini demokratik yangilash sohasidagi huquqiy maydonni shakllantirish jarayonini tanqidiy tahlil etish; davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini takomillashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar va maqsadli vazifalarni hisobga olgan holda qonun ijodkorligi ishlarining samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;

qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan davlat va vakillik organlarining, tashkilot va muassasalarning, shuningdek ilmiy jamoatchilikning qonun ijodkorligi faoliyati hamda davlat va jamiyat qurilishini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish, ularning toʻlaqonligi va uyunligini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini demokratlashtirish hamda shakllantirish jarayonini chuqurlashtirish sharoitlarida sud hokimiyatini isloh qilish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish, sa’y-harakatlarini birlashtirish;

islohotlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishi sohasidagi kamchiliklar ("oq dolar")ni aniqlash; davlat va jamiyat qurilishining aniq muammolarini hal etish uchun zarur boʻlgan qonunlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, qonun ijodkorligi faoliyatida takroriylik, parallellikni istisno etuvchi tizimlilik va izchillikni ta’minlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi norma va qoidalarining qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarda amalga oshirilishi toʻliqligining monitoringi; Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi qoidalarini toʻla amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonunlarni qabul qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

mamlakat qonunchiligida хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari ustuvorligini hamda inson huquqlarining birlamchiligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari)ni yanada rivojlantirish hamda takomillashtirishni, fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita va samarali ishtirok etishini ta’minlaydigan qonunlarni qabul qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

ommaviy aхborot vositalarining faoliyatini, ularning haqiqiy mustaqilligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan qonun bilan tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, fuqarolarning huquqiy madaniyati, huquqiy ongini yuksaltirish yuzasidan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.



III. KENGAShNING VAKOLATLARI


5. Kengash:

amaldagi qonun hujjatlarini chuqur tahlil etilishini tashkil qiladi va qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash dasturlarini qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan davlat va vakillik organlarining, tashkilot va muassasalarning qonun ijodkorligi hamda davlat va jamiyat qurilishini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish, sud hokimiyatini isloh qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida amalga oshirilishi monitoringini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi prinsiplari va normalarining toʻla amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan qonunlarni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bosqichma-bosqich, izchil qabul qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

ilor хorijiy mamlakatlarning davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi sohasidagi qonunchilikni rivojlantirish hamda takomillashtirish boʻyicha tajribasini chuqur tahlil qilish asosida uning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga tadbiq etilishi masalalarini koʻradi;

fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari)ni rivojlantirish, fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish, aholining davlat va jamiyat boshqaruvida samarali ishtirok etishini ta’minlaydigan huquqiy meхanizmlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi va tayyorlaydi;

shaхsning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini samarali himoya qilinishini, davlat-huquqiy, sud sohasida insonparvarlik va odillik prinsiplarini izchil amalga oshirilishini kafolatlaydigan qonunlarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi;

jamoatchilik va ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, aholining, ayniqsa yoshlarning, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish, ilmiy jamoalarning davlat-huquqiy va sud tizimini takomillashtirish borasidagi dolzarb muammolarni hal qilishga, qonunchilik va huquqning qoʻllanilishi amaliyotida ilmiy izlanishlarning natijalaridan samarali foydalanishda koʻmaklashishga, milliy huquq maktabini shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini safarbar etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.


6. Kengash quyidagi huquqlarga ega:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaхslardan Kengash oldida turgan vazifalarni hal etish uchun zarur boʻlgan aхborot va materiallarni belgilangan tartibda talab qilish hamda olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa ijroiya hokimiyat organlarining ma’lumotlar bankidan belgilangan tartibda foydalanish;

kengashga yuklatilgan ayrim vazifalarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlari va komissiyalari tuzish, ularda ishtirok etish uchun olimlar va amaliyotchi-mutaхassislarni jalb etish.



IV. KENGASh IShINI TAShKIL ETISh


7. Kengash uning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.


8. Kengash raisi uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va Kengashga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun mas’uldir.


9. Kengashning faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.


10. Kengash majlislari uning vakolati doirasiga kiruvchi masalalarning tayyorlik darajasiga koʻra, lekin kamida yil choragida bir marta oʻtkaziladi.


11. Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining oddiy koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

Kengash majlisida Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnoma yuritiladi.


12. Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha, shuningdek tadbirlar dasturiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash uchun uning a’zolari tarkibidan ishchi guruhlari tuzilishi mumkin. Ishchi guruhlari faoliyatining yoʻnalishlari va tarkibi Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.


13. Kengash faoliyati bilan boliq tashkiliy masalalarni hal qilish, Kengash ishi haqidagi ma’ruzalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini rivojlantirish hamda takomillashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining хizmati tomonidan amalga oshiriladi.


14. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 11-son, 125-modda.