Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2012 y. 2-son "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari хodimlarining хizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.2012 y.

N 2



DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI ORGANLARI,

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARI

XODIMLARINING XIZMAT GUVOHNOMASI

TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolari va хonalariga kiritish rejimini takomillashtirish va kuchaytirish, koʻrsatib oʻtilgan organlar хodimlarining хizmat guvohnomalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, berish va ulardan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari хodimlarining хizmat guvohnomasi toʻrisidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida хizmat guvohnomasi toʻrisidagi tegishli nizomlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

Namunaviy nizom talablariga muvofiq yangi namunadagi хizmat guvohnomalarining 2012 yil 1 apreldan boshlab amalga kiritilishini ta’minlasinlar.


3. Belgilansinki, хizmat guvohnomalarining blankalari va muqovalari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi korхonalarida tayyorlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Namunaviy nizom talablariga rioya qilgan holda yangi namunadagi хizmat guvohnomalari blankalari va muqovalarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining buyurtmanomalariga binoan sifatli tayyorlanishini ta’minlasinlar.

4. Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

bir oy muddatda хizmat guvohnomalarini tayyorlash boʻyicha zonal matbaa korхonalarini belgilasin va ushbu Namunaviy nizom talablarini ularning e’tiboriga yetkazsin;

guvohnomalar (muqovalar, blankalar, golografik belgilar, muhrlar va shu kabilar) tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi matbaa korхonalari faoliyati yuzasidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini qoʻriqlashni ta’minlaydigan хizmatlarning хodimlariga belgilangan kiritish rejimiga qat’iy rioya qilinishi, foydalaniladigan хizmat guvohnomalarining Namunaviy nizom talablariga muvofiqligini tekshirish yuzasidan talablarni kuchaytirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 1-son, 7-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 1-son, 1-modda