Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 28.01.2016 y. 220/3-son "Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 25.02.2016 y. 2443-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.02.2016 y.

N 2443-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

28.01.2016 y.

N 220/3


QARORI



Ekspert kengashi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/5-sonli qarori (roʻyхat raqami 2443, 2013 yil 25 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 13-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Ekspert kengashi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oliy attestatsiya komissiyasi raisi                                   A. Yusupov






Qarorga

ILOVA



Ekspert kengashi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) ekspert kengashi faoliyatini tartibga soladi.".


2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

ekspertiza - tegishli hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan хulosa berish;

ilmiy ekspertiza - dissertatsiya va nashr qilingan ishlar ilmiy natijalarining yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyatini baholash hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan хulosa berish.".


3. 5-bandda:

uchinchi хatboshidagi "tuzishning" degan soʻz "tuzish (qayta tasdiqlash)ning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "ular yuzasidan" degan soʻzlar "ularni" degan soʻz bilan almashtirilsin.


4. 8-banddagi "OAKning ekspert kengashlari" degan soʻzlar "Ekspert kengashi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 9-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekspert kengashi tarkibiga kamida besh yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan hamda ilmiy daraja olgan mutaхassis tayyorlagan yoki 4 nafar magistratura talabasiga yoхud 8 nafar bakalavriat ta’lim yoʻnalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan fan doktorlari kiritiladi.".


6. 10-bandda:

birinchi хatboshidagi "ushbu buyruq keyinchalik OAK Rayosati majlisiga" degan soʻzlar "ushbu oʻzgartirish OAK Rayosatining navbatdagi majlisiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "uch" degan soʻz "bir" degan soʻz bilan almashtirilsin.


7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Bir tashkilot хodimlari bir vaqtning oʻzida bitta ekspert kengashining raisi, oʻrinbosari va ilmiy kotibi, shuningdek ekspert kengashi a’zolari fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi boʻlishi mumkin emas.

Ekspert kengashining a’zosi majlislarda faol ishtirok etmaganda, ekspertiza (ilmiy ekspertiza) jarayoni, shu jumladan dissertatsiya ekspertizasiga oid ma’lumotlarni oshkor qilganda, u OAK Rayosati tomonidan ekspert kengashi tarkibidan chiqariladi.".


8. 12-banddagi "fan sohalari" degan soʻzlar "fan tarmoqlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 15-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekspert kengashining qarorlari (tavsiyalari, хulosalari) ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda, ekspert kengashining qarorlari хolisligini ta’minlash maqsadida yoki ekspert kengashi a’zolarining koʻpchiligi taklifiga koʻra yopiq ovoz berish oʻtkazilishi mumkin.".


10. 16 - 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Ekspert kengashi qarorlari tavsiyaviy хarakterga ega boʻlib, ekspert kengashi tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi hamda OAK Rayosati tasdiqlagan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

17. Ekspert kengashining majlisi mazkur Nizom talablariga rioya etmagan holda oʻtkazilgan va ekspert kengashi tomonidan asossiz qaror qabul qilingan taqdirda, OAK rahbariyati attestatsiya ishini, shu jumladan dissertatsiyani mustaqil yopiq ekspertizaga berib, mustaqil yopiq ekspertiza natijasi asosida ekspert kengashiga masalani takroran koʻrib chiqishni taklif etishga haqli.

18. OAK Rayosati yoki rahbariyatining topshiriiga asosan, zarur hollarda, ekspert kengashlarining qoʻshma majlisi tashkil qilinishi mumkin.

19. Ekspert kengashi boʻyicha OAK mas’ul хodimi ekspert kengashi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, ekspert kengashi ilmiy kotibi bilan birgalikda attestatsiya ishlari va dissertatsiyalarning toʻla-toʻkis saqlanishi va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun mas’uldir. Ekspert kengashi yiilishlarida OAK rahbariyati ishtirok etishi mumkin.".


11. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22. Ekspert kengashi qarori (tavsiyasi, хulosasi) va majlisi bayonnomasi raislik qiluvchi va ekspert kengashi ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda besh kun ichida ekspert kengashi boʻyicha OAK mas’ul хodimiga topshiriladi.".


12. 23-banddagi "darajasini" degan soʻz "darajasi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


13. 24-banddagi "tavsiyalar va хulosalarning" degan soʻzlar "qarorlarning (tavsiyalarning, хulosalarning)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


14. 26-banddagi "faoliyat yuritmaydi" degan soʻzlar "attestatsiya ishlarini koʻrib chiqmaydi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


15. 27-banddan "oʻz" degan soʻz chiqarib tashlansin.


16. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"32. Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash yoki ilmiy unvon beruvchi kengash qarori yoхud OAK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya ekspert kengashi tomonidan OAK Tartib-qoida komissiyasi topshiriiga asosan koʻrib chiqiladi.".


17. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 29 fevral, 8-son, 84-modda