Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.1993 y. 215-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari toʻgʻrisida" 1991 yil 6 fevraldagi 33-son qaroriga va ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga hamda Davlat mukofotlari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.05.1993 y.

N 215




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR

MAHKAMASINING "ADABIYoT, SAN’AT VA

ME’MORChILIK SOHASIDAGI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTLARI TOʻRISIDA"

1991 YIL 6 FEVRALDAGI 33-SON QARORIGA VA UShBU

QAROR BILAN TASDIQLANGAN NIZOMLARGA HAMDA

DAVLAT MUKOFOTLARI QOʻMITASI TARKIBIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA



Ijodkor ziyolilarning eng yaхshi asarlari uchun beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining mablalarini Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 dekabrdagi 590-son qarori bilan joriy qilingan haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiqlashtirish va yuksak badiiy-estetik mezonlar ustuvorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari toʻrisida" 1991 yil 6 fevraldagi 33-son qarorining 2-bandiga, shu qaror bilan tasdiqlangan Navoiy nomidagi Davlat mukofotlari toʻrisidagi Nizomning 2-bandiga va Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlari toʻrisidagi Nizomning 2-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilib:

1994 yildan boshlab uch yilda bir marta beriladigan Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining har biri 40 ta eng kam ish haqi miqdorida;

1994 yildan boshlab uch yilda bir marta beriladigan Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining har biri 30 ta eng kam ish haqi miqdorida belgilansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 6 fevraldagi 33-son qarorining Hamza nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. 1990 yil va undan oldingi yillarda adabiyot, san’at va me’morchilik namoyandalariga berilgan Hamza nomidagi mukofotlarning "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari" degan maqomi saqlab qolinsin.

1993 yilgi Hamza nomidagi Davlat mukofotlariga taqdim qilingan asarlar Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari Qoʻmitasida muhokamadan oʻtkazilib, munosib topilganlari Navoiy nomidagi va Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlarining navbatdagi ijodiy tanlovlarida koʻrib chiqilsin.


4. B. A. Nazarov, E. Samandarov, R. R. Rahmonov, L. O. Fayziyev, Tohir Malik (Hobilov), B. F. Giyenko oʻrtoqlar Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari Qoʻmitasi a’zoligidan ozod etilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari Qoʻmitasi a’zoligiga quyidagi oʻrtoqlar kiritilsin:

Qoraboyev Muhammadjon Qoraboyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;

Hayitboyev Erkin Qa??orovich - Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri;

Toʻхtamishev Ismoil - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining konsultanti;

Jamol Kamol - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi;

Joʻrayev Xayrulla Ravshanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi;

Jabborov Jumaniyoz - shoir, "Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan san’at arbobi", Davlat mukofotlari Qoʻmitasining mas’ul kotibi.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov