Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 14.02.2009 y. 42-mh-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 14.02.2009 y. 1905-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.02.2009 y.

N 1905


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

14.02.2009 y.

N 42-mh


BUYRUI



Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning

normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va

qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida


(2009 yil 1 iyundan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 8-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997 y., 10-son, 33-modda) hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000 y., 5-son, 26-modda) qarorlariga muvofiq, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida BUYuRAMAN:


1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Xasanov) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu normativ-huquqiy hujjatning oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishini va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000 yil 16 oktyabrdagi 124-son "Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 979, 2000 yil 16 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 y., 20-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


5. Ushbu buyruq 2009 yil 1 iyundan kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.



Adliya vaziri                                                                    R. Muhitdinov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 8-son, 84-modda.