Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 21.10.1989 y. 3563-XI-son "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida"gi Qonunni kuchga kiritish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY SOVETINING

QARORI

21.10.1989 y.

N 3563-XI



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT TILI TOʻRISIDA"GI

QONUNNI KUChGA KIRITISh

TARTIBI TOʻRISIDA*



"Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti QAROR QILADI:


1. Qonunning qoidalarini jamiyat turmushining hamma tomonlariga bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida belgilab qoʻyilsinki, Qonunning 4, 7 va 8-moddalari 8 yil davomida, 5 va 24-moddalari - 3 yil davomida, 16-moddasi - 1991/1992 oʻquv yilidan kuchga kiradi, 22-moddasi 1991 yildan amal qila boshlaydi.

Qolgan barcha moddalar Qonun qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti olti oylik muddat ichida "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish yuzasidan davlat programmasini qabul qilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Qonun bilan muvofiqlashtirib chiqish topshirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Soveti Prezidiumining Raisi                                     M. Ibrohimov



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Soveti Prezidiumining Sekretari                            L. Bekqulbekova



*) Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 30 sentyabrdagi 364-XII-son Qonuniga asosan "Oʻzbekiston SSR" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan.


“Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Aхborotnomasi”, 1989 yil, 26-28-son, 455-modda